Pulning mohiyati, paydo bo’lishi va xususiyatlari



Yüklə 20,49 Kb.
tarix30.12.2021
ölçüsü20,49 Kb.
#49466
bank ishi


22-variant

  1. Pulning mohiyati, paydo bo’lishi va xususiyatlari

Ma’lumki, pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning uzoq vaqt rivojlanishi natijasida vujudga keldi. R.Kruzo ta’kidlaganidek, faqat tovar ishlab chiqarish bor joyda pul kerak, yakka odamga pulni keragi yo’q. Pulni tovar ayirboshlashni o’zi yaratdi.Birinchi yirik mehnat taqsimoti, ya’ni chorvachilikdan dehqonchilikni  ajralib chiqishi va shu munosabat bilan tovar xo’jaligining rivojlanishi tufayli maxsulot qiymatining ifodasi bo’lmish pulni keltirib chiqardi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, tovar turlarining ko’payishi almashuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o’zaro muloqotda bo’lib, tovarning egasi o’z maxsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o’lchov birligi bo’lishini taqozo qilgan. Tovar muomalasining ekvivalent rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o’ynagan. Har bir jamoa o’z tovarini ekvivalent sifatida o’rtaga qo’ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti  shu tovarlar ichidan pulni tovarlarning tovari deb e’tirof etgan.

Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Bu ta’rif pulni quyidagi xususiyatlarini o’zida ifodalaydi:

Pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi.

Pul – bu umumiy ekvivalent – yagona tovar bo’lib qolgan tovarlar qiymatini o’zida ifoda qilishi.

Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarni o’zida ifoda qilishi.

 Pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda  kishilar o’rtasidagi yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni   ifoda qilishi va boshqalar (pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat    ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’lishi).

Pulning muhim xususiyati shundaki, pul ham boshqa tovarlar singari qiymatga  va iste’mol qiymatga ega bo’lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar va xizmatlar

         Pulning iste’mol qiymati shuki u o’z funksiyasini   bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida).Pulning qiymati  (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati, ya’ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi.        Pulni qiymati metal pulni  zabt etish yoki qog’oz pulni bosib chiqarish xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomalaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga bog’liq, narxlar ko’tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha. Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo’lib hisoblanadi. Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog’liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo’lib kelgan  va shunday bo’lib qoladi. Taniqli davlat arboblaridan biri ta’kidlaganidek, «Davlatni o’rni uni qancha soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan belgilanadi». Bunga shuni qo’shimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqi unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan maxsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi. Yaxshi ishlayotgan pul tizimi jamiyatning barcha imkoniyatlaridan to’liq foydalanish imkoniyatini beradi, aksincha yomon ishlayotgan  pul tizimi  pul  muomalasini izdan chiqarib ishlab chiqarish darajasidagi keskin pasayishlar, iqtisoddagi bandlikka  va bahoga, pulni sotib olish qobiliyatini pasayishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.Tarixiy manbalarga ko’ra birinchi qog’oz pullar XII – asrda Xitoyda chiqarilgan. Shuning bilan birga 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar Buxoro davlatida qog’oz pullardan foydalanilgan.Umuman tarixda birinchi tangalar VII – asrda kichik Osiyodagi Lidiya  mamlakatida zabt etilgan. K.Marks, A.Smit va D.Rekrdolarning tadqiqotlariga tayangan holda pulni vujudga kelish jaryonini qiymatning quyidagi shakllari bilan bog’laydi:



  1. Pul tizimi va uning elementlari. Pul tizimining turlari.

Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomilasini qonuniy va

mutonosib ravishda tashkil qilishda qullaniladigan uslublar mujmuasi tushuniladi.

Xozirgi pul tizimi XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi munosabati bilan shakllangan, biroq uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan.

Pul tizimi quyidagi asosiy elementlari o’z ichiga oladi.


Pul birligi, so’m, rubl va boshqalar.


Baho masshtabi-dastlab u pul birligining oltinga teng qismi sifatida, hozir jahon pullariga nisbati.


Pulning turlari. Šiymatni o’zida ifodalanishiga ko’ra pullar ikki turga xaqiqiy va xaqiqiy pulni o’rnini bosuvchi pullarga bo’linadi.


Xaqiqiy pullar nominal qiymatini uzida ifodalovchi real qiymatga ega bo’lgan metal pullar bo’lib ular har xil shakllarda chiqarilgan. Šoђoz pullar xaqiqiy pullarning vakili bo’lib pulning muomila funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.

Umuman pullar qo’yidagi turlarga bo’linadi

1. Šoђoz pullar

2. Kredit pullar. Kredit pullar qoђoz pullardan farq qilib ular bir vaqtni o’zida qiymatni ifodalaydi va u kredit xujjat bo’lib, kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarga davlat banki biletlari, veksel, banknot, chek, kredit kartochkasi va boshqalar kiradi.

3. Tangalar asosan nekel va bronzadan tayyorlanadi. Tarixiy ma’lumotlarga kura birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, VII asrlarda xozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiyev rusida zarb kilingan. Dastlab tangalar oltindan, keyinchalik ular boshqa metallda zarb kilingan.



  1. Hujjatlashtirilgan akkreditivlarning turlari

Hujjatli akkreditivlar xalqaro savdoda tovarlarni import  va eksport qiluvchilar uchun hisob-kitob olib borishning nisbatan ishonchli usuli hisoblanadi.

Hujjatli akkreditiv bu — agar akkreditiv hujjatlarida sotuvchi tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lsa, akkreditiv (bank-emitent)ni ochgan bankning belgilangan mablag‘ni xaridor nomidan sotuvchiga to‘lab berish majburiyati.

Bank akkreditivni kontrakt shartlari asosida tuzilgan xaridor (import qiluvchi) ko‘rsatmalariga binoan ochadi. Tovarni import va eksport qiluvchilar shuni bilishlari kerakki, akkreditivlar xususiyatiga ko‘ra, o‘zi bilan birga oldi-sotdi shartnomasi yoki boshqa shartnomalardan tashqari alohida kelishuvni taqdim qiladi. Akkreditivni bajaish bo‘yicha bank majburiyatlari akkreditiv hujjati matnining o‘zida qat’iy belgilangan.

Hujjatli akkreditivning ishlash prinsipi

Eksportchi va importchi bitim tuzadi.

Tovarlar importchisi bank-emitentga akkreditivni ochish uchun ariza beradi.

Bank-emitent avizo qo'yuvchi bank uchun akkreditivni chiqaradi. Avizo qo'yuvchi bank eksportchi uchun akkreditiv uchun avizo qo'yadi.

Eksportchi molni import qiluvchiga va hujjatlarni avizo qo'yuvchi bankga yuboradi.

Avizo qo'yivchi bank hujjatlarni bankka-emitentga jo'natadi.

Bank-emitent avizo qo'yuvchi bankka to'lovni amalga oshiradi. Avizo qo'yuvchi bank eksportchiga to'lovni amalga oshiradi.



Bank-eminent mijoziga - tovarlar importchisiga hujjatlarni jo'natadi.


Yüklə 20,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin