Kortejlar bir nechta ob’yektlarni birgalikda saqlashga xizmat qiladi. Ularni ro’yxatlarga o’xshatish mumkin. Lekin ular ro’yxatlar kabi boy funksionallikka ega emas. Ularning asosiy jihati qatorlarga o’xshab o’zgarmasliklaridir. Kortej- elementlar orasini vergul bilan ajratish orqali hosil qilinadi. Kortejga ma’no jihatdan o`zgarmas ro`yxat deb ta’rif berdik. Shu o`rinda savol tug`iladi. Ro`yxat bo`lsa kortej nimaga kerak:
Turli holatlardan himoyalanish. Bu degani kortej o`zgartirishlardan himoyalangan bo`ladi, rejali (bu yomon) va tasodifiy (bu yaxshi) o`zgarishlardan xalos bo`ladi.
Kortej afzalliklari haqida bilib oldik. Endi kortej bilan qanday ishlashni ko`ramiz. Bu xuddi ro`yxatlar bilan ishlashga o`xshaydi.
Tuple ro’yxati tartiblangan, o’zgarmas ro’yxat. Uning elementlarini o’zgartirib bo’lmaydi. Bu ro’yxatni oddiy qavslar bilan yoki tuple() konstruktori bilan hosil qilinadi: