Mikrokredit - qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada to’lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablag’laridir. Mikrokredit qarz oluvchiga pul mablag’larini shartnomaga muvofiq muayyan maqsadlar uchun ishlatish shartlari asosida (maqsadli mikrokredit) beriladi.
Mikroqarz - mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo’lgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining yuz baravari miqdoridan oshmaydigan summada muddatlilik va qaytarish shartlari asosida, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa, to’lovlilik sharti asosida ham beriladigan pul mablag’laridir.
Mikrolizing - mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilot tomonidan lizing oluvchining topshirig’iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir. Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi.
Lombardlar tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar har xil yoshdagi va har xil qatlamdagi aholi orasida yildan yilga tanilib bormoqda. Buning sababi, lombardlardan pul mablag’larini olish ancha tez va rasmiylashtirish oddiy. Ssudalar moliya muassasalari, xususan, depozit muasssasalari belgilagan foizdan
ancha yuqori stavkalarda beriladi. Shuningdek, lombardlardagi yillik foiz stavkasi 30% dan 240% gacha tebranib turadi.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, lombardlar bir necha asrlardan beri mavjud. Ularning nomi qadimiy inglizcha “loan” so’zidan olingan bo’lib, "garov” va "ta’minot garovi” degan ma’nolarni anglatadi. Angliyada bu termin qaytmaydigan bank ssudalarini qo’shimcha sug’urtasi hisoblanuvchi depozit ma’nosida ham qo’llaniladi.
Lombardlarning faoliyati va ular tomonidan bajariladigan operatsiyalar Markaziy bank Boshqaruvining 2003 yil 22 sentyabrdagi “Lombardlarning faoliyati va operatsiyalarni amalga oshirish” 23/4-sonli qarori bilan tasdiqlangan tartibi asosida bajariladi. Ushbu tartib Adliya vazirligidan 1290-son bilan ro’yhatga olingan.
Yuridik shaxs - litsenziya da’vogari, lombard faoliyatini amalga oshirishga litsenziyani olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
lombardning faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish to’g’risida elektron arizani to’ldirish yoki shaklni yuklab olish unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili) va bank hisobvarag’ining rekvizitlari ko’rsatiladi;
b) yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida
guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
lombardning boshqarish vakolatiga ega organ tomonidan tasdiqlangan bir yillik faoliyat uchun biznes-reja;
muassislar ro’yxati, quyidagi ma’lumotlarni ko’rsatgan holda:
familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma’lumotlari, yashash joyining pochta manzili, telefonlari;
faoliyat turi, ish joyi, lavozimi (agar ishlasa);
lombardning ustav fondidagi ulushi summasi, shu jumladan, ustav fondining umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida;
Yuridik shaxslar uchun:
to’liq nomi, pochta manzili va telefon raqamlari, to’lov rekvizitlari;
lombardning ustav fondidagi ulushi summasi, shu jumladan, ustav fondining umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida.
Barcha muassislar (ham yuridik va ham jismoniy shaxslar) uchun ariza taqdim qilingunga qadar oxirgi besh yil mobaynida sud (jumladan, xo’jalik sudi) yoki davlat organlari tomonidan bu shaxsga nisbatan qo’llanilgan barcha huquqiy jazo choralari to’g’risidagi ma’lumotlar.
d) lombardning boshqaruv organlari tuzilmasi va shaxsiy tarkibi to’g’risida ma’lumotlar;
naqd pul mablag’lari va garovga olingan mulklarning saqlanishini ta’minlaydigan, maxsus jihozlangan xonalar (binolar) mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
litsenziya da’vogarining lombard shtatida baholash faoliyatini amalga oshirish huquqiga tegishli litsenziyasi bo’lgan, maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega hamda garovga qabul qilinayotgan qimmatbaho metal va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni yoki ulardan foydalanib yasalgan antikvariat, qimmatli ashyolar va boshqa ko’char mulk buyumlarini baholaydigan malakali mutaxassislar mavjudligi to’g’risida ma’lumot;
litsenziya da’vogarning arizasini litsenziyalovchi organ tomonidan ko’rib chiqilishi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi to’lov topshiriqnomasining nusxasi.
Lombardlar ixtisoslashtirilgan tashkilot hisoblanadi. Lombardlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish funksiyasi adliya organlariga yuklangan. Lombardlar adliya organlari tomonidan davlat ro’yhatidan o’tkazilganligi uchun qonun hujjatlarida to’lov kunida belgilangan eng kam oylik ish xaqining 4 barobari miqdorida davlat boji undiriladi. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko’rib chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda qonun hujjatlarida belgilangan bitta eng kam oylik ish haqi miqdorida yig’im undiriladi. Lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun to’lov kunida qonun
hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish xaqining besh barobari miqdorida davlat boji undiriladi.
Fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo’jallangan ko’char mol mulkni qisqa muddatli kreditlarni ta’minlash uchun garovga qabul qilishga ixtisoslashgan tashkilotlar- litsenziyasi bo’lgan lombardlar tomonidan tadbikorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin. Lombardda ashyolarni garovga qo’yish haqidagi sharnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yo’li bilan rasmiylashtiradi. Garovga qo’yilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi. Lombard garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o’xshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi to’liq summasida o’z hisobidan garovga qo’yuvchi foydasiga sug’urtalanishi shart. Lombard garovga qo’yilgan ashyodan foydalanish va ularni tasavvur etish xaqli emas. Lombard ashyolarning yo’qolishini yoki shikastlanishini engib bo’lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qo’yilgan ashyolarning yo’qolganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar bo’ladi.
Basharti lombardda ashyolar garovi bilan taminlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda lombard notariyusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat o’tgandan keyin garovga qo’yilgan mol mulkni realizatsiya qilish uchun belgilab qo’yilgan tartibda ushbu mol mulkni sotishga xaqli. Shundan keyin garovga qo’yilgan mol mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa talablarni to’liq qanoatlantirish uchun etarli bo’masa xam, lombardning garovga qo’yuvchiga talablari bekor bo’ladi. Agar qarz va boshqa to’lovlarni to’lagandan keyin tushim summasining qoldig’i bo’lsa, u garovga qo’yuvchiga qaytariladi. Lombardlar tomonidan fuqarolarga ularning ashyolarini garovga olib kredit berish qoidalari qonu xujjatlari bilan belgilanadi. Lombardlarda ashyolarni garovga qo’yish to’g’risidagi shartnomaning garovga qo’yuvchining xuquqlarini ushbu qonun yoki boshqa qonun va me’yoriy xujjatlar bilan unga berilgan xuquqlarga qaraganda cheklab o’tadigan shartlari o’z o’zidan xaqiqiy emas.
Lombardlar faoliyatini amalaga oshirish uchun litsenziya olish to’g’risida ariza: Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, vakolatli shaxsning F.I.O., arizachining pochta manzili, STIR, indeks, telefon, faks, bank hisobvarag’ining rekvizitlari xisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |