"Moliyaviy yostiqcha" miqdori qanday bo‘lishi kerak?
Har bir oila yoki shaxs uchun "moliyaviy yostiqcha" miqdori farq qiladi. Uning miqdori kamida 3-6 oylik xarajatlarga teng bo‘lishi kerak,
Masalan, bir oila oyiga o‘rtacha 2 mln. so‘m sarf qilsa, moliyaviy yostiqcha kamida 6-12 mln. so‘mni tashkil etishi kerak.
"Moliyaviy yostiqcha" uchun muntazam ravishda qancha pul ajratib qo‘yish zarur?
Aslida zaxirani shakllantirish unchalik qiyin emas, shunchaki, "oylik oldingizmi – avval o‘zingizga pul ajrating" tamoyiliga amal qilishingiz zarur. Oila byudjeti xavfsizligini ta’minlash maqsadida daromadingiz miqdoridan qat’iy nazar kamida uning 15-20%ini tejashni boshlang.
Masalan, bir oila a’zosi 1 million so‘m daromad olsa, u holda oyiga kamida 150-200 ming so‘m tejalishi kerak. Shunday qilib, "moliyaviy yostiqcha" besh-yetti yil davomida asta-sekin shakllantiriladi.
"Moliyaviy yostiqcha" mablag‘larini qanday saqlash mumkin?
"Moliyaviy yostiqcha" mablag‘larini saqlashning muhim mezoni – bu, jamg‘armalarni ilojsiz vaziyatlarda mablag‘larni tezda olish va kerakli miqdorda foydalanish imkonini beradigan usulda saqlash zarur. Shu nuqtai nazardan, "Moliyaviy yostiqcha" mablag‘larini saqlashning quyidagi turlarini ko‘rib chiqishingiz mumkin:
uyda saqlash – bu usulning afzalligi pullarni qo‘l yetadigan joyda joylashganida, ya’ni uydan chiqmagan holda daromadingizdan ajratgan pulingizni qo‘shib qo‘yishingiz mumkin. Biroq, ko‘zda tutilmagan mavjudligini hisobga olishingiz kerak: kutilmagan holatlar (yong‘in, sel va b.), inflyatsiya, boshqa maqsadlar uchun pulni sarflab yuborish ehtimoli va eng muhimi, xavfsizlikning ta’minlanmagani. Agar uyda pul saqlashga qaror qilsangiz, temir sandiq (seyf) sotib olish haqida o‘ylab ko‘ring.
depozit qutichalarida saqlash – pullaringizni saqlash xizmati uchun haq to‘laydigan bankdagi shaxsiy temir sandig‘ingiz (seyfingiz). Ushbu usul har safar bankka borishni talab qiladi: depozit qutisi to‘ldirilganda, siz bank filialiga tashrif buyurishingiz va zaxirani naqd pul bilan to‘ldirishingiz kerak.