a = m.avto["model"] print(a)
R8
dir() funksiyasi
dir() maxsus funksiyasi istalgan modulga tegishli barcha funksiya yoki o’zgaruvchilar ro’yxatini chiqarib beradi. Xoh u maxsus modul bo’lsin, xoh o’zimiz tuzgan, barchasi uchun amal qiladi.
Masalan, Pythonda matamatik hisob-kitoblar uchun math moduli mavjud. Undagi barcha funksiyalar ro’yxati kerak bo’lsa, uni quyidagicha ekranga chiqaramiz:
import math
x = dir(math)
print(x)
['__doc__', '__loader__', '__name__', '__package__', '__spec__', 'acos', 'acosh', 'asin', 'asinh', 'atan', 'atan2', 'atanh', 'ceil', 'comb', 'copy sign', 'cos', 'cosh', 'degrees', 'dist', 'e', 'erf', 'erfc', 'exp', 'expm 1', 'fabs', 'factorial', 'floor', 'fmod', 'frexp', 'fsum', 'gamma', 'gcd' , 'hypot', 'inf', 'isclose', 'isfinite', 'isinf', 'isnan', 'isqrt', 'ldex p', 'lgamma', 'log', 'log10', 'log1p', 'log2', 'modf', 'nan', 'perm', 'pi ', 'pow', 'prod', 'radians', 'remainder', 'sin', 'sinh', 'sqrt', 'tan', ' tanh', 'tau', 'trunc']
Keraklisini olish
Tasavvur qiling biz tuzgan biror modulda ko’p funksiya yoki o’zgaruvchilar bor. Bizga ulardan faqat bittasi kerak. Qolganlari shart emas. Bunday vaziyatda butun boshli modulni olmasdan, shunchaki undagi kerakli funksiyani olishimiz mumkin.
Tushunish uchun bir modul tuzamiz, uning nomi suhbat.py bo’lsin. Unda ikkita funksiya tuzamiz. Bular salom() va xayr() funksiyalari bo’ladi:
def salom(ism) print("Salom "+ism)
def xayr(ism):
print("Xayr "+ism)
Endi yangi modul ochamizda, suhbat.py modulidagi faqat xayr() funksiyasini olib ishlatamiz:
from suhbat import xayr
xayr ("Abbosbek")
Xayr Abbosbek
E’tirbor bering: ilgari biror modulni chaqirganimizdan keyin undagi funksiyalar oldidan shu modul nomini qo’yib, so’ng nuqta (.) va kerakli funksiyani yozar edik. Agar o’sha moduldan ayna bir funksiyaning o’zini chaqirsak, shunchaki funksiya nomi yozilib ishlatiladi.
Masalan: suhbat.xary(“Madaminbek”) emas, shunchaki xayr(“Madaminbek”) tarzida yoziladi.
Pythonda maxsus modular
Pythonda ayrim narsalarga mo’ljallangan tayyor, maxsus modulla bor. Ularning har birinining o’z vazifasi bor va biz o’zimizga kerak o’rinda ularga murojaat qilib ishlatamiz. Bunday modular ro’yxati, ularning vazifalari va ularni qo’llash haqida yana qo’shimcha adabiyotlardan olishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |