Pul, kredit va banklar


Kreditning funktsiyalari va tamoyillari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   154
Pul, kredit va banklar

7.2.Kreditning funktsiyalari va tamoyillari 
 
Kreditning  mohiyati  uning  funktsiyalarida  yanayam  yaqqolroq  namoyon 
bo‘ladi. Kreditning funktsiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha va miqdorda 
keltiriladi.  Ayrim  adabiyotlarda  iqtisodchi–olimlar  kreditning  funktsiyalarini 


beshta  ekanligigini  ta’kidlashsa
34
,  ayrimlarida  uning  funktsiyalari  ikkitadan 
iboratligiga da’vogarlik qiladi
35

Iqtisodchi – olimlarning kredit funktsiyalari haqidagi fikrlariga, shuningdek, 
kreditning  tovar–pul  munosabatlari  va  ijtimoiy  –  iqtisodiy  jarayonlardagi 
ishtirokiga  tayangan  holda,  uning  qayta  taqsimlash  (1),  muomala  jarayonini 
tezlashtirish(2),  pullarni  muomalaga  chiqarish  va  naqdlashtirish  (3)  hamda  pul 
kapitalini 
jamg‘arish 
va 
markazlashuvini 
jadallashtirish 
(4) 
funktsiyalarinibajarishini ta’kidlash mumkin. 
Kreditning  funktsiyalari  ichida  qayta  taqsimlash  funktsiyasi  asosiy 
funktsiyalardan  biri  hisoblanadi.  Kredit  ushbu  funktsiyasi  orqali  jismoniy  va 
yuridik shaxslarining taqsimlangan daromadlarining vaqtinchalik foydalanilmagan 
qismini  tegishli  fondlarga  jalb  qiladi.  Jalb  qilingan  mablag‘lar  iqtisodiyotning 
qo‘shimcha resurslarga ehtiyoji mavjud tarmoqlariga qayta taqsimlanadi. 
Kredit  ushbu  funktsiyasi  orqali  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘larining 
sohiblariga qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini yaratsa, kreditorga qo‘shimcha 
mablag‘larga  ehtiyoji  mavjud  shaxslarga  tegishli  foizlar  berish  asosida  daromad 
olishga,  kredit  oluvchilarga  esa  ishlab  chiqarish  jarayonini  uzluksizligini 
ta’minlash natijasida qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatini yaratadi. 
Demak,  kreditning  qayta  taqsimlash  funktsiyasi  orqali  ssuda  kapitali 
iqtisodiyotning  tarmoqlari  o‘rtasida,  qaytarishlik  asosida  joylashtiriladi,  bu  kredit 
munosabatlarida 
bevosita 
ishtirok 
etayotgan 
tomonlarning 
iqtisodiy 
manfaatdorligini  ta’minlash  bilan  birga,  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘larini 
kreditor ixtiyoriga yo‘naltirgan shaxslarga tegishli daromad olishiga xizmat qiladi. 
Kreditning qayta taqsimlash funktsiyasini amal qilishida pulning jamg‘arma 
funktsiyasining  bevosita  va  bilvosita  ta’siri  mavjud.  Ushbu  masalaga  klassik  va 
neoklassik  maktab  vakillari  alohida  e’tibor  qaratishgan.  Xususan,  A.Marshall 
«odamlar  sotib  olish  imkoniyatiga  ega  bo‘lishiga  qaramasdan,  ular  uni  (pulni) 
ishlatmasliklari  mumkin»,  deydi.  Ko‘rinib  turibdiki,  ushbu  e’tirof  Sey  qonunini 
                                                           
34
Abdullaeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. –T.: “Iqtisod – moliya”, 2007, 168 – 170 bb.  
35
Dengi, kredit, banki: uchebnik/kol. avt.: pod red.zasl.deyat. nauki RF, d.e.n. prof. O.I.Lavshurina.  – 5 – e izd., 
ster. –M.: KNORUS, 2007. –S. 251 – 252. 


to‘lig‘icha inkor etmaydi. Aksincha, neoklassik – iqtisodchilar shunday to‘xtamga 
kelishdiki,  Sey  qonuni  bir  shart  bilan  bajariladi,  bu  vaqtda  faqat  jamg‘arma  (S) 
investitsiya  (I)  ko‘rinishini  oladi.  Ularning  ta’kidlashicha,  bu  vaqtda  kapital 
bozoridagi  talab  va  taklifning  muvozanati  foiz  stavkasining  barqarorligi  hisobiga 
yuz  beradi.  Agar  jamg‘arma  (kapitalning  taklifi) hajmi  mo‘ljallangan  investitsiya 
qilish  hajmidan  kam  bo‘lsa,  natijada  foiz  stavkasi  oshadi,  buning  oqibatida 
investitsiyaga  bo‘lgan  talab  kamayadi,  jamg‘armaga  nisbatan  taklif  esa  ortadi.
36
 
Ushbu  holat  o‘rtasidagi  o‘zaro  muvozanat  jamg‘arma  va  kreditning  foiz  stavkasi 
asosida tartibga solinadi.  
Agar  klassik  maktab  vakillari  investitsiya  va  jamg‘armaning  hajmiga  foiz 
stavkasining ta’sirini asosiy omil qilib ko‘rsatsalar, keynschilar esa uning hajmiga 
uy  xo‘jaligi  a’zolari  tomonidan  olayotgan  daromadlar  miqdori  ta’sir  qiladi,  deb 
ta’kidlaydilar.  Albatta,  bu  jarayon  kreditning  qayta  taqsimlash  funktsiyasiga 
bilvosita ta’siri mavjud. 
Kreditning  muomala  jarayonini  tezlashtirish  funktsiyasi  mamlakat  pul 
muomalasi,  pul  massasi,  pulning  aylanish  tezligiga  bevosita  ta’sir  qiladi.  Bu 
jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli fondlarga jalb etish orqali 
ularni pul aylanmasiga kiritadi.  
Ma’lumki,  mamlakat  pul  massasining  tovar  massasiga  nisbatning 
ta’minlanishi milliy valyutaning barqarorligi va sotib olish qobiliyatiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi.  Bu  jarayonda  kredit  mamlakat  pul  massasining  umumiy  hajmini 
oshirmagan  holda  iqtisodiyot  tarmoqlarining  qo‘shimcha  mablag‘larga  bo‘lgan 
ehtiyojni ta’minlaydi.  
Odatda  berilayotgan  kreditlar  asosan  moliya  muassasalari  orqali  bir 
hisobvaraqdan  ikkinchi  hisobvaraqlarga  o‘tkaziladi.  Bu  o‘z  navbatida 
muomaladagi pullarning aylanish tezligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  
Kredit  paydo  bo‘lishi  bilan  birga,  kredit  pullarining  oddiy  shakli  bo‘lgan 
veksellarni  paydo  bo‘lishiga  sabab  bo‘ldi.  Albatta,  veksellar  xo‘jalik  yurituvchi 
sub’ektlarning vaqtinchalik pul mablag‘lari bilan bog‘liq muammolarni hal etishda, 
                                                           
36
Yadgarov Ya.S. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. –M.: INFRA – M,2001,  –  S.313. 


kredit  munosabatlari  yordamida  muhim  moliyaviy  qurol  sifatida  maydonga 
chiqadi.  
Kreditning    pullarni  muomalaga  chiqarish  va  ularni  naqdlashtirish 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin