Pullarga bo’lgan talab talab va uni tartibga solish usullari


Pullarga bo’lgan talabning nazariy asoslari



Yüklə 48,84 Kb.
səhifə2/4
tarix19.05.2022
ölçüsü48,84 Kb.
#58714
1   2   3   4
Pullarga bo’lgan talab talab va uni tartibga solish usullari.2

Pullarga bo’lgan talabning nazariy asoslari

Pul muomlasini tashkil etishni amalga oshiruvchi, tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi yagona organ, davlatning zaxira va emission muassasasi - O`zbekistan Respublikasi Markaziy banki tashkil etildi, xalqaro standartlar talablariga to`liq javob beradigan O`zbekistan Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda «O`zbekistan Respublikasining Markaziy banki to`g’risida»gi Qonuni qabul qilindi.
Shundan so`ng, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 18 martdagi «Bank tizimini takomillashtirish, pul- kredit munosabatlarini barqarorlashtirish chora- tadbirlari to`g’risida»gi 146-sonli Qarorining ijrosini ta`minlash maqsadida, Markaziy bankning oltin-valyuta zaxiralarini shakllantirish va undan foydalanish bilan bog’liq bo`lgan operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1994 yilning 16 iyundagi «O`zbekiston Respublikasi milliy valyutasini muomalaga kiritish to`g’risida»gi Farmoni asosida 1994 yil 1 iyulidan boshlab o`z milliy valyutamiz «so`m» muomalaga kiritilishi O`zbekiston iqtisodiy
rivojlanishida sifat jihatdan yangi davr - mustaqil pul-kredit siyosati yuritilish, xususan, pul maomlasini tashkil etish va muvofiqlashtirish davrining boshlanishi edi.
Shuningdek, pul muomlasini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishda hozirgi kun amaliyotida O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti va hukumat rahbarlarini diqqat e`tiborida bo`lgan. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 1992 yil 24 iyuldagi №346 sonli “Respublikada kassa muomalalarini tartibga solishning kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlari to`g’risida”gi qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2002 yil 5 avgustdagi №280 sonli “Pul mablag’larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora tadbirlari to`g’risida”gi qarori shular jumlasidandir.
Shuning bilan birga, tovarlarni nakd pulsiz tartibda sotish ustidan monitoringni tashkil etishda savdo tarmoqlari orqali tovarlarni sotish, pul birligini xarid quvvatini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407- son qarori bilan tasdiqlangan ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to`g’risidagi nizom bilan tartibga solina boshlandi. Chakana savdo tashkilotlari tomonidan tovarlarni naqd pulsiz xisob-kitoblar bo`yicha sotish o`tgan oydagi oylik tovar aylanmasi umumiy xajmining 10 foizi doirasida amalga oshirila boshlash mexanizmi joriy eildi.
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 2005 yil 15 apreldagi №57 sonli “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylamani qisqartirish borasidagi qo`shimcha chora tadbirlar to`g’risida”gi qarori talablaridan ko`rishimiz mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi
«Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to`g’risida»gi 56-sonli qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan
«2005-2007 yillarda bank tizimiin isloh qilish va rivojlantirish Dasturi»da asosan pul muomlasini tashkil etish va muvofiqlashtirishni muhim xuquqiy asoslarini yaratishda o`z aksini topdi. Shuning bilan birga, O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 2005 yil 5 avgustdagi №147 sonli “Banklardagi depozit hisob varaqlardan naqd pul to`lovlarini uzluksiz ta`minlash kafolatlari to`g’risida”gi qarorlar chiqarildi.
Yuqoridagi O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning №147 sonli qaroriga asosan O`zbeiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi va 2005 yil 29 avgustda O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining №18/1 sonli va adliya Vazirligini
№1518 son “O`zbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomlasiga doir ishlarni tashkil etish to`g’risida”gi Nizom ishlab chiqildi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006 yil 14 iyuldagi 16/7 sonli “Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi to`g’risida”gi Nizomi va 2008 yil 10 martdagi №300-V sonli “Naqd pul tushumi kelib tushishini xranometrajini o`tkazish tartibi to`g’risida”gi Nizomlar ishlab chiqildi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozni yuzaga kelishi, mustaqil mamlakatlarda pul birliklarini moliyaviy barqarorligini mustahkamash uchun davlatlar zimmasiga qo`shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqishni majbur qildi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimov 2008 yil 27 martda №822 sonli “Naqd pul mablag’larini jalb qilish va unga bo`lgan extiyojni ta`minlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlari to`g’risida”gi qarorini ishlab chiqdi.
Shundan so`ng, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi 9/1-sonli qaroriga asosan “O`zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to`g’risidagi” Nizomlar ishlab chiqilib, mamlakatimizda naqd pulsiz hisob kitob tizimini takomillashtirish mexanizmlari ishlab chiqildi.
1994 yil 1 yanvardan boshlab Hukumatimizning 1993 yil 30 dekabrdagi «Naqd pul muomalasini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g’risida» 613-sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Pul muomalasini mustahkamlash va so`m- kuponning xarid quvvatini oshirish bo`yicha kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlar to`g’risida»gi qaroriga muvofiq chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2001 yil 22 iyundagi №264 sonli “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo`shimcha chora- tadbirlar to`g’risdi”gi qaroriga asosan Markaziy bank pul muomlasini
tashkil etish va samarali mexanizmlarini keng joriy etish orqali bu jarayonni muvofiqlashtirib borish mustahkamlandi. Chunki tijorat banklari zimmasiga nizom talablarini bajarmagan tijorat banklari mas’ul shaxslarga nisbatan ma`muriy javobgarlik xattoki ishdan ozod etishgacha javobgarlik belgilandi.
Pul muomalasi barqarorligini ta`minlash va ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirishni samarali tashkil etish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 iyuldagi
«Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar to`g’risida» 356-sonli Qaroriga ko`ra Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga, mulkchilik shakllaridan qat`i nazar, naqd pullarni ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlar, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni to`lashga, shuningdek, xizmat safari xarajatlari uchungina berilishi belgilandi hamda 1994 yilning 1 avgustidan mehnatga haq to`lash uchun ajratiladigan mablag’lar davlat yo`li bilan tartibga solinishi joriy etildi.
Milliy valyuta muomalaga kiritilgan dastlabki oylardan boshlab respublikada naqd pul emissiyasini qisqartirish va uning muomalada bo`lishini tezlashtirish asosida pul muomalasini mustahkamlashga alohida e`tibor qaratildi. Shu maqsadda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining «Naqd pul muomalasini tezlashtirish chora-tadbirlar to`g’risida» 1994 yil 28 oktyabrdagi 526-sonli Qarorida ushbu vazifalarga oid dasturiy chora-tadbirlar belgilanib amalga oshirildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Naqd pul mablag’lari emissiyasini qisqartirish chora-tadbirlari to`g’risida» 1996 yil 2 iyuldagi 230-sonli Qarori respublikada naqd pul emissiyasi darajasini pasaytirish, respublika mintaqalarida pul muomalasini yaxshilash uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish maqsadida qabul qilindi. Ushbu qaror bilan «Respublika mintaqalarida pul mablag’lari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejalari bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish va ularni rag’batlantirish tartibi to`g’risida Nizom» tasdiqlandi.
2004 yil 24 sentyabrda 445-son bilan qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi qarori doirasida yagona umumrespublika prosessing
markazi tashkil etildi. U savdo tashkiloti yoki xizmatlar sohasiga yoxud plastik kartochka egasiga qaysi bank orqali xizmat ko`rsatilayotganidan qat`iy nazar, bank operatsiyalarini barcha savdo shoxobchalarida yagona rejimda olib borish imkonini beradi. Ayni paytda, Yagona umumrespublika prosessing markazi so`m plastik kartochkalarini muomalaga chiqaruvchi 25 ta tijorat bankni birlashtiradi. Markazda “UZKART” so`m plastik kartochkalari bo`yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar banklararo to`lov tizimi tashkil etilgan.
Pul muomalasi qonunlari va ulardan kelib chiqadigan talablar. Pul massasi va uni tavsiflovchi ko`rsatkichlar.
Pul muomlasini tashkil qilish va tartibga solish bir nechta omillarga asoslanadi:
Ana shunday muhim omillardan biri pul-tovar munosabatlarining mavjudligi hisoblanadi.
Yana bir omil pul mablag’larining tovarsiz harakatlanishi hisoblanadi.
Pul muomlasining meyoriy huquqiy asoslarining mavjudligi.
Pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning mavjudligidir. Odatda pul muomlasini Markaziy bank tomonidan tashkil qilinadi va tartibga solinadi. Lekin pul muomnalasini tashkil qilishda bank tizimining 2-chi pog’onasida turuvchi tijorat banklari rol o`ynaydi.
Pul massasi- yuridik va jismoniy shaxslarga hamda davlatga tegishli bo`lgan naqd va naqdsiz ko`rinishdagi pul mablag’larining yig’indisidir.
Pul multiplikatori – muomaladagi pul massasini qay darajada o`sib yoki kamayib borayotganini ko`rsatadi.
PM – pul multiplikatori
Pul bazasiga quyidagilar kiradi:
Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullarTijorat banklari tomonidan Markaziy bank foydasiga qilingan majburiy zaxira ajratmalari.Markaziy banklar tijorat banklari jalb qilgan resurslarning bir qismini majburiy tartibda olib qo`yadi. O`zbekistonda tijorat
banklarining majburiy zaxira ajratmalari summasini Markaziy bank ularning balansidan olib qo`yadi. AQSHda va Evropada majburiy zaxira ajratmalari summasi tijorat banklarining balansida qoladi.
Pul agregatlari, ularga tavsifnoma va pulni tartibga solish amaliyoti va unga ta`sir qiluvchi omillar.
Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli
– pul muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bo`lgan barcha ijtimoiy tuzumlarga xosdir. Qiymat shakllari va pul muomalasi taraqqiyot yo`lini tahlil qilayotib, K. Marks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan muomala vositasi funksiyasini amalga oshirish uchun kerak bo`lgan pul miqdori aniqlanadi.
Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funksiyasi yordamida tartibga solib turilgan. Agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga oqib o`tishi kuzatilgan yoki aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan. Keyinchalik, muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi ham muomalada pulning ortiqcha miqdori bo`lishini inkor etadi. Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog’oz pullar (xazina biletlari) amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan amalga oshadi.
Qog’oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo`lgan oltin pullarning nazariy miqdoriga teng bo`lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida ko`rsatilgan talab pulning barqarorligini ta`minlaydi, shuningdek, pul muomalasi mavjud bo`lgan barcha ijtimoiy tuzumlarda o`z kuchiga ega.
Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx darajasi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Bu qonunga asosan muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:

Yüklə 48,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin