Misoldan ko`rinib turibidiki Python manfiy indeks bo`yicha chiqarishga ruxsat etadi, lekin hisoblash qator oxiridan boshlanadi. Satrdan qism ajratib olishni uning oxiridan boshlash uchun manfiy indeks ishlatiladi.
Satrdan qism ya’ni kesma ajratib olish.Satrdan bir nechta elementdan tashkil topgan qismini ajratib olish mumiin. Buning uchun ajratilayogan qismining boshlang’ich elementining satrdagi o’rni va oxirgi elementining satrdagi o’rni olinadi. Ularni bildirgan sonlar orasiga: belgisi qo’yilgan holda kvadrat qavs ichiga yoziladi. Kesmani ajratib olish operatori:[X:Y].
X- kesmaning boshi, Y esa –oxiri. Y raqamli belgi kesmaga kirmaydi. Jimlik holatida birinchi indeks 0 ga teng, ikkinchi indeks esa qator uzunligiga teng bo`ladi.
Bundan tashqari kesmani ajratib olishda qadamni belgilash mumkin:
Pythonda satr bilan ayrim amallarni bajarish uchun maxsus funksiyalar bor. Ularning soni ancha ko’p, hammasini eslab qolish esa qiyin. Shuning uchun kerakli fuksiyani manbadan tanlab foydalangan ma’qul. Hozir esa shulardan ba’zilarini ko’rib chiqamiz.
Metodlarni chaqirganga Pythondagi satrlar o`zgarmaydigan ketma-ketliklar darajasiga kirishini inobatga olishimiz kerak. Bu degani hamma funksiyalar va metodlar faqat yangi satrni tuzishi mumkin.