Pul tizimining elementlari xususida iqtisodchi olimlar o`rtasida munozarali fikrlar mavjud. Taniqli iqtisodchi olim O.I.Lavrushinni fikriga ko`ra pul tizimini boshqarish printsipi, emissiya mexanizmi va kassa instrumentlari ham asosiy elementlar sifatida e`tiorof etadi. Beloglazava baho masshtabini ham kiritadi.
Beloglazova pul tizimiga 5 ta elementni kiritadi:
1. Pul birligi
2. Baho masshtabi
3. Pul aylanmasi
4. Pul massasi
5. emmisiya mexanizmi
SHuningdek, Miller, Xesus de Sota kabi mashhur iqtisodchi olimlarning pul tizimining elementlari xususida o`z qarashlari mavjud:
Ko`pchilik iqtisodchi olimlar tomonidan e`tirof etilgan pul tizimining elementlariga quyidagilar kiradi:
1. Pul birligi
2. Pul aylanmasining tarkibi
3. Pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solish
4. Pul massasi va uning tarkibi
5. Milliy valyutaning pariteti
6. Milliy valyutaning kursi
7. Pul tizimini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi organ
O`zbekiston Respublikasining zamonaviy pul tizimi milliy valuta so`m muomalaga kiritilgandan keyin shakllandi. YAngi pulni eski valuta birligiga almashtirish “denominatsiya” deb ataladi.
O`zbekiton pul tizimi quyidagi elementlardan tashkil topadi:
1. Milliy valuta so`m;
Pul aylanmasi naqd va naqdsiz pul aylanmasidan iborat;
Respublikamizda pul aylanmasini tashkil etish va tartibga solish MB tomonidan nazorat qilionadi. O`zbekiston respublikasi MB to`g’risidagi qonunga muvofiq MB pul massasining o`sishini nazorat qiladi.
Pul massasini miqdoriy o`lchashda M0, M1, M2 pul agregatlaridan foydalaniladi;
So`mning valuta pariteti AQSH $ ga nisbatan aniqlanadi;
Milliy valuta so`mning valuta kursi respublika valuta birjasida AQSH $ ga nisbatan aniqlanadi. 2003-yil 8-oktyabrda O`zbekiston hukumati xalqaro valuta fondi nizomining VIII-moddasi bo`yicha majburiyatlarini qabul qildi. Natijada milliy valutamizning almashuv kursi unifikatsitya qilindi.
MB pul tizimini tartibga soluvchi rasmiy davlat organi hisoblanadi.
4. O`zbekiston Respublikasining pul tizimi.
O`zbekiston Respublikasining zamonaviy pul tizimi 1994-yil 1-iyulda milliy valyuta muomalaga kiritilgandan so`ng shakllandi. CHunki milliy valyuta har qanday mamlakat pul tizimining asosiy elementi hisoblanadi. Kurs Respublika valyuta birjasida aniqlanadi. O`zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to`g’risida qonuniga ko`ra so`mning kurs rejimi erkin suzish rejimidir, ya`ni so`mning nominal almashuv kursini AQSH dollariga bo`lgan talab va taklifga qarab aniqlanishini bildiradi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g’risidagi qonunning 23-moddasiga muvofiq hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevralidagi 63-sonli qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul massasining o`sishini nazorat qiladi. Bunda M2 pul agregati nazorat obekti sifatida olingan. O`zbekistonda Markaziy bank pul tizimini tartibga soluvchi rasmiy organ hisoblanadi. O`zbekistonda pul tizimi to`g’risidagi maxsus qonun 1993-yilda bekor qilingan, shu sababli hozirgi kunda pul tizimining me`yoriy huquqiy asoslari bo`lib, quyidagi qonunchilik hujjatlari hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi
O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g’risidagi qonun
O`zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to`g’risidagi qonun
O`zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to`g’risidagi qonuni(1-marta bu qonun 1993-yil 7-mayda qabul qilingan, 2003-yil 11-dekabrda esa Valyutani tartibga solish to`g’risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi)
So`ngi yillarda milliy valutaning qadrsizlanish suratini ya`ni devalvatsiya su`rati yuqori ekanligi kuzatilmoqda. 2003-yilda so`mning AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanishsu`rati 11% foizni tashkil etdi. Xalqaro valuta fondining ekspertlari xulosasiga ko`ra milliy valutaning yillik qadrsizlanish su`ratini 10% ga etishi salbiy chegaraviy darajada hisoblandi. Milliy valutaning real almashinuv kursining oshishi mamlakat eksportini qimmatlashishiga sabab bo`ladi. SHu sababli respublikamiz so`mning asosiy tashqi savdo hamkorlarimiz bo`lgan Rossiya, Xitoy, Qozog’iston, va Ukraina valutalariga nisbatan real almashinuv kursining oshib ketishiga yo`l qo`ymaslik muhim kasb etadi.
O`zbekiston respublikasi pul tizimida naqd pul aylanmasini tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodchi olimlarning naqd pul aylanmasiga bag’ishlangan tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki respublika naqd pul aylanmasi bilan iqtisodiy faollik o`rtasida uzviy aloqadorlik mavjud.
Naqd pullarga bo`lgan talabni qisqartirish maqsadida respublikada plastic kartochkalar muomalasini rivojlantirishga ustuvor yo`nalish deb qaralmoqda. Muomaladagi milliy pul birliklarining barchasi banknotalar hisoblanadi. O`z Res moliya vazirligi pul emissiyasi sohasida hech qanday vakolatga ega emas.
«Milliy valyuta – milliy iftixor, davlat mustaqilligi-ning ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir»1 Har bir jamiyatda pulga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi iqtisodiy va ijtimoiy o`sishni rag’batlantiradi, pul qadrining tushishi esa tartibsizlikka, jamiyat rivojlanishida bosh-qa to`qinliklar bo`lishiga olib kelishi mumkin.
Pulning barqarorligi deganda, pulning sotib olish qiymati-ning o`zgarmasligi va valyuta doimiyligi tushuniladi.
Pulning sotib olish qobiliyati shu pul birligiga to`g’ri keluv-chi tovar va xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi. Binobarin, pul-ning sotib olish qobiliyatini ifodalovchi «ko`rsatkich» tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Agar tovar va xizmatlar bahosi bar-qaror bo`lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham barqaror bo`ladi. Agar pul o`zgarmagan sharoitda tovarlar bahosi oshadigan bo`lsa, bu hol pulning sotib olish qobiliyati tushganini ko`rsatadi va aksincha, tovar va xizmatlar bahosining tushishi pulning sotib olish qobiliyatini oshganligidan dalolat beradi.
Demak, pulning qadri tovarlar va xizmatlar bahosiga teskari proportsional – narx pasaysa, pul qadri oshadi yoki narx oshsa pul-ning qadri tushadi.
Pul tovar bo`lganligi uchun ham unga talab va taklif ta`sir qiladi. Pul taklifi muomalaga chiqarilgan turli shakldagi pullar-ning yig’indisi bo`lib, u talabdan ortiq yoki kam bo`lishi mumkin. Muomalaga chiqarilgan pul miqdori pulning aylanish tezligiga qarab ham o`zgarib turishi mumkin.
Pulga bo`lgan talab mamlakat pul aylanmasi asosida aniqlanadi. Pul talabi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, aholi, davlat tashkilotlari olib boradigan naqd pullik va naqd pulsiz aylanma uchun zarur pul miqdori asosida aniqlanadi. Pulga bo`lgan ehtiyoj xo`jalik sub`ektlari - ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar o`rta-sida bo`ladigan pullik jarayonlarning ko`lamiga va tezligiga bog’liq. Pulni qo`llash yo`li bilan bajariladigan jarayonlarning ko`lami qancha keng bo`lsa, pulga bo`ladigan talab shuncha ko`p bo`ladi. Agar pul bilan bog’liq operatsiyalar tez bajarilsa, pulga bo`lgan talab shuncha kam bo`ladi demak, muomalaga kam pul chiqarish kerak bo`ladi.
Pulga bo`lgan taklif va talabning tengligi pul muvozanatini bildiradi. Pulga bo`lgan taklif, unga bo`lgan talabdan oshmasa pul barqaror deb xulosa qilish mumkin, aksincha bo`lsa, pulning qadri tushib ketadi va puldan qochish jarayoni boshlanadi. Amaliyotda pulni jamg’argandan ko`ra uni tovarlarga aylantirib qo`yish yoki boshqa bir qadrliroq valyutani jamg’arish qulay bo`lib qoladi.
Pulning barqarorligini ta`minlashning asosiy yo`nalishlari-dan yana biri byudjet taqchilligining bo`lmasligidir. Davlat byudje-ti xarajatlarining daromadlaridan oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan byudjet taqchilligi muomalaga tovarlar bilan ta`min-langan pullar chiqarish hisobidan qoplanadi. Bu tadbir muomalada ta`minlangan pulning ko`payishiga, oqibatda pul qadrining tushib ketishiga olib keladi. SHuning uchun har bir mamlakat pul taqchil-ligi bo`lmasligiga yoki uning salmog’i sezilarsiz bo`lishiga erishishi kerak.
Pulning barqarorligini ta`minlashning yana bir yo`nalishi bu oltin va valyuta zaxiralarining mavjudligi va ularning ko`payishidir. Oltin valyuta zaxiralarining salmog’i qancha ko`p bo`lsa, pul shuncha barqaror bo`lishi mumkin.
Milliy valyutani mustahkamlashning yana bir sharti – inflyatsiya-ga qarshi puxta o`ylangan siyosat yuritishdir. Muomalaga chiqarilgan har bir so`m muayyan miqdordagi tovar va xizmatlar bilan ta`min-langan bo`lishi zarur. Ichki bozorimizni tovarlar bilan to`ldirish, aholiga xizmat ko`rsatishning sifati va turlarini oshirish ham mil-liy valyutaning barqarorligini ta`minlashning asosi hisoblanadi.