Pul taklifiga ta‘sir qiluvchi omillar
Taqriz oddiy modeli pul taklifiga ta‘sir qiluvchi omillar muhokamasini qanday yoritilishini ko‘rsatadi. Keling har bir omildagi o‘zgarishlarni qolganlarini o‘zgarmas qilgan holda ko‘rib chiqamiz.
Qarz bo‘lmagan pul bazasidagi MBn o‘zgarishlar
Bobda oldinroq ko‘rsatilgandek, federal zaxira ochiq bozori xaridlari qarz bo‘lmagan pul bazasini oshiradi va uning ochiq bozor sotuvlari uni kamaytiradi. Qolgan o‘zgaruvchilar o‘zgarmagan holda, ochiq bozor xarididan kelib chiqadigan MBn dagi o‘sish pul bazasi va zaxiralarini ko‘paytiradi, shu sababli ko‘p sonli depositlarning yaralishi va pul taklifini oshiradi. Shunigdek, ochiq bozor sotuvining MBn ni qisqartirishi pul bazasi va zaxiralar miqdorini kamaytiradi, bu orqali ko‘p sonli deposit qisqarishi va pul taklifining kamayishiga olib keladi. Qutidagi xulosa kelib chiqadi: Pul taklifi Qarz bo‘lmagan mablag‘lar MBn bilan ijobiy bog‘lanishga ega.
Federal zaxiradan olingan qarz zaxiralari MB dagi o‘zgarishlar
Fedral zaxiradan olingan qarzlarning oshishi qo‘shimcha qarz zaxiralarini ta‘minlaydi va shu orqali pul bazasi va zaxiralari miqdorini oshiradi, shu sababli ko‘p sonli deposit yaralishi sodir bo‘ladi va pul taklifi ortadi. Agar banklar diskont kreditlar darajasini qisqartirsa, boshqa barcha o‘zgaruvchilar o‘zgarmagan holda, pul bazasi va zaxira miqdori tushadi va pul taklifi ortadi. Natija: Pul taklifi federal zaxirada olingan qarzlar zaxirasi bilan ijobiy bog‘lanishga ega.
Majburiy zaxira stavkasidagi ozgarishlar
Agar chekli depozitlar bo‘yicha majburiy zaxira stavkasi oshsa, pul bazasidek boshqa barcha o‘zgaruvchilar o‘zgarmagan holda, ko‘p sonli deposit oshishining qisqarishini ko‘rdik va shu sababli pul taklifi tushadi. Agar, boshqa tarafdan, majburiy zaxira stavkasi tushishi, ko‘p sonli depozit ko‘payishi yuqori bo‘ladi va pul taklifi oshadi.
Bundan shunday natija kelib chiqadi: Pul taklifi majburiy zaxira stavkasi bilan salbiy bog‘lanishga ega. Avvallari Federal zaxira tizimi bazida majburiy zaxirani pul taklifi hajmiga tasir qilish maqsadida qollagan. Biroq , yaqin yillarda , majburiy zaxira pul multiplikatori va pul taklifini hisoblashdagi ta‘sirini yo‘qotdi, buni keying paragraflarda ko‘rib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: |