Pulning muomala va to’lov vositasi sifatida o’rtacha aylanish tezligi. Pul muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo`lgan turli xil omillar ta`sir ko`rsatadi. Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omil – bu tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to`g’ri proporsional, ya`ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko`p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta`sir qiluvchi ikkinchi omil – bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta`sir ko`rsatadi. Odatda, pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: iste`mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko`p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo`ladi;
naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi;
pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur yetkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya`ni inflyatsiya bo`lishiga yoki pul tanqisligiga (yetishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart- sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o`zaro ta`siri bilan, ya`ni xo`jalikning pulga bo`lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko`proq uchraydigan hol bu aylanmada xo`jalikka kerak bo`lganidan ko`proq pulning bo`lishidir. Bu, albatta, pulning qadrsizlanishiga – pul birligi xarid qobiliyatining tushishiga olib keladi.
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o`lchash imkoniyatini beruvchi ko`rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi:
M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya`ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig’i ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi.
M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo`l cheklari. Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi.
M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlar. M2 hisoblashda summasi uncha katta bo`lmagan muddatli va jamg’arma depoztlar olinadi.
M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + jamg’arma sertifikati.
M4 (L- AQSHda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + korporativ obligatsiya + jamg’arma obligatsiyalar + bank aktseptlari + pul bozori o`zaro fondlari paylari.
Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko`ra Markaziy bank pul agregatlarining qisqa muddatli davriy orqalidagi o`sishini e`tiborga olmasligi lozim, chunki pul agregatlarining qisqa davrda o`sishi mavsumiy omillar ta`sisirida bo`ladi. Shuning uchun pul massasining yillik o`sish sur`atlarini nazorat qilish lozim. Pul muomalasining muhim ko`rsatkichi pul massasi hisoblanadi. Pul massasi xo`jalik aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat muassasalariga tegishli xarid va to`lov vositalarining yalpi hajmini o`zida ifodalaydi.
Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davri uchun miqdoriy o`zgarishlarini bilish uchun, shuningdek, pul massasi hajmi va o`sish sur`atlarini tartibga solish bo`yicha tadbirlarni ishlab chiqarish uchun turli xil ko`rsatkichlar ( pul agregatlari) dan foydalaniladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to`plamidan (guruhidan) foydalaniladi:
agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank schyotlaridagi mablag’larni o`z ichiga oladi;
agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg’arma qo`yilmalaridan (to`rt yilgacha) tarkib topgan;
agregati – o`z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit muassasalaridagi jamg’arma qo`yilmalarini kiritgan;
agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli sertifikatlaridan iborat.
AQSH da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Fransiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi.
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan to`g’ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob- kitobi uchun quyidagi pul agregatlari qo`llaniladi.
M-O agregati – naqd pullar;
agregati – M-O agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar (maxsus schyotlar, kapital qo`yilmalar schyotlari, akkreditiv va chek schyotlari, mahalliy byudjet schyotlari, byudjet, kasaba, uyush-malari, jamoat va boshqa tashkilotlarning schyotlari, davlat sug’urta mablag’lari, uzoq muddatga kreditlash fondi) dagi mablag’lar ti-jorat banklariga qo`yilmalar va jamg’arma banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlarning yig’indisiga teng;
agregati – M-1 agregati va jamg’arma banklaridagi muddatli qo`yilmalardan iborat;
agregati – M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom obligatsiyalari yig’indisidan iborat.
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo`lish mumkin, ya`ni pul massasining aktiv qismi – bu pul mablag’larining xo`jalik faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog’liq qismi va ikkinchisi passiv qism – jamg’ar-madagi pullar va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag’ va jamg’armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aktsiyalarini o`z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari
«kvazi» - “qariyb pullar” deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo`lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.
Pul tizimini tartibga solish huquqiy asoslari
Davlatning pul aylanishiga ko`plab omillar ta`sir ko`rsatadi. Pul aylanishi tuzilmasi turli belgilar bo`yicha belgilanadi:
unda pullarning faoliyat yuritishi shakliga qarab. Ushbu belgiga qarab naqd pulsiz va naqd pullik pul aylanishini ajratish mumkin, chunki barcha pul belgilari u yoki boshqa shaklga ega bo`ladi;
ushbu pul aylanishi xizmat ko`rsatadigan munosabatlar tusiga qarab. Bu erda pul-hisob-kitob aylanishi, pul-kredit aylanishi, pul- moliya aylanishi ajratib ko`rsatiladi;
pul mablag’larining harakati yuz beradigan sub`ektlarga qarab. Ushbu tasnif bo`yicha quyidagilar ajratib ko`rsatiladi: pul mablag’larining yuridik shaxslar o`rtasida banklararo, banklarda aylanishi, yuridik va jismoniy shaxslar o`rtasidagi aylanish va, nihoyat, pul mablag’larining faqat jismoniy shaxslar o`rtasidagi aylanishi.
SHunga tegishlicha, iqtisodiyotda qo`llaniladigan pul aylanishi hajmiga ta`sir qiladigan omillarning muayyan guruhini ham ajratish mumkin. Barcha omillarni siyosiy, iqtisodiy va texnik omillarga ajratish mumkin. Tabiiyki, pul aylanishi tuzilmasini shakllantirishning iqtisodiy omillari asosiy ahamiyatga va bevosita ta`sir kuchiga ega bo`ladi. Bunday omillarga iqtisodiyotda ishlatiladigan pullar turlari, pul muomalasi tezligi, tovar aylanishi miqdori va shu kabilar kiradi. Binobarin, mavjud pul aylanishi miqdorlarini vujudga keladigan ehtiyojlarga muvofiq o`zgartirishga yoki pul aylanishining mavjud hajmlarini tovar aylanishining real ehtiyojlariga muvofiqlashtirishga faqat iqtisodiy uslublar vositasida pul aylanishi hajmiga ta`sir ko`rsatadigan ushbu omillar orqali ta`sir qilish mumkin.
Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan bog’liq bo`lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag’lari miqdoridagi o`zgarishlar siyosiy omillar hisoblanadi.
Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta`sir ko`rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni o`tkazish uchun talab etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob-kitobning o`zini amalga oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi. Masalan, bank plastik kartalariga xizmat ko`rsatuvchi texnik vositalarning keng ommalashganligi aholi o`rtasida ushbu to`lov vositasining ommalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul mablag’larining qo`llanilishining oshishiga olib keladi. Naqd pulsiz pul mablag’lari qo`llanilishi chastotasining ko`payishi pul muomalasining umumiy tarkibida naqd pullarning kamayishiga va davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy uslublarining o`zgarishiga olib keladi.
Pul muomalasi – bu pullarning mamlakatning ichki iqtisodiy aylanishi, tashqi iqtisodiy aloqalar tizimidagi, tovarlar va xizmatlarning sotilishiga, shuningdek, uy xo`jaligidagi tovarsiz to`lovlarga xizmat ko`rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi harakatidir. Tovar ishlab chiqarish pul muomalasining ob`ektiv negizi bo`lib, undagi tovar olami tovarlarning ikki turiga: tovarlarning o`ziga va tovar-pullarga bo`linadi. Naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pullar yordamida tovarlar, shuningdek, ssuda va fiktiv kapitallarning muomalasi jarayoni amalga oshiriladi.
Shunday qilib, pul muomalasi jarayonlaridan pul aylanishi tushunchasini ajratib olish mumkin.
Pul aylanishi - naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pul belgilarining uzluksiz harakat jarayonidir. Qiymatning o`zidan ajralganlik hozirgi pul aylanishining o`ziga xos xususiyati hisoblanadi. Boshqacha aytganda, hozirgi pul aylanishi metall pullar muomalasi sharoitidagi kabi qiymatli emas, chunki pul belgisining qiymati nominaldan ancha kam va uning ahamiyati bo`lmasligi mumkin.
Pul aylanishi pul mablag’lari harakatining muayyan yo`llaridan tarkib topadi:
Mablag’larning markaziy bank bilan tijorat banklari o`rtasidagi harakati. Bunday harakat pul mablag’lari emissiyasi jarayonlari va tijorat banklari mablag’larining ¤zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxiralash fondiga ko`chirilishi bilan bog’liq. Tijorat banklarining kreditlash jarayonlari munosabati bilan pul mablag’larining ko`chirilishini ham shunga kiritish mumkin;
Pul mablag’larining tijorat banklari o`rtasidagi harakati. Bu holda ushbu banklarning mijozlariga xizmat ko`rsatish bilan bog’liq pul ko`chirishlar yoki tijorat banklarining o`zaro kreditlashlari nazarda tutiladi;
Firmalar va tashkilotlar o`rtasidagi harakat. Pul mablag’larining ushbu iqtisodiy sub`ektlar o`rtasidagi harakati tovarlar aylanishi va bunday tovarlar aylanishidagi, shuningdek, o`zaro talablarni hisobga olishdagi haq to`lash jarayonlari bilan bog’liq;
Banklar, firmalar va tashkilotlar o`rtasidagi harakat. Pul mablag’larining ushbu sub`ektlar o`rtasidagi harakati asosan kreditlash va qarz majburiyatlarini hisobga olish operatsiyalari, shuningdek, pul mablag’larini saqlash va ko`chirishga doir operatsiyalar bilan bog’liq;
Banklar va aholi o`rtasidagi harakat. Pul mablag’lari iste`molchilik kreditini berish va pul mablag’larining aholining daromadlarini saqlash va ko`paytirish maqsadlaridagi harakatiga doir faol jarayon sababli ko`chiriladi;
Firmalar, tashkilotlar va aholi o`rtasidagi harakat. Pullar harakatining bu yo`li mablag’larning tovar aylanishi operatsiyalariga haq to`lash va uy xo`jaliklarining xodimlar mehnatiga haq to`lashi munosabati bilan ko`chib yurishidan iborat bo`ladi;
Banklar va moliya institutlari o`rtasidagi harakat. Pul mablag’larining ushbu iqtisodiy munosabatlar sub`ektlari o`rtasidagi harakati o`zaro kreditlash operatsiyalari va iqtisodiy foyda olishga yoki uchinchi sub`ektlarning muayyan operatsiyalarini rasmiylashtirishga yordam beruvchi boshqa moliyaviy harakatlar doirasida amalga oshiriladi;
Moliya institutlari va aholi o`rtasidagi harakat. Pul mablag’larining bu holdagi harakati aholining, odatda, o`z daromadlarini ko`paytirish maqsadida muayyan moliya operatsiyalarini bajarishi bilan bog’liq;
Jismoniy shaxslar o`rtasidagi harakat. Pul mablag’lari harakatining bu yo`li eng sezilmaydigan, lekin pul mablag’larining qayta taqsimlanishi tizimidagi eng muhim yo`llardan biri hisoblanadi, chunki u mablag’larning aholi o`rtasida ko`chib yurishidan iborat. Odatda, bunday ko`chib yurishning maqsadi maishiy masalalarni hal etish va o`z oilasi a`zolari farovonligining muayyan darajasini tutib turishdir.
Siyosiy iqtisod matematik maktabining yirik vakili, Xalqaro iqtisodiy jamiyat asoschilaridan biri va uning birinchi prezidenti (1931-1933) Irving Fisher (1867-1947) pullarning miqdoriy nazariyasini zamonaviylashtirishga katta hissa qo`shdi. U «Pullarning xarid qilish kuchi. Uning belgilanishi va kredit, foizlar va tanazzullarga munosabati» asarida (1911) pullar massasi bilan tovarlar narxlari darajasi o`rtasidagi bog’liqlikni formallashtirishga harakat qilgan. Tovarlar uchun to`langan pullar soni va sotilgan tovarlar narxlari summasi teng bo`lgani uchun buni I.Fisher tarozi bilan o`xshatmoqchi bo`ladi.
Matematik shaklda ayirboshlash tenglamasini quyidagi formula shaklida tasavvur etish mumkin:
M V = åPQ,
bunda: å – (Expenditure) – pul muomalasining umumiy hajmi, ya`ni mazkur jamiyatda shu yil davomida tovarlarni sotib olish uchun sarflanadigan pullar summasi; M (Money) – ushbu jamiyatda yil
davomida muomalada yurgan pullarning o`rtacha miqdori;
V = åPQ
M
(Velocity) – ne`matlarga ayirboshlashdagi pullar aylanishlarining o`rtacha soni; P – (Price) – ushbu jamiyatda sotib olinadigan har qanday alohida tovarning o`rtacha sotish narxi; Q – (Quantity) – tovarlarning jami xarid qilingan soni.
Fisher formulasi oltin tangali standart sharoitida to`g’ri bo`lmaydi, chunki u pullarning ichki qiymatini hisobga olmaydi. Biroq oltinga almashtirilmaydigan qog’oz pullar muomala qiladigan sharoitda u muayyan mazmun kasb etadi. Bunday sharoitda pul massasining o`zgarishi, garchi I.Fisher tovarlar narxlarining mutloq elastikligini nazarda tutib, narx mexanizmini ma`lum ma`noda ideallashtirsa-da, lekin tovarlar narxlari darajasiga ta`sir ko`rsatadi. Boshqa neoklassiklar kabi Fisher ham mukammal raqobatchilikka asoslanadi va o`z xulosalarini monopoliyalar hukmronlik qiladigan va narxlar oldingi elastikligini jiddiy yo`qotgan jamiyatga tegishli deb biladi.
Ko`pgina hozirgi iqtisodchilar ayirboshlash tenglamasini bir xillik, ya`ni MV=PQ sifatida tavsiflashadi. Gap shundaki, bu tenglama D – T ayirboshlash harakatini tovarlarning jami massasiga daxldor deb ifodalashga urinadi, ya`ni tovarlar sotib olingan pullar summasi sotib olingan tovarlar narxlari summasiga teng (bir xil). Bu tavtologiyadir va shuning uchun ayirboshlash formulasi narxlarning umumiy (mutloq) darajasini izohlash uchun xizmat qila olmaydi.
Miqdoriy nazariya tarafdorlarining faraz qilishicha, ayirboshlash formulasi mutloq kattalikni EQo ni izohlaydi (ayni bir vaqtda talab va taklif mexanizmi undan nisbiy tebranishlarni izohlaydi).
Fisher va uning izdoshlari shunday nuqtai nazarga amal qilishgan. Ular pullarning aylanish tezligi (V) va ishlab chiqarish darajasi (Q) muomalada yurgan pullar miqdoriga (M) va narxlar darajasiga (P) bog’liq bo`lmasligini asoslashga urinishgan. Ular pullarning aylanishi tezligi avvalo demografik (aholining zichligi va hokazo) va texnik (transport vositalarining soni va sifati va hokazo) parametrlarga bog’liq bo`ladi, deb faraz qilishgan. Ishlab chiqarish darajasi esa asosan mehnat bozorida yuzaga kelayotgan shart- sharoitlar bilan belgilanib, narxlar darajasi va muomalada yurgan pullar soniga bog’liq bo`lmaydi. Shubhasiz, bozor xo`jaligi hukmronlik qiladigan sharoitda bunday qoidalar yaqqol noreal tus kasb etadi.
K.Marksning muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini aniqlash formulasi.
Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli
- pul muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bulgan barcha ijtimoiy formatsiyalarga xosdir. Qiymat shakllari va pul muomalasi taraqqiyot yo`lini tahlil qilayotib, K.Marks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan momala vositasi funksiyasini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan pul miqdori aniqlanadi. Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funksiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga oqib o`tishi kuzatilgan va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan. Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi muomalada pulning ortiqcha miqdori bo`lishini inkor etadi.
Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog’oz har (xazina biletlari) amal qilsa, u xolda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan amalga oshadi.
Qog’oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo`lgan oltin pullarning miqdoriga teng bo`lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida ko`rsatilgan talab pulning barqarorligini ta`minlaydi, shuningdek pul muomalasi mavjud bo`lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o`z kuchiga ega.
Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narxi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi.
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo`lgan turli xil omillar ta`sir ko`rsatadi. Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga
ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to’g’ri proporsional, ya`ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko`p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta`sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta`sir ko`rsatadi. Odatda pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini boshqarishda shu muhim omillarga alohida e`tibor berilishi zarur. Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir.
Bular:
iste`mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko`p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo`ladi;
naqd pulsiz xisob - kitoblarning rivojlanishi;
pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini xisobga olgan xolda ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur yetkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya`ni inflyatsiya bo`lishiga, yoki pul ocharchiligiga (yetishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart- sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o`zaro ta`siri bilan, ya`ni:
Xo’jalikning pulga bo`lgan ehtiyoji va amadda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko`prok uchraydigan hol bu oborotda xo’jalikka kerak bo`lganidan ko`proq pulning bo`lishidir. Bu albatta, pulning qadrsizlanishiga - pul biriligining xarid qobiliyatining tushushiga olib keladi.
Pul muomilasi qonunlarining buzilishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan bog’liq bo`lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag’lari miqdoridagi o`zgarishlar siyosiy omillar hisoblanadi.
Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta`sir ko`rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni o`tkazish uchun talab
etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob-kitobning o`zini amalga oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi. Masalan, bank plastik kartalariga xizmat ko`rsatuvchi texnik vositalarning keng ommalashganligi aholi o`rtasida ushbu to`lov vositasining ommalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul mablag’larining qo`llanilishining oshishiga olib keladi. Naqd pulsiz pul mablag’lari qo`llanilishi chastotasining ko`payishi pul muomalasining umumiy tarkibida naqd pullarning kamayishiga va davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy uslublarining o`zgarishiga olib keladi.
Pul muomalasining tezligi pul aylanishining muhim tavsifnomasi hisoblanadi. Bu shu bilan bog’liqki, muayyan vaqt davomida (masalan, yil davomida) har bir pul birligi aylanishining soni qanchalik ko`p bo`lsa, iqtisodiyotning normal faoliyat yuritishi uchun zarur bo`lgan pul mablag’larining miqdori shunchalik kam bo`ladi. Amalda pul massasi muomalasining tezligi daromad muomalasining tezligini ko`rsatadi.
Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo’lib sifati ham o’zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo’jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo’lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan, pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan, - ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog’ining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalq xo’jaligining turli sohalari o`rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalambor jamg’arma va iste`mol o’rtasidasidagi talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo`lgan talabi o`rtasidagi nomutannosibliklardan iboratdir. Pul muomalasining muhim ko`rsatkichlaridan biri bu pul massasi - naqd va naqd pulsiz pullarning umumiy hajmi. Pul muomalasini nazorat qilish mamlakat iqtisodiy siyosatining eng muhim tarkibiy qismidir, chunki zamonaviy jamiyatda pul nafaqat to`lov vositasidan ko`ra ancha muhim rol o`ynaydi, bu mamlakatdagi iqtisodiy faoliyat darajasiga bevosita ta’sir qiladi.
Elektron pul mablag’lari(EPM) deb avval majburiyatli shaxsga (elektron pul o`tkazmalari operatoriga) taqdim etilgan mablag’lar tushunilishi kerak, bu haqda ma’lumotlar bank hisob raqamini ochmasdan yoziladi.
EPMni elektron to`lov vositalari (ETV) orqali amalga oshirish mumkin, bu pul o`tkazmalari operatori mijoziga maxsus texnologiyalar va axborot tashuvchilaridan foydalangan holda pul o`tkazish uchun buyurtmalar tuzish, tasdiqlash va uzatish imkoniyatini beradigan usul.
ETV tufayli EPM naqd va naqd pulsiz mablag’larga aylanadi va aksincha. Elektron pulni o`tkazish uchun ular operatorga jismoniy shaxslar tomonidan naqd va naqdsiz shaklda, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - faqat bank hisobvarag’idan foydalangan holda taqdim etiladi. EPM tarjimasi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar o`rtasida taqiqlanadi. U bir vaqtning o`zida bir nechta yoki bir nechta operatorlar orqali to`lovchining elektron pul balansidagi mablag’larni hisobdan chiqarish va qabul qiluvchining balansini ko`paytirish orqali amalga oshirilishi mumkin, ammo elektron to`lov vositalaridan foydalanishning oflayn rejimiga ham ruxsat beriladi. Bunday holda, elektron pulni oluvchi har kuni amalga oshirilgan operatsiyalar to`g’risida ma’lumotni hisobga olish uchun elektron pul operatoriga uzatishi shart.
Elektron pul operatori mijozga elektron pul qoldig’ini ko`paytirish uchun qarz berishga haqli emas. U mablag ‘qoldig’iga foizlarni hisoblay olmaydi yoki mijozga biron bir haq to`lay olmaydi.
Elektron pul mablag’larining qoldig’ini mijoz - jismoniy shaxs, agar qonuniylashtirish va jinoyatlardan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish to`g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanmagan bo`lsa, to`lay olmaydi. Ushbu mablag’larni faqat uning bank hisob raqamiga o`tkazish mumkin. Agar mijoz aniqlansa, u 100 ming so`mdan oshmaydigan elektron pul qoldig’ini yoki naqd xorijiy valyutadagi unga teng keladigan miqdorni olish huquqiga ega.
Mijoz - yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning elektron pul mablag’lari (yoki uning bir qismi) qoldig’i faqat uning buyrug’i bilan uning bank hisob raqamiga o`tkazilishi yoki o`tkazilishi mumkin.
Har bir mamlakat amaliyotida elektron pul uchun majburiy ravishda garovga olish ko`zda tutilgan.
Pul mablag’larini bank hisobvaraqlari orqali o`tkazmasdan, ularni ochmasdan amalga oshirish mumkin. Birinchi holda, pul o`tkazmalari amalga oshiriladi. To`lovchilarning bank hisobvarag’idagi mablag’larni hisobdan chiqarish va mablag’ oluvchilarning EPM qoldig’ini oshirish orqali. Ikkinchisida - to`lovlarni amalga oshiruvchi - jismoniy shaxsning buyrug’i bilan naqd pulni qabul qilish (berish) orqali bank hisobvaraqlarini ochmasdan, natijada pul mablag’larini oluvchining EPM balansida o`sish (pasayish) va to`lovchining EPM balansida teskari o`zgarish bo`ladi.
Bank kartalari yordamida to`lovlar
Elektron pul o`tkazmalari tizimida bank kartalari yordamida hisob-kitoblar alohida o`rin tutadi. Banklar tomonidan chiqarilgan bank (plastik) kartalari hisob-kitobning qulay shakli hisoblanadi.
Bank kartasi - bu bank hisobvarag’i egasining shaxsini tasdiqlovchi va tovar va xizmatlarni naqd pul ishlatmasdan sotib olish yoki naqd pul olish huquqini beruvchi shaxsiy pul hujjati. Bank kartalari dunyosidagi barcha xilma-xillik bilan ularni ma’lumotlarni yozish usuli bo`yicha tasniflash mumkin: magnit chiziq va mikroprotsessor bilan. Magnit chiziqli kartada maxsus ma’lumotlar kodlangan shaklda yoziladi: karta raqami, amal qilish muddati, egasining familiyasi, ismi va otasining ismi, maxsus kod (PIN-kod) qo`llaniladi. Bunday kartalar ko`pgina to`lov tizimlarining asosini tashkil etadi.
Keyinchalik ishonchli va ko`p funksional bo`lgan smart-kartalar moliyaviy hisob-kitoblarda tobora keng tarqalmoqda.
Mikroprotsessor kartasini yaratish yo`lidagi navbatdagi qadam "elektron hamyon" larning paydo bo`lishi bo`lib, ular ma’lum pul qiymatini o`z ichiga olgan o`rnatilgan mikroprotsessorga ega plastik kartalardir. Shuningdek, kredit va debet bank kartalari mavjud.
Kredit bank kartasi uning egasiga emitent tomonidan taqdim etilgan kredit liniyasi miqdorida va emitent tomonidan tovar va
xizmatlar uchun to`lovlarni to`lash va (yoki) naqd pul olish uchun belgilangan xarajatlar chegarasi doirasida operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beradi.
Debet yoki to`lov kartasi egasiga tovar va xizmatlar uchun to`lovlarni to`lash yoki naqd pul olish uchun emitent tomonidan belgilangan kredit (xarajatlar) chegarasi doirasida hisobvarag’idagi mablag’larni tasarruf etish huquqini beradi. Kredit tashkilotlari (banklar) plastik kartalar bilan ishlashda emissiya va ekvayring kabi faoliyatni amalga oshiradilar.
Emissiya faoliyati plastik kartalarni chiqarish va ular to`g’risidagi ma’lumotlar bazasini yuritishdan iborat.
Ekvaynerlik faoliyati bank kartalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan operatsiyalar bo`yicha savdo va xizmat ko`rsatish korxonalari bilan hisob-kitob qilish hamda naqd pul olish orqali amalga oshiriladi ushbu kredit tashkilotining mijozi bo`lmagan karta egalari.
Bank kartasidan foydalangan holda to`lovlarni amalga oshirish uchun siz maxsus bank hisob raqamini ochishingiz kerak. Hisob- kitoblarni amalga oshirishda bank-emitent elektron kartochkalar asosida hisobvaraq-fakturani karta egasiga taqdim etadi va debet karta bilan avtomatik ravishda joriy hisobvarag’idan talab qilinadigan summani hisobdan chiqaradi va kredit karta bilan bank egasiga kredit beradi yoki to`lovni oladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning foydali shakli bu korporativ bank kartasi bo`lib, uning egasiga yuridik shaxs hisobvarag’ida operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradi. Bunday kartaning egasi, qoida tariqasida, tashkilotning hisobvarag’ida operatsiyalarni amalga oshirishga vakolatli bo`lgan xodimidir.
Korporativ bank kartalari ikki xil: hisob-kitob korporativ va kredit.
Hisob-kitob korporativ kartasi uning egasiga, yuridik shaxs tomonidan vakolat berilgan, mijoz bilan tuzilgan bitim shartlariga muvofiq, yuridik shaxsning hisob raqamidagi mablag’larni sarflash chegarasi doirasida tasarruf etishiga imkon beradi.
Korporativ kredit karta yuridik shaxs tomonidan vakolat berilgan egasiga, ruxsat berilgan bitimlar ro`yxatiga binoan, mijoz bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq emitent tomonidan taqdim etilgan kredit liniyasi miqdorida va emitent tomonidan belgilangan
xarajatlar chegarasi doirasida operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradi.
Korporativ bank kartasini olish uchun tashkilot emitent bankda hisob raqamini ochishi va bank kartasi yordamida hisobvaraq bo`yicha hisob-kitoblarni nazarda tutadigan shartnoma tuzishi kerak.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan to`lov tizimini isloh qilish mamlakat uchun yangi bo`lgan to`lov shakllari va usullaridan foydalanishni kengaytirishni o`z ichiga oladi.
XULOSA
Pulga bo`lgan talab mamlakat pul aylanmasi asosida aniqlanadi. Pul talabi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, aholi, davlat tashkilotlari olib boradigan naqd pullik va naqd pulsiz aylanma uchun zarur pul miqdori asosida aniqlanadi. Pulga bo`lgan ehtiyoj xo`jalik sub`ektlari - ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar o`rta-sida bo`ladigan pullik jarayonlarning ko`lamiga va tezligiga bog’liq. Pulni qo`llash yo`li bilan bajariladigan jarayonlarning ko`lami qancha keng bo`lsa, pulga bo`ladigan talab shuncha ko`p bo`ladi. Agar pul bilan bog’liq operatsiyalar tez bajarilsa, pulga bo`lgan talab shuncha kam bo`ladi demak, muomalaga kam pul chiqarish kerak bo`ladi.
Pulga bo`lgan taklif va talabning tengligi pul muvozanatini bildiradi. Pulga bo`lgan taklif, unga bo`lgan talabdan oshmasa pul barqaror deb xulosa qilish mumkin, aksincha bo`lsa, pulning qadri tushib ketadi va puldan qochish jarayoni boshlanadi. Amaliyotda pulni jamg’argandan ko`ra uni tovarlarga aylantirib qo`yish yoki boshqa bir qadrliroq valyutani jamg’arish qulay bo`lib qoladi.
Pulning barqarorligini ta`minlashning asosiy yo`nalishlari-dan yana biri byudjet taqchilligining bo`lmasligidir. Davlat byudje-ti xarajatlarining daromadlaridan oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan byudjet taqchilligi muomalaga tovarlar bilan ta`min-langan pullar chiqarish hisobidan qoplanadi. Bu tadbir muomalada ta`minlangan pulning ko`payishiga, oqibatda pul qadrining tushib ketishiga olib keladi. SHuning uchun har bir mamlakat pul taqchil-ligi bo`lmasligiga yoki uning salmog’i sezilarsiz bo`lishiga erishishi kerak. Pulning barqarorligini ta`minlashning yana bir yo`nalishi bu oltin va valyuta zaxiralarining mavjudligi va ularning ko`payishidir. Oltin valyuta zaxiralarining salmog’i qancha ko`p bo`lsa, pul shuncha barqaror bo`lishi mumkin.
Milliy valyutani mustahkamlashning yana bir sharti – inflyatsiya-ga qarshi puxta o`ylangan siyosat yuritishdir. Muomalaga chiqarilgan har bir so`m muayyan miqdordagi tovar va xizmatlar bilan ta`min-langan bo`lishi zarur. Ichki bozorimizni tovarlar bilan to`ldirish, aholiga xizmat ko`rsatishning sifati va turlarini oshirish ham mil-liy valyutaning barqarorligini ta`minlashning asosi hisoblanadi.