Pul, kredit va banklar


-mavzu: Tijorat banklari va ularning funktsiyalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   154
Pul, kredit va banklar

12-mavzu: Tijorat banklari va ularning funktsiyalari 
 
12.1. Tijorat banklari va ularning tashkil topishi 
12.2. Tijorat banklarining funktsiyalari 
 
12.1. Tijorat banklari va ularning tashkil topishi 
Tijorat  banklari  mamlakat  bank  tizimining  ikkinchi  bo’g’inidagi 
moliyaviy  muassasa  hisoblanadi.  Qonunchilik  hujjatlari  va  iqtisodiy 
adabiyotlarda 
tijorat 
banklari 
jamiyatdagi 
vaqtinchalik 
bo’sh  pul 
mablag’larini  jalb  qilib,  ushbu  mablag’larni  tegishli  shartlar  (to’lovlilik, 
qaytarishlik, 
muddatlilik, 
ta’minlanganlik, 
maqsadlilik) 
asosida 
iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joylashtiradigan, shuningdek jismoniy 
 
va  yuridik  shaxslarga  to’lov  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirish  bo’yicha 
xizmat ko’rsatadigan tijorat tashkilotlari sifatida tasniflanadi.   
Zamonaviy  sharoitda  tijorat  banklarining  jismoniy  va  yuridik 
shaxslarga  ko’rsatadigan  vositachilik  operatsiyalari  va  xizmat  turlari  ortib 
bormoqda.  Tijorat  banklarining  ushbu  munosabatlari  tijorat  asosida  tashkil 
etiladi.  Bundan  ko’rinib  turibdiki,  tijorat  banklarining  faoliyati  tijoratga 
asoslangan  bo’lib,  ularning  asosiy  faoliyati  yuqori  darajada  foyda  olishga 
yo’naltiriladi.    Biroq,  tijorat  banklari  ishlab  chiqarish  korxonalaridan  farqli 
o’laroq,  o’z  foydasini  qo’shimcha  qiymat  ishlab  chiqarish  hisobidan  emas 
balki,  korxona,  tashkilotlar  va  aholi  ixtiyoridagi  vaqtinchalik  bo’sh  pul 
mablag’larini tegishli shartlar asosida jalb qilib, ushbu mablag’larga ehtiyoji 
mavjud  bo’lgan  shaxslarga  tijorat  yo’sinda  berish  orqali  foydasini 
shakllantiradigan o’ziga xos moliyaviy muassasa hisoblanadi. 
O’zbekistonda  tijorat  banklarining  tashkil  etilishi  bevosita  mustaqillik 
yillariga to’g’ri keladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar “bank 
tizimini  faqatgina  bir  necha  banklar,  ya’ni  SSSR  Davlat  banki,  Tashqi 


iqtisodiy  faoliyat  banki,  Qurilish  banki  va  Davlat  mehnat  omonat 
jamg’armalari  kassalari  mavjud  bo’lib,  ittifoqdosh  respublikalarda  ushbu 
banklarning  respublika,  viloyat  idoralari  va  tuman  bo’limlari  faoliyat 
ko’rsatar edi
58
”. 
O’zbekistonda  dastlabki  tijorat  banklarini  tashkil  etilishining  huquqiy 
asosi  bo’lib  1991  yilda  qabul  qilingan  O’zbekiston  Respublikasining 
“Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonuni xizmat qildi.  
Albatta,  mamlakatimizda  bozor  munosabatlarining  takomillashuvi  va 
iqtisodiy  islohotlarning  chuqurlashuvi  natijasida  tijorat  banklari  maqomi, 
kapitali va faoliyatiga qo’yilgan talablar doimiy ravishda o’zgarib bormoqda. 
Bularning  natijasi  o’laroq,  O’zbekiston  Respublikasining  “Banklar  va  bank 
faoliyati to’g’risida”gi qonunining yangi tahrirdagi matni 1996 yil 25 aprelda 
qabul  qilindi.  Mazkur  qonun  mamlakatimiz  bank  tizimi,  xususan  tijorat 
banklarini  tashkil  topishi  va  rivojlanishiga  mustahkam  huquqiy  baza  bo’lib 
xizmat qilmoqda.  
O’zbekistonda  tashkil  etilgan  dastlabki  tijorat  banki  Tashqi  iqtisodiy 
faoliyat  Milliy  banki  hisoblanadi.  Keyinchalik,  “1994  –  1995  yillarda 
ixtisoslashtirilgan  “Asaka”  bank  (avtomobil  sanoatini  qo’llab  quvvatlash 
uchun), 
“G’allabank”  (g’alla  etishtirishni  moliyalashtirish  uchun), 
“Paxtabank”  (qishloq  xo’jaligi  korxonalarini  qo’llab  –  quvvatlash  uchun) 
yakka  xo’jaliklarni  qo’llab  –  quvvatlash  uchun  “Tadbirkor”  tijorat  banki 
tashkil etildi”
59
.  
O’zbekistonda  tijorat  banklari  faoliyatiga  litsenziya  berish,  ularning 
faoliyatini nazorat qilish va to’xtatish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan 
bo’lib, tijorat banklarini tashkil etishda asosiy omillardan biri ularning ustav 
kapitaliga  qo’yilgan  talab  hisoblanadi.  Ta’kidlash  joizki,  mamlakatimiz 
                                                           
58
 O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. F.Mullajonov tahriri ostida.  –T.: «O’zbekiston» nashriyoti, 2001y. 73 – 
bet. 
59
 Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2 – tom. –T.: “O’zbekiston”, 1996. 16 – 17 – betlar. 


tijorat  banklari  kapitalining  minimal  miqdoriga  qo’yilgan  talab  doimiy 
ravishda  oshib  bormoqda.  Quyidagi  jadvalda  bu  haqda  ma’lumotlar 
keltirilgan. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin