Qimmatli qog‘ozlar
Moliyaviy institutlarga berilgan qarzlar
Muomaladagi valyuta Zaxiralar
Majburiyatlar Balansdagi 2 ta majburiyat ya‘ni muomaladagi valyuta va zaxiralar Federal Zaxiraning monetar majburiyatlari hisoblanadi. Ular pul taklifining muhim qismi hisoblanadi chunki ularning birini o‘sishi yoki ikkalasining ham o‘sishi pul
57 Federal Rezerv bakansi yoki undagi elementlar haqida ushbu kitobning ilova qismida yoki quyidagi web sahifadan topishingiz mumkin: www.peaisonglobaleditions.com/mishkin taklifining o‘sishiga sabab bo‘ladi. Federal Zaxiraning Monetar majburiyatlari va hukumat xazina majburiyatlari monetar baza hisoblanadi. Bunda davlat xazina majburiyatlari umumiy bazaning 10%idan kam ulushga ega58.
Muomaladagi valyuta. Ya‘ni Federal Zaxira tomonidan chiqarilgan va aholini qo‘lida bo‘lgan pullardir. Depozitariy institutlardagi pullar ham Federal Zaxiraning majburiyati hisoblanadi lekin balansning zaxira qismida joylashgan.
Zaxiralar. Barcha banklar Federal Zaxiralar tizimi (Fed)da depozit sifatida o‘z hisob raqamlariga egadirlar. Zaxiralar Feddagi depozit hisobraqamlaridan hamda bank kassalaridagi naqd pullardan tashkil topadi. Zaxiralar banklar uchun aktiv, Federal Zaxira uchun passiv hisoblanadi, chunki banklar istalgan paytda zaxiralar uchun to‘lov talab qilishlari mumkin va Federal Zaxira o‘z majburiyatini qoplash uchun Federal Zaxira notalari to‘lab boradi. Keyinchalik ko‘rib o‘tishimiz mumkinki, zaxiralarning oshishi depozitlarning ko‘payishiga va buning natijasida pul taklifining oshishiga olib keladi.
Umumiy zaxiralar 2 ta kategoriyaga ajratilishi mumkin: Federal Zaxira tomonidan qat‘iy talab asosida saqlanishi kerak bo‘lgan zaxiralar (majburiy zaxira), banklar tomonidan ixtiyoriy tarzda saqlanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha zaxiralar (ortiqcha zaxira). Masalan, Fedning talabi bo‘yicha depozitar tashkilotdagi depozitlarning har bir dollari uchun uning ma‘lum qismi (misol uchun, 10 sent) zaxira sifatida shakllantirilishi kerak. Ushbu qism (10%) majburiy zaxira nisbati deb ataladi.