Python asoslari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə53/81
tarix13.12.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#176038
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81
k100001

def salomlashish (ism): print("Salom"+ ism)

Moduldan foydalanish


Endi biz katta dastur tuzishni boshlar ekanmiz, biz barcha kodni bir modulga yozib ishlatishimiz noqulay bo’ladi. Shuning uchun umumiy dasturni modullarga bo’lib ishlatganimiz ma’qul. Bu ancha qulay bo’ladi. Chunki biror moduldagi funksiya yoki ma’lumot kerak bo’lsa uni qayta-qayta yozib o’tirmasdan o’sha modulning o’zidan olib ishlatishimiz mumkin. Masalan, yuqorida funksiya tuzib uni salom.py moduliga saqlab qo’ydik. Endi biz yangi modul ochib unda salom.py modulidagi funksiyani ishlatamiz. Buning uchun import kalit so’zi bilan salom.py modulini chiqaramiz. So’ngra undagi salomlash() funksiyasini olib ishlatamiz.
E’tibor bering, bu yerda shunchaki funksiya nomini yozib ishlatayapmiz. Funksiyaning o’zi esa biz chaqirgan modulda tuzilgan:
import salom
salom.salomlash("Abbosbek")
Salom Abbosbek

Modulda o’zgaruvchilar


Modullar nafaqat funksiya, balki o’zgaruvchilarni ham o’z ichiga olishi mumkin. Shu sababli bir moduldagi ma’lumotdan boshqa modullarda ham foydalanish mumkin. Masalan, avto nomli dictionary o’zgaruvchisini mashina.py moduliga saqlaymiz:
avto = {
"brend": "Audi", "model": "R8", "rang": "kumush",

"yil" : 2018


}
Endi yangi modul ochamiz va unda mashinaning modelini ekranga chiqarishi buyuramiz:




import mashina
a = mashina.avto["model"] print(a)
R8

Modulni nomlash


Biz murojaat qilgan modulning nomi uzunroq bo’lsa, uni kodimizda keyinchalik bu uchun nom bilan ishlatishimiz biroz noqulay bo’ladi. Ammo bizda uni kod ichida o’zimiz uchun qulay nom bilan ishlatish imkoniyati bor. Buning uchun modulni chaqirayotgan vaqtda uni pass kalit so’zi bilan o’zimizga qulay qilib nomlab olamiz. Natijada, kod ichida uni shu qulay nom bilan ishlatishimiz mumkin bo’ladi.
Masalan, avvalroq biz saqlagan mashina.py moduliga murojaat qilamiz va uni o’zimiz uchun m sifatida belgilaymiz. So’ngra uni shu nom bilan ishlatamiz:

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin