bin(x)- butun sonni ikkilik sanoq sistemasiga o`tkazadi hex(x)- butun sonni o`n oltilik sanoq sistemasiga o`tkazadi oct(x)- butun sonni sakkizlik sanoq sistemasiga o`tkazadi.
V-BOB. PythonDA fayllar va istisnolar bilan ishlash
Pythonda FAYLLAR BILAN ISHLASH
Fayllar bilan ishlash pythonda muhim qismlardan biri. Ayniqsa, web dasturlar bilan ishlashda. Pythonda fayllarni hosil qilish, o’qish, yangilash va o’chirish imkoniyati mavjud.
Fayllarni ochish open() funksiyasi bilan amalga oshadi. Bunda ushbu funksiya 2 ta parameter qabul qiladi: Fayl nomi va rejimi. Rejim deganda faylni qay maqsadda ochish nazarda tutiladi. Bu rejimlar quyidagilar:
“r” – Read – faylni o’qish uchun ochish. Agar fayl mavjud bo’lmasa, xatolik yuz beradi.
“a” – Append – faylga qo’shimcha qo’shish uchun ochish. Agar fayl mavjud bo’lmasa yangi fayl ochadi.
“w” – Write – faylga yozish uchun ochish. Agar fayl mavjud bo’lmasa, yangi fayl ochadi.
“x” – Create – yangi fayl hosil qilish. Agar bunday fayl mavjud bo’lsa xatolik yuz beradi.
Bundan tashqari qo’shimcha 2 ta rejim bor. Ular yuqoridagilar bilan qo’llaniladi:
“t” – Text – matn turi ya’ni fayl matndan iborat bo’ladi.
Fayl ochish quyidagicha bo’ladi. Agar bizda qandaydir .txt fayl bo’lsa, uni o’qish rejimida ochish bunday qilamiz:
f = open("fayl_nomi.txt")
E’tibor berdingizmi, bu yerda hech qanday rejim ko’rsatilmadi. Chunki “r” va “t” rejimlari avtomatik hisoblanadi . Ya’ni hech qanday rejim ko’rsatilmasa, ular ishga tushadi. Faylimiz o’qilish uchun ochiladi va u matn ko’rinishida bo’ladi. Bularni aniq ko’rsatgan holda ham ochish mumkin. Bu quyidagicha bo’ladi: