trunc(x)- x haqiqiy sonning butun qismini qaytaradi.
degrees(x)-x ni radiandan gradusga o`tkazish.
radians(x)- x ni gradusdan radianga o`tkazish.
math.ceil() funksiyasi eng yaqin yuqori butun songacha yaxlitlaydi. math.floor() funksiyasi esa eng yaqin pastki butun songacha yaxlitlaydi.
Quyidagi misolimizda birinchi funksiyaning natijasi 2, keyingisi esa 1 bo’ladi:
import math x = math.ceil(1.4) y = math.floor(1.4) print(x) print(y)
2 1 Matematikadagi PI sonining qiymati pythondagi konstantalar ro’yxatida bor. Undan bemalol foydalanish mumkin:
import math x = math.pi print(x)
3.141592653589793
Bu darsimizda Pythonda matematika bo’limi bilan tanishdik. math va cmath modulining funksiyalari juda ko’p, ularning bacrhasiga doir misollarni ko’rib chiqa olmaymiz. Yana ham ko’proq funksiyalar haqida bilish uchun qo’shimcha adabiyotlarga murojaat qilishni maslahat beramiz.
Pythonda Sanoq sistemasining ishlatilishi
Maktab kursidagi informatika faninidan bizga ma’lumki, sonlar nafaqat o`nlik sanoq sistemasida balki boshqa sanoq sistemalarida ham bo`lishi mumkin. Masalan: kompyuter ikkilik sanoq sistemasidan foydalanadi ya’ni 19-soni ikkilik sanoq sistemasida (kompyuterda) 10011 ko`rinishida ifodalanadi. Bundan tashqari sonlarni bir sanoq sistemasidan ikkinchi sanoq sistemasiga o`tkazish kerak. Python bu uchun bir qancha funksiyalarni taqdim etadi:
int([object],[sanoq sistemasi asosi])- butun sonni berilgan sanoq sistemasidan o`nlik sanoq sistemasiga o`tkazadi.