Pul umumiy ekvivalent sifatida



Yüklə 87 Kb.
səhifə4/4
tarix17.04.2023
ölçüsü87 Kb.
#99243
1   2   3   4
Pul umumiy ekvivalent sifatida

Monitarizm nazariyasi hozirgi zamon nazariyalaridan biri bo’lib 1950 yillar o’rtasida paydo bo’lgan. Bu nazariyaning yirik namoyondasi bo’lib Chikago Universitetining professori, iqtisod sohasida Nobel mukofoti lauriati M.Fredman hisoblanadi. Bu oqim tarafdorlariga K.Brunner, A.Molser, D.Leydler, F.Keygen va boshkalar kiradi.
Bu nazariya ham aslida miqdoriylik nazariyasini targ’ib etgani holda, miqdoriylik nazariyasi bo’yicha yuqorida qayd etilgan g’oyalarga quyidagilarni qo’shimcha ravishda tavsiya etadi:

  • Bank foizi darajasi

  • Inflyasiya sur’atlari muomiladagi pul miqdoriga ta’sir etadi deb ta’kidlashadi.

Ularga binoan:

  1. foiz darajasi pasaysa qarzga oluvchi ko’payadi, ishlab chiqarish kengayib daromadlar oshadi va u pul miqdorini oshishiga olib keladi va aksincha.

  2. inflyasiya pul miqdorini to’g’ridan-to’g’ri oshiradi.

Ularning fikricha iqtisodiyotni tartiblash uchun pul miqdorini o’zgartirib uni normal holga keltirish zarur, bu ishni Markaziy bank amalga oshirishi kerak deydi. Ular iqtisodiyotga amaliy jihatdan yondashib pul massasini yiliga o’rtacha 3 % oshirishni tavsiya etishadi. O’zbekistonda 2004-yilda inflyasiya darajasi 3,7 foizni, 2005 yilda 7,8 foizni tashkil etgan. Bu ko’rsatkich 2005 yilda Rossiyada 10,8 foiz, Ukrainada 10,3 foiz bo’lgan.
XIX – asrning ikkinchi yarmiga kelib nemis iqtisodchisi K.Keyns (1821-1898 y.) metallik nazariyasini himoya kilib chiqib (Germaniya) uni yangi sharoitga mosladi. U pul sifatida fakatgina metalni emas, balki markaziy bank banknotalarni ham e’tirof etdi. Keynsni fikricha pul muomilasi metal bilan ta’minlangan banknot (Markaziy bank tomonidan veksellarni hisobga olish yo’li bilan chiqarilgan – vekselni bir turi) va metal monetarlarga asoslanishi shart.
Bu nazariyalardan tashqari pulni mehnat nazariyasining moxiyati pulni qiymati boshka tovarlar kabi sarflangan mehnat xarajati bilan o’lchanadi – umumiy ekvivalent sifatida.
Bulardan tashkari pulni oltin tanga, quyma oltin va oltin deviz standartlari kabi oqimlari mavjud.
Yüklə 87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin