Pul, kredit va banklar


muomala  vositasi,  to‘lov  vositasi  va  jamg‘arma vositasi    funktsiyalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154
Pul, kredit va banklar

muomala  vositasi,  to‘lov  vositasi  va  jamg‘arma vositasi    funktsiyalarini  bajaradi degan fikrga 
keldik. 
Pulning   qiymat  o‘lchovifunktsiyasi  asosan  tovarlar  qiymatini  baho  shaklida aks ettirish 
orqali namoyon bo‘ladi. Pulning qiymat o‘lchovi barcha tovarlar uchun umumekvivalent vositasi 
sifatida  ularning  qiymatini  o‘lchaydi.  Barcha  tovarlarning  qiymati  pul  o‘lchovi  vositasi,  ya’ni 
baho  masshtabi,    dastlabki  bosqichda  hukumat  tomonidan  o‘rnatiladi.  Masalan,  metr  o‘lchovi 
bilan  uzunlikni,  kilogramm    o‘lchovi  bilan  og‘irlikni  o‘lchagan  kabi,  pulning  qiymat  o‘lchovi 
funktsiyasi bilan barcha tovarlarning qiymati  o‘lchanadi.  
O‘zbekistonda qiymat o‘lchovi bevosita milliy valyuta «so‘m», AQShda dollar, Yevropa 
ittifoqiga  a’zo  mamlakatlarda  yevro,  Buyuk  Britaniyada  funt  sterling,  Yaponiyada  iena  qiymat 
o‘lchovi vositasi hisoblanadi. 
Pulning inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan paytda uning qiymat o‘lchovi funktsiyasining 
amal  qilishi  bir  qadar  chegaralanadi.  Masalan,  1939  yildan  1949  yilgacha  Yaponiya  ienasining 
inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lganligi uchun ko‘pchilik yapon savdogarlari tovarlarning bahosini  
belgilashda,  ayrim  hollarda  savdo  sotiqni  ham  AQSh  dollarida  amalga  oshirganlar.  Chunki 
AQSh  dollarining  qiymat  o‘lchovi  ienaga  nisbatan    bir  necha  barobar  mustahkam  va  barqaror 
bo‘lgan. Shuning uchun, Yaponiyada 1939 – 1949 yillarda barcha tovarlar bahosi ikkita narxda, 
dollar  va  ienada  yuritilar  edi.  Ayni  paytda,  ienada  belgilangan  tovarlar  bahosi  oshib  borish 
tendentsiyasiga ega edi, dollarda esa baholar dastlabki holatidan o‘zgarmasdan qolgan.   
Hukumat  mamlakatda  pul  islohotini  amalga  oshirish  orqali  pulning  qiymat  o‘lchovini 
o‘zgartirishi mumkin. Pul islohoti – muomaladagi pul massasini kamaytirish orqali, uning joriy 
qiymat  o‘lchovidan  boshqasiga  o‘tishdir.  1944  –  1952  yillarda  Yevropa  mamlakatlarida  24 
martadan ortiq pul islohotlari amalga oshirilgan.  
Sobiq  ittifoq  davrida  rubl  kuchli  inflyatsiyaga  uchramagan  va  iqtisodiyot  nisbatan 
barqaror darajaga ega bo‘lgan bo‘lsada,  1961  yilda mamlakatda pul islohati amalga oshirilgan. 
Hukumat  muomalada  mavjud  bo‘lgan  rubllarni  yangi  chiqarilgan  rubllarga  1/10  nisbatda  pul 
islohatini  amalga  oshirgan.  O‘sha  davrda  o‘tkazilgan  pul  islohotining  asosiy  maqsadi 
mamlakatdagi xufyona  iqtisodiyotning  ulushini  kamaytirish    va baho  masshtabini pasaytirishga 
qaratilgan  bo‘lib,  xufyona  iqtisodiyot  ishtirokchilari  eski  rubllarni  to‘lig‘icha  yangi 
banknotalarga  almashtira  olmaganligi  natijasida  iqtisodiy  jihatdan  zarar  ko‘rgan  va  baho 
masshtabi 10 martaga kamaygan. 
Pulning  muomala  vositasibozor  ishtirokchilari  o‘rtasida  tovarlarni  oldi  –  sotdisi  va 
xizmatlarni  ko‘rsatish  jarayonida  namoyon  bo‘ladi.  Ushbu  jarayonda  pul  vositachi  rolini 
bajaradi.  


Pulning  muomala  vositasi  funktsiyasini  bajarishining  bir  sharti  mavjudki,  u  ham  bo‘lsa, 
tovarlarni sotib olish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun to‘lov bir vaqtda amalga oshiriladi. Pulning 
ushbu funktsiyasini bajarishda bevosita naqd pullar ishtirok etishi talab etiladi.  
Ayirboshlash  jarayonida  tovarlar  bir  marta  qatnashib  muomala  maydonini  tark  etsa,  pul 
muomala vositasi funktsiyasi yordamida ushbu jarayonga qayta – qayta kelaveradi. Iqtisodiyotda 
pulning  banklar  orqali  aylanish  tezligi  qancha  yuqori  bo‘lsa,  tovarlarni  sotib  olish  uchun 
muomalaga zarur bo‘lgan  pul massasiga talab shuncha pasayadi.  
Pulning muomala vositasi funktsiyasi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etayotgan 
tomonlarning  faoliyati  ustidan  nazorat  vositasi  sifatida  maydonga  chiqadi.  Markazdan 
rejalashtirish  davrida  pulning  muomala  vositasi  bir  muncha  chegaralangan  edi.  Natijada, 
odamlarning qo‘lida naqd pullar bo‘lishiga qaramasdan o‘zlari istagan tovarlarni sotib ololmasdi 
yoki sotib olishga imkoniyat bo‘lmagan. 
Bozor  munosabatalarining  takomillashuvi  va  rivojlangan  mamlakatlarda  fan  –  texnika 
taraqqiyotining taboro jadallashib borishi pulning muomala vositasi funktsiyasining ahamiyatini 
bir qadar pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Chunki, mamlakat pul oboroti tarkibida naqd pul bilan 
amalga oshirilayotgan hisob – kitoblarning ulushi kamayib bormoqda. Naqd pullar asosan aholi 
tomonidan  foydalanishi,  keyingi  yillarda  plastik  kartochkalarning  ko‘plab  turlari  joriy  etilishi, 
hisob  –  kitoblarda  naqd  pulsiz  to‘lovlar  hajmining  ortib  borishi  kabi  holatlar  pulning  muomala 
vositasi  funktsiyasining  ahamiyatini  pasayishiga  olib kelmoqda. Masalan, 1994  –  1997  yillarda 
Angliya va Frantsiyada 10%, Kanada va Germaniyada 7%, AQShda 2% ishchi xodimlargina ish 
haqlarini naqd pulda olishgan. 
Tovarlar  sotilganda  va  xizmatlar  ko‘rsatilganda,  ular  uchun  to‘lov  kechiktirib  amalga 
oshirilgan  barcha  holatlarda  pul  to‘lov  vositasifunktsiyasinibajaradi.  Demak,  sotilgan  tovar  va 
ko‘rsatilgan xizmatlar to‘lov jarayonida uzilish bo‘lmasa, pul muomala vositasini bajaradi, agar 
ushbu  jarayon  ma’lum  davrga  uzilishi,  ya’ni  to‘lov  kechikkan  holatlarning  barchasida,  pul 
avtomatik tarzda, o‘zining to‘lov vositasi funktsiyasini bajaradi.  
Pulning to‘lov vositasi funktsiyasi asosan quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi; 
 – jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda; 
 – davlat byudjeti xarajatlarini shakllantirish va qayta taqsimlashda; 
 –  xo‘jalik  sub’ektlari  o‘rtasida  amalga  oshirilayotgan  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarni 
amalga oshirishda; 
 –  kredit  muassasalari  ssuda  va  investitsiya  operatsiyalarini  bajarganda  hamda  pul 
o‘tkazmalarini amalga oshirganda; 
 – korxona va tashkilotlar o‘z xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘larni 
to‘lashda; 
 – va boshqa holatlarda. 
Pulning to‘lov vositasi funktsiyasi yuridik shaxslar o‘rtasida amalga oshirilayotgan naqd 
pulsiz  hisob  –  kitoblarda  juda  keng  foydalaniladi.    Bunda  naqd  pullarning  ishtirokiga  zaruriyat 
bo‘lmaydi,  barcha  operatsiyalar  bank  hisobraqamlarida  biridan  ikkinchisiga  o‘tkazish  orqali 
amalga oshiriladi.  
Ayrim  iqtisodiy  adabiyotlarda,  ayniqsa  rivojlangan  mamlakatlarda  chop  etilgan 
adabiyotlarda,  pulning  to‘lov  vositasi  funktsiyasi,  uning  alohida  funktsiyasi  sifatida  e’tirof 
etilmaydi. Pulning ushbu funktsiyasi uning muomala vositasi funktsiyasi bilan hamoxong tarzda 


o‘rganiladi.  Pulning  ikkita  funktsiyasi  bir  –  biriga  qo‘shib  o‘rganilganda  «…pul  tovarlar  va 
xizmatlarning to‘lovi va qarzlarning to‘lov vositasi»
15
 tarzida ta’kidlanadi.  
Nazarimizda, rivojlangan mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan pulning to‘lov vositasi va 
muomala vositasi funktsiyalarini bir – biriga qo‘shib yuborilishi natijasida, uning to‘lov vositasi 
funktsiyasini e’tirof etilmasliklari maqsadga muvofiq emas.  
Pul  o‘zining  muomala  va  to‘lov  vositasi  funktsiyalarini  bajarmagan  vaqtda  jamg‘arma 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin