Ro’yxatdagi elementlarni for siklidan foydalanib ham tanlab olish mumkin. For sikli haqida batafsil alohida mavzuda bilib olasiz. Hozir esa bu sikl bilan elementlarni qanday ekranga chiqarishni ko’rib oling:
mashina = ["Audi", "Mustang", "Ferrari"] for x in mashina: print(x)
Audi Mustang Ferrari
Elementning mavjudligini tekshirish
Biror elementning ro’yxatda mavjudligini tekshirish uchun in operatoridan foydalaniladi. Hozir ro’yxatda nok borligini tekshiramiz:
meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"] if "nok" in meva: print("Ha, nok bor") else: print("Nok yo'q")
Ro`yxatning funksiya va metodlari
Ro`yxatni yaratgandan so`ng uning ustida turli amallarni bajarish kerak bo`ladi, albatta, buning uchun esa Pythonni o`ziga kiritilgan bir qancha funksiya va metodlar bor.
Keling list ya’ni ro`yxatda metodlarni qo`llanilishini misollar yordamida ko`rib chiqamiz.
Ro’yxat uzunligi
Ro’yxatda nechta element borligini aniqlash uchun len() funksiyasi ishlatiladi.
meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"] print(len(meva))
Element qo’shish
append() funksiyasi bilan ro’yxat oxiridan yangi element qo’shish mumkin: