Pul to’G’risidagi turli XIL nazariyalar hozirgi zamon pullarining tabiati mundarija: Kirish Asosiy qism



Yüklə 95,18 Kb.
səhifə3/9
tarix09.04.2023
ölçüsü95,18 Kb.
#95251
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pul to’G’risidagi turli XIL nazariyalar hozirgi zamon pullarinin

2.Pulning vazifalari va mohiyati
Kishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turishi mumkin. Demak, aktivlar tomonidan pulga talab ham mavjud bo‘ladi. Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq miqdordagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz yuqori bo‘lganda, pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy talab, aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va bitim uchun pulga bo‘lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi.
1.Pul quyidagi vazifalarni bajaradi:qiymat o‘lchovi. Bunda pul umumiy ekvivalent bo‘lgan tovar bo‘lib, o‘zida mehnatni mujassamlashtiradi va shu sabab tovar qiymatini o‘lchay oladi;muomala vositasi. Bunda pul oldi-sotdida ishlatiladi. Pul yordamida tovarni xarid etish, pulga tovar ayirboshlash yuz beradi;
2.jamg‘arma vositasi – bu pulning jamlangan boylik shakliga kirib, o‘z egasi uchun kerak bo‘lganda xarid etish vositasi bo‘lib xizmat qila olishidir.
Hozirgi kunda elektron pullar o‘tkazmalari keng rivojlanmoqda. Sanoqli soniyalarda jo‘natmalar dunyoning ko‘rsatilgan manzillariga yetkazilmoqda. Bu aholi uchun qulayliklar tug‘diradi.
Pul islohoti o‘tkazish yo‘llari: deflyatsiya – muomaladagi pul miqdorini ortiqcha pul belgilarini iste’moldan chiqarish yo‘li orqali kamaytirish; denominatsiya – pul belgilari qiymatining o‘zgarishi va ma’lum nisbatda yangi yirik pul birligiga almashtirilishi;nullifikatsiya – eski pul belgilarini muomaladan olish va ozroq miqdorda yangilarini chiqarish; revalvatsiya – milliy pul birligi qiymatining rasmiy tartibda chet el valutasi yoki qimmatbaho metallga nisbatan ko‘tarilishi;
devalvatsiya – mamlakat savdo va to‘lov balansining keskin yomonlashuvi, valuta rezervining holdan toyishi, xalqaro valuta bozorlarida milliy valuta kursining pasayishi bilan bog‘liq holda pul birligi qiymatining rasmiy tartibda chet el valutasi yoki qimmatbaho metallga nisbatan pasaytirilishi. Pul bozorida makroiqtisodiy muvozanatni saqlashda Markaziy bank muhim o‘rin tutadi. Shu bois o‘quvchilarga bu borada to‘laqonli axborotga ega bo‘lishlari uchun 1995-yil 21-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunidan misollar keltirishni lozim topdik.

Yüklə 95,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin