Random()-[0.0, 1.0) yarim ochiq diapozondagi tasodifiy sonlarni generatsiya qiladi.
Choice(s)- s ketma- ketlikdan tasodifiy elementni tanlab oladi.
Shuffle(s)- s o`zgaruvchan ketma-ketlik elementlarini joyiga joylashtiradi.
Randrange([start], stop, [step])- renge(start, stop, step) diapozondagi tasodifiy butun raqamni chiqaradi. Choice(range(start, stop, step)) ga analogik holatda.
Normalvariate(mu, sigma)- normal holatda taqsimlangan ketma-ketlikdan raqamni chiqaradi. Bu yerda mu- o`rtacha, sigma-o`rta kvadratli (sigma>0) sonlar.
Boshqa funksiyalar va uning parametrlarini hujjatlashdan aniqlab olish mumkin. Modulda qandaydir holatga tasodifiy raqamlar generatorini joylashtirishga imkon beruvchi seed(n) funksiyasi ham mavjud. Masalan: agarda bitta tasodifiy raqamlar ketma-ketligidan ko`p marta foydalanishga ehtiyoj sezilsa.
Os moduli
Os moduli-har xil operatsion sistemalarning o`ziga xos xususiyatlari bilan ishlovchi kategoriyadagi asosiy modul hisoblanadi. Bu modul funksiyalari ko`plab operatsion sistemalarda ishlaydilar. Kataloglarni bo`luvchi os moduli va u bilan bog`liq bo`lgan ifodalar konstanta ko`rinishida berilgan.
Konstanta Vazifasi Os.curdir Joriy katalog
Os.pardir Bosh katalog
Os.sep Yo`lning elementlarini taqsimlovchi
Os.altsep Boshqa yo`lning elementlarini taqsimlovchi
Os.pathsep Yo`llar ro`yxatidagi yo`llarni taqsimlovchi
Os.defpath Yashirin yo`llar ro`yxati
Os.linesep Satrni yakunlovchi belgi
Kataloglarni bo`luvchi os moduli ifodalari konstanta ko`rinishida Pythondagi dastur operatsion tizimda alohida jarayon ko`rinishida ishlaydi. Os modulining funksiyalari protsesda, muhitda bajariladigan turli xildagi ahamiyatga ega bo`lgan kirishlarga ruxsat etadilar. Os modulining eng muhim ruxsat etuvchi obyektlaridan biri deb environ o`rab oluvchi muhiti o`zgaruvchilarning lug`ati hisoblanadi. Masalan o`rab oluvchi muhit o`zgaruvchilar yordamida web server CGI-ssenariyga bir qancha parametrlarni o`tkazadi.
Quyidagi misolda PATH o`rab oluvchi muhiti o`zgaruvchini olish mumkin:
Funksiyalarning katta qismi fayllar va kataloglar bilan ishlashga mo`ljallangan. Quyida UNIX va Windows OT lar uchun ruxsat etilgan funksiyalar taqdim etilgan: