Pul, kredit va banklar


Pulning metallik nazariyasi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   154
Pul, kredit va banklar

5.2.Pulning metallik nazariyasi  
Pulning  metallik  nazariyasi  XVI–  XVII  asrlarda  dastlab  kapitalning  boylik 
sifatida  jamg‘arish,    kapitalistik  tuzumning  shakllanishi  va  rivojlanishi  sharoitida 
vujudga keldi. Agar, kapitalizm natural – feodal tuzum sharoitida rivojlanib uning 
asosini  bozor  munosabatlari  tashkil  etishini  e’tiborga  olsak,  pulning  metallilik 
nazariyasi kishilik jamiyatining natural – feodal tuzumi davriga borib taqaladi.  
Ma’lumki,  pul  birligining  sotib  olish  qobiliyati  metall  asosida  aniqlanadi, 
metall  tangalar  o‘zida  pulning  haqiqiy  qiymatini  aks  ettirib,  ulardan  tanga 
(moneta)lar  zarb  etilgan.  Shu  bois  ham  metall  pul  nazariyasini  qo‘llab  – 
quvvatlovchi  iqtisodiy  nazariyachilar  vakillari  qog‘oz  pul  nazariyasini  inkor 
etadilar.  Metall  pul  nazariyasi  vakillari  ushbu  ta’limotni  yoqlab  chiqqanlarida 
asosan  nodir  metallarni,  ya’ni  kumush  va  oltin  tangalarni  nazarda  tutadilar. 
Ularning ta’limotida kumush va oltin tangalar real qiymatni aks ettiruvchi haqiqiy 
pul bo‘lib, ular o‘z qiymatlarini yo‘qotmaydilar. Shu bilan birga, kumush va oltin 
pullar  ayirboshlash  munosabatlarida  real  qiymatlari  asosida  ishtirok  etib, 
iqtisodiyotda inflyatsiya muammosini keltirib chiqarmaydi, deya ta’kidlaydilar. 
Dastlab  pulning  metallik  nazariyasi  angliya  iqtisodiy  nazariyachilarining 
ta’limotlarida paydo bo‘lgan.  Metall pul nazariyasi tarafdorlari sifatida U.Stafford 
(1554  –  1642)  T.Men  (1571  –  1641),  D.Nors  (1641  –  1691)larni  ta’kidlash 
mumkin.  Ularning  pul  nazariyasi  asosida  metall  pullar  ijtimoiy  ishlab  chiqarish 
munosabatlari  sharoitida  tabiiy  ravishda  vujudga  keladigan  jarayon  sifatida  emas, 
balki  metall  pullarni  vujudga  kelishini  kishilik  jamiyatining  ma’lum  davrida 
shakllangan, rivojlangan va chuqurlashib borayotgan ayirboshlash natijasi sifatida 
qarashgan.  
Metall pul nazariyasining taniqli asoschilari sifatida Fransua Kene va Adam 
Smitlar  ekanligini  ta’kidlash  maqsadga  muvofiq.  Klassik  maktabining  fiziokratlar 
yo‘nalishining  asoschisi  Fransua  Kene  o‘zining  ishlab  chiqarish  va  takror  ishlab 
chiqarish munosabatlariga bag‘ishlangan asarida metall pul nazariyasiga yetarlicha 
e’tibor  qaratadi.  Xususan,  u  takror  ishlab  chiqarish  qo‘shimcha  xarajat 
(investitsiya)lar hisobiga uzluksiz yangilanib turadi. Qo‘shimcha xarajatlar metall 
ko‘rinishida  pullar  hisobiga  amalga  oshirilib,  metall  pullar  ishlab  chiqaruvchi  va 


iste’molchi  o‘rtasida  vujudga  keladigan  iqtisodiy  munosabatlarni  amalga 
oshirishda  ayirboshlash  vositasi  sifatida  ishtirok  etadi,  iste’mol  qiymatiga  ega 
bo‘lgan tovarlar ayirboshlash jarayonida bir marta ishtirok etganidan so‘ng ushbu 
jaryonni tark etadi va iste’mol qilinadi. Biroq, pullar esa ayirboshlash jarayonida 
takror va takror ishtirok etadi, aynan shu jarayonda pullarning metalll tangalardan 
iborat  bo‘lishi,  birinchidan  ular  o‘zining  dastlabki  xossasini  yo‘qotmaydi, 
ikkinchidan  ularda  pulning  haqiqiy  qiymati  o‘z  aksini  topgan  ta’limot  asosida 
metall pul nazariyasini yoqlab chiqadi. 
Klassik maktabning asoschisi, taniqli ingliz iqtisodchisi  Adam Smit bozorda 
ishlab  chiqaruvchi  va  iste’molchi  o‘rtasida  vujudga  keladigan  munosabatlar 
«ko‘rinmas  qo‘l»  qoidalari  va  «tabiiy  tartiblash»  tizimi  yordamida  amalga 
oshiriladi,  aynan  shu  munosabatlarda  metall  tangalar  ushbu  jarayonni  amalga 
oshirishda muhim moliyaviy mexanizm sifatida ishtirok etadilar, degan ta’limotni 
ilgari  suradi.  Ularning  nazdida  “ko‘rinmas  qo‘l”  talab  va  taklif  bo‘lib,  ishlab 
chiqaruvchi  o‘zi  yaratgan  moddiy  ne’matlari  bilan  bozordagi  taklifni 
shakllantiradi, iste’molchi esa ma’lum darajadagi ehtiyojini qondirish uchun qilgan 
harakati  natijasida  talabni  vujudga  keltiradi.  Aynan  mana  shu  jarayonda 
tomonlarning manfaatlari bozorga taklif etilayotgan moddiy ne’matlar massasi va 
ularni sotib olish uchun zarur bo‘lgan pul massasi o‘rtasidagi bog‘liqlik natijasida 
o‘zining yechimini topadi. Agar iste’mol uchun taklif etilayotgan tovar massasi pul 
massasiga nisbatan ko‘p bo‘lsa ularning bahosi pasayadi va iste’molchining tanlov 
imkoniyatlari ortadi va aksincha.  
Adam  Smitt  va  boshqa  metall  pul  nazariyasi  tarafdorlari  aynan  mana  shu 
jarayonda  muomalada  metall  tangalarning  ishtirok  etishi  ishlab  chiqaruvchilar 
tomonidan yaratilgan moddiy ne’matlarning haqiqiy qiymatini xolisona baholashda 
qo‘l kelishi asosida metall pul nazariyasini ilgari suradilar, chunki to‘lov vositasi 
sifatida  metall  tangalar  amal  qilgan  sharoitda  bozorga  taklif  etilayotgan  moddiy 
ne’matlar  hajmi  pul  hajmidan  kam  bo‘lganda,  metall  tangalarning  ortiqcha qismi 
pul  sohibi  tomonidan  moddiy  boylik  sifatida  jamg‘armaga  yo‘naltiriladi,  ya’ni 
metall  tangalar  (asosan  oltin,  kumush  tangalar  nazarda  tutilayapti)  kam  miqdorda 
taklif  etilayotgan  tovar  va  moddiy  ne’matlar  qiymati  (bahosi)ni  sun’iy  ravishda 
ortib  ketishiga  yo‘l  qo‘ymaydi.  Buning  asosiy  sababi  metall  pullar  haqiqiy 
qiymatga  ega  bo‘lib,  kelgusida  ham  ular  o‘zining  qiymatini  yo‘qotmasligi  pul 
sohibiga  katta  ishonch  bag‘ishlaydi  va  avtomatik  ravishda  bozordagi  talab  va 
taklifga qarab ma’lum davrda to‘lov vositasi sifatida, ma’lum davrda esa moddiy 
boylik sifatida namoyon bo‘ladi.  
Bizning nazarimizda, metall pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy yutuqlari 
ham  shunda  bo‘lib,  muomalada  metall  pullar  to‘lov  vositasi  vazifasini  bajargan 
paytda  iqtisodiyotda  inflyatsiya  muammosi  vujudga  kelmagan,  shu  bilan  birga 
davlat  tomonidan  pul  –  kredit  siyosatini  amalga  oshirish  va  tartibga  solish  kabi 
masalalariga ehtiyoj tug‘ilmagan.  
Shu  bilan  birga,  pulning  metallilik  nazariyasi  tarafdorlarining  ayrim 
kamchiliklari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilarda ko‘rinadi. 


Birinchidan,  pulning  metallik  nazariyasi  tarafdorlari  pulning  barcha 
funktsiyalarini  bajaruvchi  haqiqiy  pullarni  keyinchalik  ularning  o‘rinbosarlari 
hisoblangan  qog‘oz  pullar  bilan  almashtirilishini  inkor  etdilar.  Ular  haqiqiy 
qiymatga ega bo‘lgan metall pullarni qog‘oz pullarga almashtirish mumkinligini va 
uning tabiatini tasavvur qila olmadilar. Biroq, o‘sha davrlarda ham qog‘oz pullar 
Xitoyda juda keng miqyosda to‘lov vositasini bajarar edi. 
Ikkinchidan,  metall  pul  nazariyachilari  pullarni  tovar  ayirboshlash 
munosabatlari  ta’sirida  vujudga  kelganligini,  shuningdek,  pulning  tarixiy  – 
iqtisodiy kategoriya ekanligini tushunib yetmadilar. 
Uchinchidan,  metallik  pul  nazariyachilari  ta’limotida  boylikning  asosini 
savdo  tashkil  etadi,  boylikning  asosini  oltin  va  boshqa  qimmatbaho  metallarni 
jamg‘arishda  degan  noto‘g‘ri  tasavvur  mavjud  edi.  Bu  jamiyatda  har  qanday 
boylikning asosida oltin yoki qimmatbaho metallar emas, balki boylik kishilarning 
moddiy  va  ma’naviy  jihatdan  yetukligi  hamda  har  qanday  boylikning  asosida 
mehnat yotishini inkor etishdi.  
XVIII  asr  va  XIX  asrning  birinchi  yarmida  metallik  pul  nazariyasi  bozor 
iqtisodiyoti  ishtirokchilari  talablarini  to‘liq  qondirmay  qoldi,  bu  ushbu 
nazariyaning o‘z o‘rini yo‘qotishiga olib keldi. Biroq bu jarayon juda uzoq muddat 
davomida  qiyinchiliklar  bilan  yuz  berdi,  chunki  metallik  pul  nazariyasini  yoqlab 
nemis  (K.Knis,  1821  –  1898  yy.),  ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  amerkalik 
(M.Xalpern),  frantsuz  (Sh.Rist,  A.Tulemon,  J.Ryueff,  M.Debre),  angliyalik 
(R.Xarrod) iqtisodchilar shular jumlasidandir.   
Jamiyatda  ijtimoiy  –  iqtisodiy  jarayonlarning  taboro  rivojlanib  borishi,  shu 
bilan birga kishilarning ehtiyoji ortib borishi natijasida ayirboshlash munosabatlari 
hajmining  o‘sishi,  ishlab  chiqarish  hajmining  keskin  sur’atlar  bilan  ko‘payishi 
muomalada  foydalanib  kelingan  metall  tangalar  bilan  parallel  ravishda  qog‘oz 
pullar ham  to‘lov vositasi sifatida  amal  qila  boshladi,  evolyutsion tarzda  ma’lum 
ijtimoiy  –  iqtisodiy  o‘zgarishlar  oqibatida  metall  (kumush  va  oltin)  pullar    o‘z 
o‘rnini  qog‘oz  pullarga  bo‘shatib  berdi.  Bu  pulning  nominalist  nazariyasining 
vujudga kelishiga zamin yaratdi.  

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin