Pul, kredit va banklar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   154
Pul, kredit va banklar

Ochiq bozordagi siyosati. Markaziy bankning ochiq bozordagi siyosati – bu 
davlatning  obligatsiyalari,  xazina  veksellari  va  boshqa  qimmatli  qog’ozlarini 


yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  sotishi  va  sotib  olishi  bilan  bog’liq 
operatsiyalaridir.  Markaziy  bank  davlatning  va  o’zining  qimmatli  qog’ozlarini 
sotish  orqali  iqtisodiyotda  pul  massasini  pasaytiradi.  Bu  o’z  navbatida  milliy 
valyutaning  sotib  olish  qobiliyatini  mustahkamlash  va  inflyatsiya  darajasining 
pasayishiga olib keladi.  
Markaziy  bank  sotilgan  qimmmatli  qog’ozlarni  qayta  sotib  olish  orqali 
muomaladagi  pul  massasining  oshishiga  va  tijorat  banklarining  qo’shimcha  pul 
resurslariga bo’lgan ehtiyojini qondirishga zamin yaratadi. 
Markaziy bank hozirgi kunda Davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini va 
o’zining  obligatsiyalarini  muomalaga  chiqarish  orqali  ochiq  bozordagi 
operatsiyalarini  amalga  oshiradi.  Markaziy  bank  ushbu  operatsiya  orqali    tijorat 
banklarining likvidliligiga va qimmatli qog’ozlarning foiz stavkasiga ta’sir qiladi. 
Markaziy  bank  obligatsiyalari  va  davlatning  qimmatli  qog’ozlarini  sotish 
iqtisodiyotda  pul  massasini  kamaytiradi,  ularni  muomaladan  qaytarib  sotib  olish 
esa teskari natijani beradi.  
Markaziy  bankning  ochiq  bozordagi  operatsiyalari  orqali  pul  –  kredit 
siyosatini  amalga oshirishning samarali usullaridan biri hisoblanib, mamlakatning 
pul  va  fond  bozoriga  bevosita  ta’sir  ko’rsatadi,  shuningdek,  milliy  iqtisodiyotda 
muhim ahamiyat kasb etadi.  
Markaziy  bank  va  hukumat  tomonidan  chiqariladigan  qimmatli  qog’ozlar 
eng  avvalo  ta’minlanganligi  va  foizining  nisbatan  yuqoriligi  ularning 
jozibadorligini  oshiradi  va  yuridik  hamda  jismoniy  shaxslarni  sotib  olishga 
undaydi.  
Shuningdek,  ushbu  qimmatli  qog’ozlarga  fond  bozorlarida  talabning 
yuqoriligini ta’minlashga erishish, ularni sotib oluvchilarning likvidli aktivlarining 
hajmini ortishiga xizmat qiladi. Shu bois, investorlarda  qo’shimcha mablag’larga 
zaruriyat tug’ilganda ularni fond bozorlarida qiyinchiliklarsiz sotish orqali talabini 
qondirish imkoniyatiga egadirlar.  
Shu bilan birga, ochiq bozordagi operatsiyalar  o’zining zaif jihatlariga ham 
ega.  Birinchidan,  iqtisodiyotda  inflyatsiyaning  mavjudligi  yuridik  va  jismoniy 
shaxslarda  davlatning  va  Markaziy  bankning  qimmatli  qog’ozlarini  sotib  olishga 
bo’lgan  manfaatdorligini  tushirib  yuboradi.  Ikkinchidan,  qimmatli  qog’ozlarning 
qaytarish  muddati  etib  kelganda  ularga  to’lanadigan  foizlar  bilan  qaytarib  sotib 
olinishi  mamlakatda  dastlabki  pul  massasini  ortishiga  olib  keladi,  qimmatli 
qog’ozlarga to’lanayotgan foizlarning hajmi tovarlar bilan ta’minlanmagan bo’lsa 
iqtisodiyotda baho va inflyatsiya darajasining oshishiga zamin yaratadi.    
Hukumat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlardan tushgan mablag’lar 
asosan  davlatning  strategik  ahamiyatga  ega  bo’lgan  vazifalarini  bajarishga  va 
byudjet  taqchilligini  qoplashga  yo’naltiriladi.  Davlat  byudjetining  taqchilligini 
noinflyatsion  qoplash  manbasi  bo’lgan  qisqa  muddatli  obligatsiyalar  (DQMO) 
1996 yil mart oyidan muomalaga chiqarildi.  


Markaziy  bank  1998  yil  yanvardan  boshlab  ikkilamchi  bozorda  davlatning 
qisqa  muddatli  obligatsiyalarini  sotish  va  sotib  olish  operatsiyalarini  o’tkaza 
boshladi
57

Markaziy  bankning  ochiq  bozordagi  operatsiyalari  «O’zbekiston 
Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  Davlat  qisqa  muddatli  obligatsiyalari 
bilan  REPO  bitimlarini  amalga  oshirish  to’g’risida»  muvaqqat  Nizom, 
«O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  yuridik  shaxslar  uchun 
obligatsiyalarini  chiqarish  va  ular  muomalasi  to’g’risida»,  «O’zbekiston 
Respublikasi  Markaziy  bankining  jismoniy  shaxslar  uchun  obligatsiyalarni 
chiqarish  va  ular  muomalasi  to’g’risida»,    «O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy 
banki  tomonidan  banklarga  lombard  krediti  berish  tartibi  to’g’risida  nizom»  va 
boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin