Ikki yoki undan ortiq tuple larni o’zaro qo’shish uchun “+” operatori kifoya:
a = ("kitob", "daftar", "ruchka") b = ("qalam", "qog'oz") c = a + b print(c)
count() va index()
count() funksiyasi belgilangan qiymatga teng elementlar sonini aniqlaydi.
index() funksiyasi belgilangan elementning indeksini aniqlaydi. Agar bunday elementlar bir nechta bo’lsa, faqat birinchisining indeksini aniqlaydi.
Hozir kortejda nechta 3 soni borligi va uning indeksini aniqlaymiz:
toq_son = (1, 3, 5, 3, 3, 7) x = toq_son.count(3) print(x) y = toq_son.index(3) print(y)
3 1
Set (to’Plam)
Pythonda to’plamlar bilan ishlash uchun maxsus set deb nomlanuvchi ro’yxat turi mavjud. Pythondagi to`plam- tasodifiy tartibda va takrorlanmaydigan elementlardan tashkil topgan
“konteyner” deyiladi. To’plam elementlari tartiblanmagan va indekslanmagan tarzda bo’ladi.
To’plamni hosil qilish uchun maxsus qavslardan foydalaniladi. Yoki set() konstruktori ishlatiladi:
toq_son = {1, 3, 5, 7, 9} print(toq_son) juft_son = set((2, 4, 6)) print(juft_son)