Pul va banklar fanidan mustaqil ta’lim Reja: Pul nazariyalari Pulning nominallik naariyasi



Yüklə 29,84 Kb.
səhifə3/7
tarix25.03.2023
ölçüsü29,84 Kb.
#89807
1   2   3   4   5   6   7
Pul va banklar fanidan mustaqil ta’lim

Pulning metalilik nazariyasi

Metallik nazariyasi – dastlab XVI – asrning oxiri XVII – asrning boshlarida kapitalizmning rivojlangan mamlakati Angliyada yuzaga keldi. Bu nazariyaning asoschilaridan biri U.Steffard (1554-1612 y.) edi. U o`z qarashlarini 1581-yilda Londonda chop etilgan “Vatandoshlarimizning ba`zi odatiy arizalarining qisqartmasi” nomli pulning metallik nazariyasiga oid asarida bayon etdi. Uning davomchilari bo`lib Angliyada T.Men (1571-1641 y.), D.Nors (1641-1691 y.), Fransiyada A.Monkretyen (1575-1621 y.), Italiyada F.Tamani (1528-1787 y.) va boshqalar hisoblanadi.


Ushbu nazariya namoyondalari:



  1. Faqat qimmatbaho metallar (oltin va kumush) pul vazifasini o`tay oladi.

  2. Jamiyatning boyligi qimmatli metallarning mavjud zahirasi bilan o`lchanadi.

  3. Bu boyliklarning manbai savdodadir deydilar.

Yevropa davlatlari tomonidan qimmatli metallarga boy bo`lgan yerlarni bosib olinishi kabi shart-sharoitlar ushbu nazariyani kelib chiqishiga asos bo`lgan. Ushbu nazariya asoschilari vaqti kelib muomaladagi metal pullar o`rnini qog`oz pullar egallashi va bu jarayonning qonuniyligini tushinib yetmaganlar. Ular savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilgan.


Nominallik nazariyasi XVII-XVIII- asrlarda Angliyada paydo bo`lgan. Bu nazariyaning namoyondalari bo`lib ingliz ruhoniysi Dj.Berkli (1683-1775 y.) va iqtisodchi Dj.Styuart (1712-1780 y.) lar hisoblanadi. Keyinchalik bu nazariyani Germaniyalik G.Knappi (1842-1926 y.), ingliz iqtisodchilari J.Styuart va N.Barbonnilar davom ettirishgan.
Nominalistlar:



  1. Pulni davlat vujudga keltiradi, pulni qiymati davlat tomonidan aniqlanadi. (shuning uchun uni davlat pul nazariyasi deb ham yuritiladi – G.Knappi).

  2. Pulni qiymati unda ko`rsatilgan nominali bilan aniqlanadi. Ular to`la vaznga ega bo`lgan muomaladagi metal pullar borgan sari ma`lum qismi eskirib yo`qolib borishini unitadilar. Ular pulning barcha tovarlar qiymatini o`zida aks ettiruvchi umumiy ekvivalent sifatidagi tabiatini tushunadilar. Pulni tarkibi undagi oltin gramm bilan belgilanishini unutdilar. Ular pulning o`ziga xos qonuniyatlar asosida harakat qilishi va bu qonuniyatlar inson tomonidan bevosita boshqarilmasligini anglab yetmadilar.

Pulning metallik nazariyasi kapitalning dastlabki davrida taraqqiy etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og’irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi kurashda progressiv rol o’ynadi. Bu nazariyalar o’sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullari tarfdori bo’lib chiqdilar. Bu nazariya o’sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga keldi.

Yüklə 29,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin