Yangi fayl ochish uchun ham open() funksiyasini ishlatamiz. Uni “x” rejimida ochish kerak. Agar bunday fayl allaqachon mavjud bo’lsa dasturda xatolik yuz beradi.
“a” va “w” rejimlari aslida yozish uchun ishlatilsada biz ochmoqchi bo’lgan fayl mavjud bo’lmasa ular avtomatik tarzda shu nomli yangi fayl ochadi.
my_file nomli yangi fayl hosil qilish quyidagicha bo’ladi:
f = open("my_file.txt", "x")
Faylni o’chirish
Faylni o’chirish uchun os moduliga murojaat qilamiz va undagi os.remove() funksiyasidan foydalanamiz. Masalan, biror faylimiz bor. Uni nomini bilamiz. Uni o’chirish quyidagicha bo’ladi:
import os os.remove("fayl_nomi.txt")
Fayl mavjudligini tekshirib, agar u mavjud bo’lsa o’chirish quyidagicha bo’ladi:
import os if os.path.exists("fayl_nomi.txt"): os.remove("fayl_nomi.txt") else: print("Bunday fayl mavjud emas")
Papkani o’chirish
Agar biror bir papkaning o’zini o’chirmoqchi bo’lsak os.mdir() funksiyasini ishlatamiz. Ammo biz faqat bo’sh papkalarni o’chirishimiz mumkin. Masalan, bizda dasturlar degan papka bor va u bo’m bo’sh. Uni o’chirish uchun mana bunday qilish kerak: