Pul va banklar



Yüklə 222 Kb.
səhifə1/6
tarix16.10.2023
ölçüsü222 Kb.
#156363
  1   2   3   4   5   6
Lombardlar



Sobirov Shohruhbekning
Pul va banklar " fanidan

Tayyorlagan




MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Lombardlar , ularning faoliyatini tashkil etish asoslari

Reja:





  1. Lombard tashkilotlari faoliyatini tashkil etish asoslari




  1. Markaziy bankning lombard tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish mexanizmi




  1. Respublikamizda nobank muassasalar faoliyatini rivojlantirish istiqbollari



Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Lombard tashkilotlari faoliyatini tashkil etish asoslari

Lombard tashkilotlari faoliyati va uning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risidagi mavzuni yoritishdan oldin nobank kredit tashkilotlari tashkil etilishining xuquqiy asoslari, shakillanishi va klassik olimlarning fikirlari xaqida ma’lumotlar keltishirni joiz deb bilamiz. Ma’lumki, nobank kredit tashkilotlari, eng avvalo, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi, jumladan, ma’lum shartlarda mikrokredit va mikroqarz beruvchi tashkilotlar hisoblanadi.


Mikromoliyalash va mikromoliyaviy xizmatlar bozorining rivojlanish evolyutsiyasi o’tgan XX asrning o’rtalarida aholining kam daromadli qatlamlariga moliyaviy xizmatlar ko’rsatish borasidagi dastlabki sa’y-harakatlar ushbu xizmatlardanfoydalanishning pirovard maqsadlari bilan bog’langan. Xususan XX asrning 50-70 yillarida davlat idoralari va donor tashkilotlar mayda va kam ta’minlangan fermerlarning ish unumini hamda daromadlilik darajasini oshirish umidida ularga subsidiyalangan qishloq xo’jalik kreditlarini berib kelganlar.


1980-1990 yillarda mikrokreditlar asosan aktivlarga ega bo’lish va ularni jamg’arish, oilalarning daromadini va turmush darajasini oshirish uchun kam ta’minlangan tadbirkorlarga qarz berishdaniborat edi. Mikrokredit oluvchilarning aksariyat qismi esa, ayollardan iborat bo’lib, ular uchun mikrokreditlash ayniqsa samarali vositaga aylangan.


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish amaliyotini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari iqtisodiy adabiyotda chuqur tadqiq qilingan.


Mikromoliyalashning kelib chiqish tarixi XIX asrning 40 yillarida Germaniya qishloq xo’jaligida yuz bergan tanglik holatidan (og’ir iqlim sharoitining yuzaga kelishi va hosildorlik bo’lmaganligi) boshlandi va o’sha davrda Fridrix Rayfayzen tomonidan Veyerbush shahrida Evropada birinchi bor “Xlebniy soyuz” o’zaro yordam kassasi tashkil etildi3. XX asrning 50-70 yillarida ijtimoiy-iqtisodiy


3http://www.opora-credit.ru/news/video/detail.php сайти.
rivojlanish darajasi sust bo’lgan mamlakatlarda davlat organlari va donor tashkilotlari kichik va kam ta’minlangan fermerlarga ularning mehnat unumdorligi va daromadlari darajasini oshirish umidida subsidiyalashtirilgan qishloq xo’jalik kreditlari berishni boshlagan. 1970 yillardan so’ng rivojlanayotgan mamlakatlarda kam ta’minlangan aholi qatlamiga kichik hajmdagi kreditlar berish va boshqa maslahat xizmatlari ko’rsatish bo’yicha eksperimentlar o’tkazildi4.

Guruhli kreditlash uslubiyotiga asoslangan birinchi mikrokreditlash dasturi5 Bangladeshda 1976 yilda prof. M.Yunus (Nobel mukofoti sohibi, 2006 y.) boshchiligidagi “Gramin” banki orqali amalga oshirildi va shu yilni mikromoliyalashning tug’ilgan yili, deb nomlash mumkin.


Xalqaro Nobel mukofotining laureati, prof. M.Yunus tomonidan mikromoliyaviy xizmatlarning nazariy, uslubiy asoslari ishlab chiqilgan va Bangladeshning Gramin banki amaliyotiga joriy etilgan6. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatining tub asoslari M.Yunus tomonidan yaratilgan. Uning fikriga ko’ra, nisbatan yuqori foiz stavkalarini aholining o’rta qatlamiga nisbatan qo’llash lozim, kambag’allarga beriladigan mikrokreditlar esa, imtiyozli bo’lishi zarur. Ular mikrokreditlar yordamida kambag’allik balosidan qutuladilar, undan keyin esa, banklar va nobank kredit tashkilotlari ularni o’rta tabaqaga mansub mijozlar bilan umumiy shartlar asosida kreditlashlari mumkin.


M.Yunusning mikromoliyaviy xizmatlar bo’yicha amaliyotga tatbiq etilgan taklifi qo’llanilishi o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida ushbu xizmat turlarini takomillashtirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, mikrokreditlarni asosan aholining kam ta’minlangan qatlamlari oladi. Ularning daromad darajasi past bo’lib, yuqori foiz stavkalaridagi mikrokredit va mikrolizing xizmatlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan. Ikkinchidan, aholining kambag’al qatlamlari va endi tadbirkorlik faoliyatini boshlagan kichik biznes sub’ektlari yuqori likvidli garov ob’ektlariga ega emas. Bu esa, mikromoliyaviy xizmatlar hajmini oshirishga jiddiy to’sqinlik qiladi.


4http://news.bbc.co.uk/hi/russian/international/newsid сайти.
5http://ru.wikipedia.org/wiki/Микрофинансирование сайти.

  1. Юнус Мухаммад, Жоли Алан. Создавая мир без бедности. Социальный бизнес и будущее капитализма. –

М.: Альпина Паблишер, 2009. – С. 90-91.


Jahon tajribasida mikrokreditlashda qo’llaniladigan uslubiyotga ko’ra yakka tartibda kreditlash, odatda, tijorat banklari tomonidan qo’llaniladigan usulning yangi ko’rinishidir. Bu jarayonda olinadigan qarzlar mol-mulk bilan kafolatlanadi, mijozlarning kredit tarixi va ularga berilgan tavsiyalar tekshiriladi, qarz berishda ta’minlanayotgan biznesning hayotiyligi, istiqboli sinchiklab o’rganilgandan so’ng kredit beriladi. Mikrokredit va lombard tashkilotlari mijozlar bilan o’zaro munosabatlarni rivojlantirishga harakat qiladi. Mazkur uslubiyotning odatdagi kreditlashdan farqi unda maslahat berish va o’rgatish kabi vositalarning mavjudligidir. Guruh bo’lib kreditlash uslubiyotiga ko’ra, bank xodimlari tomonidan bajariladigan vazifalar kredit guruhi zimmasiga yuklanadi, uning shakllanishi mikrokredit va lombard tashkiloti xodimining tashabbusiga ko’ra yuz beradi. Guruh mijozlarni o’zi tekshiradi va uning tarkibiga kim kirishi mumkinligini o’zi hal etadi. Guruh a’zolari bir-birining biznesini va kreditni qaytarish imkoniyatlarini baholashadi, kreditlash asta-sekin ko’payuvchi, uncha katta bo’lmagan miqdorda qarz berish yo’li bilan amalga oshiriladi, guruh a’zolarining har biri olingan qarzni qaytarish yuzasidan javobgar bo’ladi, qarzni qaytarish muddati buzilganda yoki to’lanmasa, guruh to qarzini tamoman uzmagunicha navbatdagi kreditni olish imkoniyatidan mahrum etiladi. Amaliyotda nobank kredit tashkilotlarida guruhlarga qarzning hamma qismini berish usuli ham qo’llaniladi va guruh qarzni a’zolariga qay tartibda berishni o’zi hal etadi.

Guruh kafolati asosida kreditlash uslubiyotining o’ziga xos xususiyati, nafaqat, guruhiy nazoratni, balki biznesda guruh a’zolarining birdamligi va hayrihoxligini, o’zaro bir-birini qo’llab-quvvatlashini ta’minlaydi. Shuningdek, ushbu amaliyotni jamiyatning nisbatan kam ta’minlangan qatlamlarida joriy qilish imkonini beradi.


Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida keng miqyosda amalga oshirilayotgan nobank kredit tashkilotlari faoliyati iqtisodiy muammolarni hal etishdagi eng samarali moliyaviy vositalardandir. O’zbekistonda ham o’zining turmush farovonligini yaxshilashga harakat qiluvchi kam ta’minlangan aholi qatlamini qo’llab-quvvatlash bo’yicha ma’lum tajribalar to’plangan. Nobank kredit


tashkilotlari faoliyati ish bilan bandlikni kengaytirishda ayniqsa samaralidir. Moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati odamlarning tadbirkorlik salohiyatini kuchaytiradi. U iqtisodiyot va biznesning shaffofligini oshirish usuli hamdir. Amaliyot ko’rsatishicha, nobank kredit tashkilotlarining rivojlanishi norasmiy kreditlash sektorini qisqartiradi, moliyaviy xizmatdan foydalanish esa mijoz faoliyati shaffofligini oshiradi.

O’zbekistonda mikrokreditlash ilk bor 1998 yilda BMTning Taraqqiyot dasturi (PROON) asosida Qoraqalpog’iston va Qashqadaryoda pilot loyihalarni amalga oshirishdan boshlandi. Bundan maqsad kam ta’minlangan aholi qatlamini va ayollarni oila sharoitida savdo, kichik ko’lamdagi ishlab chiqarish, mikrobiznesni rivojlantirish uchun moliyaviy resurslarga ega bo’lish imkoniyatini kengaytirishdan iborat bo’ldi.


Mamlakatimizda nobank kredit tashkilotlari o’z faoliyati rivojining boshlang’ich bosqichini bosib o’tayotganligi hamda ijtimoiy ahamiyatga egaligini inobatga olib, daromadlari bo’yicha soliqqa tortishning imtiyozli tartibini uzaytirish maqsadga muvofiqdir. Bunga quyidagi omillar sabab bo’ladi:





  • O’zbekistonda nobank kredit tashkilotlari rivojlanishning boshlang’ich bosqichida ekanligi, hozircha ular moliyaviy jihatdan barqaror emasligi, ular faoliyatidan soliq olish davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda katta rol o’ynamasa-da, ushbu tashkilotlar faoliyati rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi;




  • hozirda nobank kredit tashkilotlari resurs bazasi juda zaif bo’lib, uni soliqqa tortish resurslarning yanada qisqarishiga olib keladi va bu mikromoliyalash g’oyasiga putur etkazadi. Vaholanki, nobank kredit tashkilotlari faoliyatining ijtimoiy roli O’zbekistondagi aholi bandligi va demografik vaziyat sohasidagi muammolar sharoitida kuchayib boradi.

Nobank kredit tashkilotlari faoliyatining o’ziga xos jihatlarini inobatga olib hamda Respublikamizda nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish yuzasidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida aniqlangan omillar tahlil qilinib, shuningdek, rivojlangan mamla-katlarning shunday kooperativlarni tashkil qilish tajribalari-dan kelib chiqib, mamlakatimizda nobank kredit tashkilotlarining


faoliyatini tashkil qilish ishlarini jadallashtirishga e’tibor berildi. Birinchi galdagi vazifa bu nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yaratish edi va unga ahamiyat berila boshlandi.

Shu munosabat bilan nobank kredit tashkilotlarini soliq imtiyozlari bo’yicha bo’shayotgan mablag’lardan keyinchalik mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish, operatsion harajatlarini qoplash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun yo’naltirish maqsadga muvofiqdir. Shu o’rinda, banklarga ham o’z vaqtida daromad bo’yicha soliq imtiyozlari berilgan ediki, ular bank sektori qaror topishida muhim rol o’ynagan.


O’zbekistonda mikrokreditlashning me’yoriy-huquqiy asosi 1999 yilda shakllantirildi. Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 29 fevralda 902 va 903-son bilan davlat ro’yxatiga olingan mikrokreditlash tartiblariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 30 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasida mikrokreditlashni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 309-sonli Qaroriga asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini mikrokreditlashni qonuniy-huquqiy bazasi shakllantirildi. Mazkur qonun hujjatlari hozirda o’z kuchini yo’qotgan bo’lsada, mikrokreditlashning shakllanishiga muhim hissa qo’shgan.


Jahon tajribasidan ma’lumki, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mikromoliyaviy xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda tijorat banklariga muqobil ravishda tashkil etilgan nobank kredit tashkilotlari, mikrokredit tashkilotlarining ham o’rni kattadir. Bu borada so’nggi davrlarda keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 15 sentyabrdagi 50-sonli “Mikromoliyalash to’g’risida”gi, 2006 yil 20 sentyabrdagi 53-sonli “Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida”gi Qonunlari va ularga asoslangan holda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan 2006 yil 7 oktyabrdagi №24/4 “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida”gi me’yoriy hujjatlar nobank kredit tashkilotlari uchun zarur huquqiy mexanizmni yaratib, ular sonini tez sur’atlarda o’sishiga xizmat qilmoqda.


Mazkur qonunda mikromoliyalash, mikrokredit, mikroqarz va mikrolizing tushunchalari to’liq ochib berilgan.

Xusuan, mikromoliyalash - mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish to’g’risidagi shartnomaga muvofiq boshqa xizmatlar ko’rsatish borasidagi faoliyatidir. Mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar jumlasiga banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlarini kiritish mumkin.





Yüklə 222 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin