Pul, kredit va banklar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154
Pul, kredit va banklar

pul shaklini vujudga kelishiga zamin bo’ldi. Kreditning pul shaklini vujudga 
kelishi,  uning  kreditor  va  qarzdorga  qulaylik  jihatlari  xususida  batafsil 
to’xtalishga, firkimizcha, ehtiyoj mavjud emas. Chunki, kreditor jamiyatdagi 
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar asosida o’ziga jalb etib, 
ushbu  mablag’larga  ehtiyoji  bo’lgan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga 
qaytarishlik,  to’lovlilik,  muddatlilik  va  ta’minlanganlik  asosida  beradi.  O’z 
o’rnida  qarzdor  ham  ushbu  kredit  summasini  belgilangan  muddatlarda 
tegishli to’lovlar asosida kreditorga pul ko’rinishida qaytaradi. 
Pul  juda  likvidli  va  qulay  ayirboshlash  vositasi  bo’lganligi  tufayli 
kreditning  pul  (qiymat)  shakli  keng  tarqaldi,  buning  natijasida  kreditining 
tovar shakli o’z o’rnini sekinlik bilan kreditning pul shakliga bo’shatib berdi. 
Kreditning  yuqorida  qayd  etilgan  shakllari  bilan  birga  uning  aralash 
shakli  ham  amal  qiladi.  Kreditning  ushbu  shakli  uning  tovar  va  pul  shaklini 
o’zida  mujassam  etadi.  Bunda  kredit  tovar  yoki  pul  shaklida  berilishi 
mumkin,  uni  qaytarishda  ham  qarzdor  olgan  kreditini  pul  yoki  tovar 
ko’rinishida  kreditorga  qaytarishi  mumkin.  Aynan  mana  shu  teskari 
bog’liqlik  kreditning  aralash  shaklini  o’zida  ifoda  etadi.  Kreditning 
ayirboshlash  shakliga  misol  sifatida  tijorat  kreditini  keltirishimiz  mumkin. 
Masalan, tovar sotuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi tashkilot sotib oluvchining 
moliyaviy  muammolari  mavjud  hollarda  sotilgan  tovarlar  va  xizmatlarga 
to’lovni  kechiktiradi,  kechiktirilgan  to’lov  keyinchalik  qo’shimcha  to’lov 
asosida  amalga  oshiriladi.  Mazkur  masala  keyingi  paragraflarda  batafsil 
ko’riladi. 
Umuman  olganda,  yuqoridagilardan  ko’rinib  turibdiki,  kreditning 
shakllari  xususidagi  turli  fikrlarning  mavjudligi  mazkur  masalalar  ustida 
qator  ilmiy  tadqiqot  ishlari  amalga  oshirishni  davom  ettirish  zarurligidan 
dalolat beradi. Shu bilan birga, kreditning shakllari uning turlarida yanayam 
aniqroq namoyon bo’ladi.  
Xususan,  kreditning  turlari  bo’yicha  ham  turlicha  qarashlar  mavjud 
bo’lib,  rossiyalik  ayrim  iqtisodchi  olimlar  kreditning  firmalar  o’rtasida 
(xo’jalik)  krediti  (1),  bank  krediti  (2),  fuqarolik  (shaxslar  o’rtasidagi)  kredit 


(3),  davlat  krediti  (4),  xalqaro  kredit  (5)  va  iste’mol  kreditlari  (6) 
mavjudligini ta’kidlaydi
40
.  
Rossiyalik  boshqa  iqtisodchi  olimlar  bank  krediti  (1),  xo’jalik  (tijorat) 
krediti (2), davlat krediti (3), xalqaro kredit (4), fuqarolar (xususiy, shaxsiy) 
kreditlari (5) mavjudligini e’tirof etishadi
41
. Yana bir taniqli iqtisodchi olim, 
professor O.I.Lavrushin tahriri ostida tayyorlangan darslikda kreditning  bank 
krediti  (1), xo’jalik (tijorat)  krediti  (2), davlat  krediti  (3), xalqaro kredit  (4), 
ishlab  chiqarish  va  iste’mol  kreditlari  (5)  amal  qilishi  hamda  bulardan 
tashqari  kreditning  bevosita  va  bilvosita,  namoyon  bo’luvchi  va  yopiq,  eski 
va  yangi,  asosiy  va  qo’shimcha,  rivojlangan  va  rivojlanmagan  turlari 
mavjudligi ta’kidlanadi
42
.  
Professor  Sh.Abdullaeva  kreditning  bank,  tijorat,  iste’mol,  davlat, 
xalqaro va sudxo’rlik turlari mavjudligi xususidagi fikrlarni bayon etadi
43
.  
Yuqoridagi  fikrlardan  ko’rinib  turibdiki,  iqtisodchi  olimlar  kreditning 
turlariga  mavjud  ijtimoiy  –  iqtisodiy  jarayonlardan  kelib  chiqib  turlicha 
yondashganlar.  Fikrimizcha,  kreditning  turlariga  tavsif  berishda  ularning 
amaliyotda  qo’llanilishi  va  iqtisodiy  samaradorligiga  e’tibor  qaratish 
maqsadga muvofiq. Shu nuqtai nazardan, davlat krediti (1),  bank krediti (2), 
iste’mol  (ipoteka)  kreditlari  (3),  tijorat  krediti  (4),  xalqaro  kredit  (5) 
mavjudligini e’tiborga olish maqsadga muvofiq. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin