Pul umumiy ekvivalent sifatida



Yüklə 87 Kb.
səhifə3/4
tarix17.04.2023
ölçüsü87 Kb.
#99243
1   2   3   4
Pul umumiy ekvivalent sifatida

Nominallik nazariyasi XVII-XVIII-asrlarda Angliyada paydo bo’lgan. Bu nazariyaning namoyondalari bo’lib ingliz ruhoniysi Dj.Berkli (1683-1775 y.) va iqtisodchi Dj.Styuart (1712-1780 y.) lar hisoblanadi. Keyinchalik bu nazariyani Germaniyalik G.Knapi (1842-1926 y.), ingliz iqtisodchilari J.Styuart va N.Barbonnilar davom ettirishgan.
Nominalistlar:


    1. Pulni davlat bunyodga keltiradi, pulni qiymati davlat tomonidan aniqlanadi. (shuning uchun uni davlat pul nazariyasi ham deb yuritiladi – G.Knapi).
    2. Pulni qiymati unda ko’rsatilgan nominali bilan aniqlanadi. Ular to’la vaznga ega bo’lgan muomiladagi metal pullar borgan sari ma’lum qismi eskirib yo’qolib borishini unutadilar. Ular pulning barcha tovarlar qiymatini o’zida aks ettiruvchi umumiy ekvivalent sifatidagi tabiatini tushunmadilar. Pulni tarkibi undagi oltin gramm bilan belgilanishini unutdilar. Ular pulning o’ziga xos qonuniyatlar asosida harakat qilishi va bu qonuniyatlar inson tomonidan bevosita boshkarilmasligini anglab yetmadilar.




Miqdoriylik nazariyasining boshlovchisi bo’lib fransuz J.Boden (1530-1596 y.) hisoblanadi va u XVI-XVIII –asrlarni o’z ichiga oladi. XVIII – asrga kelib bu nazariyani inglizlar D.Yum (1711-1786 y.), Dj.Mill (1773-1836) hamda fransuz Sharl Monaskyo (1689-1755 y.) rivojlantiradi.
Bu nazariyaning asosini yangi qit’alarni kashf etilishi va ulardan Yevropaga qimmatli metallarni oqib kelishi va shu bilan bog’liq ravishda narx-navoning keskin oshib ketishi tashkil etadi.
Ushbu nazariya namoyondalarining fikricha:

    • Pulning xarid qobiliyati bozorda o’rnatiladi.

    • Muomilada emissiya qilingan barcha pullar yuradi.

    • Pulning xarid quvvati muomiladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir.

    • Baholar darajasi pul miqdoriga to’g’ri proporsionaldir.

Bu nazariyani miqdoriylik deyilishiga sabab J.Boden baholarni o’zgarishi muomiladagi pul miqdori bilan aniqlanadi deb tushuntirdi.
Bu nazariya pulni faqat muomila vositasi ekanligini ko’ra oladi. Ularning ta’kidlashicha pul va tovar massalarining to’qnashishi natijasida baholar belgilanadi va pulning qiymati aniqlanadi.
Ularni yana bir xatosi shundaki, ular hamma pul massasi faqat muomilada bo’ladi deb qarashgan. Aslida muomilaga zarur bo’lgan pul miqdori pul muomilasi qonuniga binoan aniqlanadi.

Yüklə 87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin