Pul, kredit va banklar


Pul tizimining uchinchi bosqichi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   154
Pul, kredit va banklar

Pul tizimining uchinchi bosqichi1994 iyuldan to hozirgi kungacha bo‘lgan 
davrni  o‘z  ichiga  oladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  122  – 
moddasi  va  «O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  mustaqilligining  asoslari 
to‘g‘risida»gi  qonunning  11  –  moddasi,  shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Oliy Majlisining 1993 yil 3 sentyabrdagi 952 – XI – sonli qaroriga muvofiq 1994 
yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi 
bo‘lgan milliy valyuta «So‘m» muomalaga kiritildi.  
 Bank  muassasalari  tomonidan  1994  yil  1  iyul  holatiga  ko‘ra  mulkchilik 
shaklidan qat’i nazar, respublika hududida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarning 
hisob  –  kitob  va  joriy  hisobvaraqlaridagi  barcha  pul  mablag‘larini,  shuningdek, 
inventarlash  va  buxgalterlik  hisobi  ma’lumotlari  asosida  1000  so‘m  –  kupon  –  1 
so‘m  nisbatida  barcha  asosiy  va  aylanma  fondlarning  balans  qiymati,  boshqa 
moddiy  boyliklar,  debitorlik  va  kreditorlik  qarzdorliklari,  byudjetga  qarzdorlik 
hamda bank balansi aktiv va passivlarining barcha qolgan moddalari, respublika va 
mahalliy  byudjetlar  mablag‘lari  qoldiqlari,  shuningdek,  tashkil  topish 
                                                           
21
F.Mullajonov. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. –T.: «O‘zbekiston» 2001. 25 – 45 betlar. 


manbalaridan  qat’i  nazar,  byudjetdan  tashqari  fondlarning  mablag‘lari  to‘lig‘icha 
qayta hisoblandi. 
Aholiga  pulli  to‘lovlar  sifatida  banklardan  yangi  pul  belgilarini  berish 
hamda  hamda  so‘m  –  kuponlarni  bir  oy  mobaynida  chakana  savdo,  xizmat 
ko‘rsatish sohasi orqali va omonatlarga jalb etib muomaladan  chiqarildi. Shu bois, 
1994 yil iyul oyi davomida respublika hududida milliy valyuta «so‘m» va “so‘m – 
kupon”lar parallel ravishda muomalada bo‘ldi. 
Shu tarzda mamlakatimiz pul tizimining asosi bo‘lib hisoblanadigan milliy 
valyuta barcha hisob – kitoblar va to‘lovlar bo‘yicha yagona to‘lov vositasi sifatida 
amal  qila  boshladi.  Bu  o‘z  navbatida,  Markaziy  bank  va  tijorat  banklariga  pul 
tizimini  nafaqat  siyosiy  jihatdan,  balki  iqtisodiy  jihatdan  ham  to‘liq  mustaqil 
boshqarish imkoniyatini vujudga keltirdi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin