Milliy universiteti jizzax filiali psixologiya fakulteti



Yüklə 17,88 Kb.
tarix04.10.2023
ölçüsü17,88 Kb.
#152155
BOBUR2


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
PSIXOLOGIYA FAKULTETI
SIRTQI BO’LIMI
IQTISODIY
XAVFSISLIK FANIDAN

TOPSHIRIG`I


MAVZU : Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi tushunchasining nazmuni va mohiyati

921-20 GURUH TALABASI: ABDURASHIDOV B


QABUL QILDI: NARKUZIYEV A
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi deganda, uning mustaqilligini, mustahkamligini, barqarorligi va ichki imkoniyatlar evaziga takomillashib, taraqqiy etib borishini doimiy ravishda ta’minlab turuvchi sharoitlar va omillar majmuasining mavjudligi tushuniladi.
Ko’rinib turibdiki, korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash o’ta murakkab bo’lishi bilan birga juda ko’p qirrali sohadir. Shu tufayli unga shunchaki kundalik tadbirlar bilan yoki ozgina e’tibor bilan erishib bo’lmaydi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizingini ta’minlash uchun undagi band bo’lgan kadrlar yuqori malakali, saviyali va tashabbuskor bo’lmog’i lozim. Eng muhimi, hozirga paytda har bir korxonada ishlovchi xodim uni «umumiy mulkimiz» emas, balki «mening mulkim» deb his qilishi, shu ruhiyat bilan yashaydigan, ishlaydigan bo’lishi darkor.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi tamoyillari. Xavfsizlikni ta’minlash uchun uni amalga oshirishda ma’lum tamoyillarga tayaniladi. Bu tamoyillar korxona ishining taktikasi va strategiyasini, aniq maqsad va vazifalar bilan faoliyat ko’rsatishini belgilab olishida namoyon bo’ladi.
«Bu ko’rsatkichlar eng avvalo bizning o’z oldimizga qo’ygan yuksak maqsad - dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish yo’lidan izchil va bosqichma-bosqich ilgarilab borayotganimizning isboti bo’lib, ana shu mamlakatlar erishgan marralarga biz ham albatta yetamiz, degan ishonchni tug’diradi».
Shu nuqtayi nazardan qaraydigan bo’lsa, korxonaning iqtisodiy xavfsizligi quyidagi tamoyillarga tayanadi.
1. Uzoq istiqbolga mo’ljallangan dastur va maqsadli rejaning mavjudligi. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida har bir korxona o’z mulkiy javobgarligiga asoslanar ekan, u uzoqni ko’zlab aniq strategik maqsad bilan va shu maqsadga erishish uchun uzoq muddatga mo’ljallangan dastur asosida faoliyat ko’rsatishi lozim.
2. Qonuniylikni ta’minlash tamoyili. Hozirgi paytda juda ko’p korxonalar qonunni chetlab ma’lum vaqt noqonuniy foyda olish evaziga faoliyat ko’rsatmoqda. Ular faoliyatidagi qonunbuzarlik fosh bo’lgach (albatta shunday bo’ladi), juda ko’p jarimalar to’lashi evaziga birdaniga sinib inqirozga uchramoqda. Oqibatda korxona bankrot bo’lmoqda. Bu holat jamiyat uchun ham, davlat uchun ham, shu yerda ishlagan mehnat jamoasi uchun ham, pirovardida korxonaning iqtisodiy xavfsizligi uchun ham katta zarar keltirishi to’g’risida izohning hojati bo’lmasa kerak.
Jahon xoʼjaligi va xalqaro mehnat taqsimotidagi asosiy rivojlanish tendentsiyalari haqida chuqur bilimga ega boʼlmasdan turib iqtisodiy xavfsizlik muammosini tadqiqot qilish mumkin emas.
Bu tendentsiyalarning asosiysi iqtisodiyotning globallashuvidir. Xorijda 2-3 ming yilliklarda geosiyosiy oʼzgarishlarning sodir boʼlishini tahlil qilarkan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Аbdugʼanievich Karimov quyidagicha izoh beradi. ”strategik vazifalarni hal etib jahon hamjamiyatida keng integratsiyalashgan, zamonaviy demokratik davlat qurishni yaxshi tushunamiz. Chunki jahon xoʼjaligi bugunga kelib koʼp qirrali boʼlmoqda XXI asr xalqaro munosablarda shak shubhasiz globallashuv asri boʼladi.”
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarini quyidagilarda koʼrish mumkin: xalqaro kapital bozorlari hamda infrastrukturaning rivojlanganligida, global telekommunikatsiya sistemasining shakllanganligida, transmilliy korporatsiyalarning yuqori surʼatda oʼsganligi, kichik va oʼrta korxonalarning ishlab chiqarishi, iqtisodiy va investitsion faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan integratsiyalashgan milliy korporativ strukturasining tashkil topishini keltirish mumkin.
Shu bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy oʼzgarishlarni Jahon xoʼjaligining transfarmatsiyasi bilan xalqaro raqobatning kuchayishi, kapitalning davlatlar va hududlar orasida erkin harakat qilishi, transmilliy kompaniyalar faoliyatini kengaytirish, xalqaro moliya – kredit munosabatlarni erkinlashtirish va iqtisodiy globallashuv bilan amalga oshadi.
Boshqa tomondan globallashuv rivojlangan mamlakatlarni jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarini ham Jahon xoʼjaligi aloqalariga kirishga bir qator muammolarni ham tugʼdiradi. Bu muammolar – milliy iqtisodiyotning tashqi taʼsiridan himoyalanmaganligi, mamlakatlarni xorijiy bozorlarga chiqishdagi qiyinchiliklar, tashqi transport va informatsion aloqalarni rivojlanmaganligi hamda ularning xalqaro tizimlardan uzoqda joylashganligi, asosiy eksport tovarlariga Jahon narxlarining oʼzgarib turishi, globallashuv xoʼjaligi faoliyatining Markaziy Osiyoda atrof muhit va energetika holatini salbiy oqibatlarga olib kelishi bilan chambarchasi bogʼliqdir.
.

Korxona xavfsizligini ta’miniashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari.


Xavfsizlik bu murakkab va serqirra kategoriyadir. U asosan va ko’pincha ishlab chiqarishda foydalanilayotgan vositalarning xavfsizligi nuqtayi nazaridan baholanadi va ko’rib chiqiladi. Shu sababli hozirgacha biz texnika xavfsizligi, piyoda xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi yoki zararsizligi kabi tushunchalarni uchratsak-da, korxona xavfsizligiga hali duch kelganimiz yo’q.
Xavfsizlikni ta’minlash hamisha, hamma joyda, hamma narsalar uchun muhim bo’lib kelgan. Insoniyat paydo bo’libdi-ki, xavfsizlik masalasi uning oldida hamisha dolzarb bo’lib hisoblangan.
Bugungi bozor munosabatlari sharoitida hamma korxonalarga erkinlik va mustaqillik joriy qilinayotgan bir paytda, uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash ham o’ta dolzarb va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik bo’lgan usulda muhim jarayondir. Bu jarayonni to’g’ri va to’liq anglash uchun uning tushunchasi, maqsad va vazifalarini aniq belgilab olishni taqozo qiladi.
«Mustaqil rivojlanish yillarida - tarixan qisqa bir davrda yurtimiz yangi va ulkan marralarni qo’lga kiritdi, buning natijasida mamlakatimizning qiyofasi butunlay o’zgarib, jahon hamjamiyatidagi o’rni va nufuzi yuksalib bormoqda».
Mahsulotlaming zamonaviy namunalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, investitsiya rejalari va boshqalar sanoat ayg’oqchiligining diqqat markazida turib, korxona va mamlakat uchun ma’lum bir xavf tug’diradi. Shu sababli xavfsizlik va tijorat sirlari muammolari hozirgi bozor va raqobatchilik sharoitlarida iqtisodiyot fanining, jumladan, zamonaviy korxonalar iqtisodiyotining muhim bo’limlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo’lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish Vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur bo’ladi.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini doimiy ravishda ta’minlab turish uning rahbariyatidan katta e’tiborni, tashkiliy ishlarni amalga oshirishni va uni oqilona boshqarib borishni talab qiladi. Bu jarayonni to’g’ri tashkil qilish uchun umuman xavflilik va xavfsizlik tushunchalarining nima ekanligini aniqlashni taqozo qiladi.
Mazkur ishda korxonaning umumiy xavfsizligi emas, balki iqtisodiy jihatdan xavfsizligi xususida gap boradi. Uni ta’minlash uchun esa korxona rahbariyatidan juda katta tashkilotchilikni talab qiladi.
Korxona iqtisodiy xavfsizligi tushunchasi. Erkin raqobat hukm surib turgan bozor munosabatlari sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’zlarining yashovchanligini ta’minlashga lozim. Bu esa o’ta murakkab va ko’p qirrali jarayondir. Shu tufayli korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun bir qancha tadbirlami amalga oshirish lozim bo’ladi.
Korxona xavfsizligini ta’minlashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
* korxona va uning barcha bo’linmalari, mehnat jamoasining davlat tuzilmasi, xorijiy hamkorlar va raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda qonuniy huquqlarini himoya qilish;
* korxona mulkini saqlash, undan oqilona va unumli foydalanish;
*ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish;
* tashkiliy va ishlab chiqarish barqarorligiga erishish, butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarga yordamchi va hamkorlarga bir tomonlama qaram bo’lishga yo’l qo’ymaslik;
* barcha tuzilmaviy bo’g’inlardagi xodimlar orasida mehnat intizomini mustahkamlash;
* mehnat unumdorligini oshirish uchun moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ta’minlash;
*jamoada axloqiy-ruhiy muhitning barqarorligi, mehnat va ijro intizomiga qattiq rioya qilish har bir xodim va boiinmalaming hayot tarziga aylanganligi, ularning ishni bajarishdagi jipsligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish;
* korxona xodimlarini moddiy va ma’naviy ragbatlantirishning obyektivligini ta’minlash, uni bevosita korxonaning istiqboliga yo’naltirishga erishish orqali uning nufuzini ko’tarish.
* tashkiliy, ilmiy-texnikaviy sohani takomillashtirish orqali ishlabchiqarishga (faoliyatiga) zamonaviy texnologiyalami joriy qilishga doimiy ravishda erishib, ularni ichki imkoniyati hisobidan rivojlantirib borish.
Ana shunday tadbirlar amalga oshirilsagina korxonaning iqtisodiy xavfsizligi ta’minlanishi mumkin. Bulardan kelib chiqib, o’ta murakkab jarayon bo’lgan korxona xavfsizligiga quyidagicha ta’rif berildi.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash vazifalari. Bozor munosabatlari sharoitida har bir korxonaning vazifasi o’zining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir. Bu ishda boqimandalik ketmaydi. Har bir korxona o’zining xavfsizligini o’zi ta’minlamasa, boshqa joydan kelib uni ta’minlab bermaydi. Bu jarayon ancha tadbirlami o’z ichiga oladi:
1. Korxona faoliyatiga tashqi subyektlar aralashuvlarining kuchayishigayo’l qo’ymaslik.
2. Korxona ichida samarali mehnat qilish muhitini buzishning oldini olish, har bir xodimning mehnatini xolisona baholay olish.
3. Xodimlar o’rtasida axloqiy-ruhiy muhitning barqarorligini ta’minlash, korxonaning muvaffaqiyati ulaming har birining muvaffaqiyati ekanligini singdirish va shunga amal qilish.
4. Bozordagi o’z raqobatchilaridan mahsulotning (ish, xizmatning) sifati, narxi bo’yicha orqada qolib ketmaslik choralarini ko’rish.
5. Bozor konyunkturasining tez o’zgarishidan hamisha voqif bo’lish va unga moslashgan holda taraqqiyotni ta’minlash.
6. Ishlab chiqarish, texnologik, tijorat kabi sirlarini saqlash Nodir mutaxassislar qo’nimsizligining oldini olish.
7. Korxona hududi, mulki va boshqa moddiy resurslaming saqlanishini ta’minlash, ulaming o’g’irlanishi va yo’qolishining oldini olish choralarini ko’rish.
8. Hamkorlarini tanlashda ulaming moliyaviy ahvolini o’rganish va o’zining moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun tegishli tashkiliy ishlarni doimiy ravishda e’tibordan qoldirmaslik.
«Xususiy mulkning huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo’l bilan qo’lga kiritgan yoki yaratgan o’z mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini ta’minlaydigan ishonchli kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur».
Shu kabi vazifalarning bajarilishi korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning asosiy tadbirlaridir. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi, albatta, o’z-o’zidan ta’minlanib qolmaydi. Shu tufayli bu masala korxonaga daxldor bo’lgan mutasaddilaming (mulkdor, rahbar, menejer, mutaxassislar va barcha xodimlar hamda soliq, moliya, bank kabi manfaatdor tashkilotlar) hamisha diqqat e’tiborida bo’lmog’i lozim.
Yüklə 17,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin