Pul, kredit va banklar


b).  Mamlakatda  qonun  ustuvorligini  ta’mmnlash  va  bozor  mexanizmlari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   154
Pul, kredit va banklar

b).  Mamlakatda  qonun  ustuvorligini  ta’mmnlash  va  bozor  mexanizmlari 
samaradorligini  oshirish  lozim.  Tijorat  banklarining  xo’jalik  sub’ektlariga 
kreditlarni berishda, mijozlarning naqd pullarga bo’lgan talabini qondirish dolzarb 
masalalardan  hisoblanadi.  Bularning  barchasi  banklarning  iqtisodiyotdagi  rolini 
yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning 
sayi  harakatlari,  balki  milliy  iqtisodiyotning  rivojlanganlik  darajasi  va 
raqobatbardoshligi  bevosita  ta’sir  qiladi.  Chunki,  banklar  milliy  iqtisodiyotdan 
ajralgan holda, alohida sub’ekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas.   
Masalan,  banklarning  asosiy  faoliyat  turlaridan  biri  muomalaga  pulni 
emissiya  qilishini  oladigan  bo’lsak,  muomalaga  emissiya  qilingan  pul  massasi 
tovar  massasi  bilan  ta’minlangan  bo’lishi  lozim.  Aks  holda,  milliy  valyutaning 
inflyatsiya darajasi oshishi bilan birga, uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. 
Demak,  muomalaga  emissiya  qilingan  pullar  tegishli  tovar  massasi  bilan 
ta’minlangan  bo’lishi  lozim.  Bu  o’z  navbatida  iqtisodiyotda  ishlab  chiqarish  va 
tovarlar aylanmasi samaradorligi ta’minlanganligini talab etadi.  
Demak,  iqtisodiyotda  tovar  massasi  va  pul  massasi  o’rtasidagi 
muvozanatlikning  ta’minlanishi,  birinchidan,  bankning  iqtisodiyotdagi  rolini 
oshirsa,  ikkinchidan,  milliy  iqtisodiyotning  samaradorligini  ta’minlashga  xizmat 
qiladi.  Biroq,  bu  muvozanatlikni  ta’minlanishiga  qator  ob’ektiv  va  sub’ektiv 
omillar ta’sir qiladi.  


Masalan, 90 yillarning oxirlarida Rossiyada, shuningdek, qator sobiq ittifoq 
respublikalarida,  shu  jumladan  malakatimizda  ham  pullarni  muomalaga  chiqarish 
hajmi ishlab chiqarish hajmidan sezilarli darajada pasayib ketdi. Buning natijasida 
ishlab  chiqarish  jarayonida  uzilishlarni  vujudga  kelishiga,  shuningdek,  xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar  o’rtasida debitor  –  kreditor  summalari  miqdorining  sezilarli 
darajada oshib ketishiga olib keldi. 
Banklarning  mamlakat  iqtisodiyotiga  ta’sirini,  ya’ni  ularning  rolini  real 
sektorni  kreditlash  munosabatlari  misolida  ham  ko’rishimiz  mumkin.  Mamlakat 
real sektori ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud 
bo’lib,  ushbu  ehtiyoj  ayniqsa,  iqtisodiy  inqiroz  sharoitida  ortib  ketadi.      Inqiroz 
sharoitida  iste’mol  tovarlarga  nisbatan  talabning  hamda  tovar  va  xizmatlar 
bahosining  pasayishi,  davlat  buyurtmalari  hajmining  qisqarishi,  debitorlarning 
to’lovga  layoqatsizligi  korxonalarda  qo’shimcha  moliyaviy  resurslarga  bo’lgan 
kuchli  talabni  paydo  bo’lishiga  sabab  bo’ladi.  Albatta,  ushbu  talab  to’lig’icha 
banklarning  kreditlari  hisobidan  qondirilishi,  birinchidan,  maqsadga  muvofiq 
emas. Ikkinchidan, banklarda iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojni qondirish 
uchun etarli moliyaviy resurslarning taqchilligi paydo bo’ladi. 
Bundan  tashqari,  eng  muhimi  banklar  tomonidan  berilgan  kreditlarning 
to’liq  qaytmaslik  xavfi,  ya’ni  kredit  riski  vujudga  keladi.  Shu  bois,  iqtisodiy 
inqiroz  sharoitida  banklarning  kreditiga  talab  yuqori  bo’lsada,  banklar  kredit 
quyilmalari 
hajmini 
oshirishga 
moyillik 
sezishmaydi. 
Bu 
banklarning 
iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga emas, balki banklar ham tijorat muassasa sifatida 
asosiy  e’tiborini  iqtisodiy  manfaatdorlik  olishga  qaratishini,  eng  muhimi  banklar 
risk  asosida  kredit  sifatida  beradigan  mablag’lari  o’z  mablag’lari  emas,  balki 
chetdan  jalb  qilingan  boshqa  shaxslarning  mablag’lari  hisobiga  faoliyat 
yuritayotganligini unutmaslik lozim. 
Xulosa  o’rnida  ta’kidlash  mumkinki,  banklarning  iqtisodiyotdagi  roli 
nafaqat  banklarning  o’ziga,  balki  milliy  iqtisodiyotning  rivoji  va 
raqobatbardoshligiga  bevosita  bog’liq.  O’z  navbatida,  iqtisodiyotning  rivojlanishi 
va  raqobatbardoshligi  mamlakatda  barqaror  va  samarali  bank  tizimining  tashkil 
etilganligi  bilan  bevosita  bog’liqdir.  Bir  so’z  bilan  aytganda,  banklar  va  milliy 
iqtisodiyot bir – biridan ayri holda rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular 
biri  –  birini  to’ldirgan  holda,  bir  –  biriga  o’zaro  hamoxang  tarzda  rivojlanib  va 
takomillashib boradigan iqtisodiy – moliyaviy sub’ektlar hisoblanadi. 
 
 
 



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin