Tovar ishlab chiqarish va pulning zarurligi. Pulning mohiyati va xususiyatlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning ahamiyatini oshishi.
Pulning funksiyalari.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda pul barqarorligini ta`minlashni o`rni va omillari.
Pul to`g`risidagi nazariyalar.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Ma`lumki, pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning uzoq vaqt rivojlanishi natijasida vujudga keldi. R.Kruzo ta`kidlaganidek, faqat tovar ishlab chiqarish bor joyda pul kerak, yakka odamga pulni keragi yo`q. Pulni tovar ayirboshlashni o`zi yaratdi.
Birinchi yirik mehnat taqsimoti, ya`ni chorvachilikdan dehqonchilikni ajralib chiqishi va shu munosabat bilan tovar xo`jaligining rivojlanishi tufayli mahsulot qiymatining ifodasi bo`lmish pulni keltirib chiqardi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi, tovar turlarining ko`payishi almashuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o`zaro muloqotda bo`lib, tovarning egasi o`z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o`lchov birligi bo`lishini taqozo qilgan. Tovar muomilasining ekvivalent rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o`ynagan.
Pulning metallik nazariyasi Pulning metallik nazariyasi kapitalning dastlabki davrida taraqqiy etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og’irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi kurashda progressiv rol o’ynadi. Bu nazariyalar o’sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullari tarfdori bo’lib chiqdilar. Bu nazariya o’sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga keldi.