Manfiy indeks sanoq oxiridan boshlanishini bildiradi. Masalan, -1 eng oxirgi, -2 oxiridan ikkinchi element va hokazo.
Quyidagi dasturimiz ishga tushsa, oxirgi element ekranga chiqadi:
mashina = ["Audi", "Mustang", "Ferrari"] print(mashina[-1])
Ferrari
Indeks oralig’i
Ro’yxatning ma’lum bir qismidagi bir nechta elementni tanlab olish uchun o’sha indekslar oralig’ini kiritamiz. Bunda uning boshlanish va oxirgi nuqtalari kiritiladi. Element tanlashda oxirgi nuqta hisobga kirmaydi. Ya’ni boshlang’ich nuqtadan boshlanib oxirgi nuqtadan bitta oldingi elementgacha olinadi. Hozir biz ro’yxatdan ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi elementlarni tanlab olamiz:
meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"] print(meva[1:4])
['banan', 'apelsin', 'nok']
Agar indekslar oralig’ida boshlang’ich nuqtani olib tashlasak, tanlash ro’yxat boshidan boshlanadi. Agar oxirgi nuqatani olib tashlasak, tanlash ro’yxat oxirigacha davom etadi. Quyidagi kodimizda avval ro’yxat boshidan uchinchi elementgacha , so’ngra, ikkinchi elementdan ro’yxat oxirigacha bo’lgan elementlarni ekranga chiqaramiz:
List ro’yxatidagi istalgan element qiymatini o’zgartirish mumkin. Buning uchun uning indeksi orqali murojaat qilib, yangi qiymatni biriktiramiz. Hozir ro’yxatdagi birinchi elementni o’zgartiramiz: