Pul tizimi: tushunchasi, shakllari va elementlari


O`zbekiston Respublikasida mustaqil pul tizimining joriy qilinishi



Yüklə 158,5 Kb.
səhifə4/5
tarix05.04.2023
ölçüsü158,5 Kb.
#93380
1   2   3   4   5
5-mavzu Pul tizimi tushunchasi, shakllari va elementlari

O`zbekiston Respublikasida mustaqil pul tizimining joriy qilinishi


Ma`lumki, har bir davlat o`zining pul tizimiga ega bo`ladi. O`zbe-kistonning mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi uning mustaqil pul tizimiga ega bo`lishini taqozo qildi. Mustaqil pul tizimi joriy qilinishining I bosqichi 1993 yildan boshlab «so`m-kupon»larning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. O`zbekiston pul tizimini qurish-ning ikkinchi bosqichi – 1994 yil iyuldan boshlab milliy valyuta–«so`m »ning muomalaga chiqarilishi bo`lib, u O`zbekiston tarixida juda katta ahamiyatga ega.
Har bir davlatning pul tizimi ma`lum elementlardan tashkil topadi va qonun asosida yuqori davlat organlari orqali boshqarib boriladi.
O`zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari quyidagilar hisoblanadi:
– pul birligining nomi;
– pul birligining turlari - qog’oz va metall pullar;
– ularni muomalaga chiqarish qoidalari;
– pul, kredit, valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari;
– naqd pulsiz to`lov aylanmasi va kredit pullar (chek, veksel) muomalasini olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar;
– milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoi-dalari;
– xalqaro hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari;
– milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan o`rnatilgan valyuta kursi.
Alohida olingan davlatning pul tizimi o`z xususiyatlariga ega bo`lib, uning elementlari u yoki bu tomonga o`zgarishi mumkin.
Pul tizimi ijtimoiy hayotning ko`zgusi hisoblanadi, desak xato bo`lmasa kerak. SHuning uchun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni pul tizimini ob`ektiv talablar, ya`ni pul tizimining yagona bo`lishi, pul birligi qiymatining doimiyligi va pul muomalasining talabga qarab o`zgarib turishi kerakligini qo`yadi.
Sobiq SSSRning davlat sifatida tarqalib ketishi markaz-lashgan pul tizimining ham tugashiga olib keladi. Natijada ba`zi respublikalar rublni milliy valyutasi sifatida ishlatib turgani holda, o`z pul siyosatini olib bordi. estoniya, Latviya, Litva, Ukraina birinchi bo`lib rubl zonasidan chiqib o`z milliy valyutasini qabul qilishdi. Keyinchalik, Ozarbayjon, Qirg’iziston va Moldaviya respublikalari bu yo`nalishni davom ettirdilar. Rubl tizimida vujudga kelgan tartibsizliklar, milliy valyutalar va kuponlarning muomalaga chiqarilishi, yagona pul–rubl zonasining tugashiga, uning har xil kursga ega bo`lishiga olib keladi.
1992 yil oxiriga kelib Rossiyada tovarlar bahosining oylik o`sishi 25-30 foizgacha ko`tarildi. Moskva valyuta birjasida rubl-ning nominal qiymati bir dollarga 125 rubldan, 1992 yil dekabrda 485 rublgacha, 1993 yil martda 1 dollar 660 rublgacha tenglashdi. Pul qadrining tushishi, naqd pul etishmovchiligiga, oxiri esa ish xaqi, nafaqalarni to`lashda qiyinchiliklar bo`lishiga olib keldi. SSSR davridagi oxirgi banklar to`g’risidagi qonunga asosan davlat banki o`rniga Markaziy bank, mustaqil davlatlarda Markaziy (yoki milliy) banklar tashkil qilindi.

Yüklə 158,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin