Ko'paytirish, bo'lish, qoldiqsiz bo'lish va qoldiqlik bo'lish
+x, -x
Musbat va manfiy
~x
'emas' bit operatori
**
Darajaga ko'tarish
x.attribute
Atributga link
x[index]
Indeks bo'yicha murojat
Bu jadvalda bir xil prioritetga ega bo'lgan operatorlar bir qatorda joylashgan. Misol uchun '+' va '-'.
Hisoblash tartibini o'zgartirish
Ifodalarni o'qishni osonlashtirish uchun qavslarni ishlatish mumkin. Misol uchun, 2 + (3 * 4) ni tushunish oson operatorlar prioriteni bilish lozim bo'lgan 2 + 3 * 4 ifodadan ko'ra. Qavslarni o'ylab ishlatish kerak. Ortiqcha qavslarni ishlatishdan saqlaning. Misol uchun: (2 + (3 * 4)). Qavslarni ishlatishni ya'na bir afzalligi hisoblash tartibini o'zgartirish imkonini beradi. Misol uchun, qo'shish amalini ko'paytirish amalidan birinchi bajarish kerak bo'lsa, quyidagicha yozish mumkin: (2 + 3) * 4. Pythonda matematik hisob-kitoblar uchun o’zining maxsus funksiyalariga ega. Bu funksiyalar tayyor holda bo’lib, kerakli natijalarni tezda chiqarib beradi. min() funksiyasi berilgan sonlar ichida eng kichigini, max() funksiyasi esa eng kattasini aniqlaydi.
x = min(3, 8, 11) y = max(3, 8, 11) print(x) print(y)
3
11
abs() funksiyasi sonning absolyut qiymatini aniqlaydi. pow(x,y) funksiyasi x ni y darajaga ko’taradi.
x = abs(-5) y = pow(5, 3) print(x) print(y)
5 25
Math va cmath moduli
Yuqoridagi ko’rganlarimiz Pythondagi ichki funksiyalar edi. Ularni to’g’rida-to’g’ri ishlatish mumkin. Ammo boshqa bir guruh matematik funksiyalar borki ular math moduliga mansub. Shuning uchun ularni ishlatishdan avval math moduliga murojaat qilamiz. Masalan, biror sonning kvadrat ildizini hisoblamoqchimiz. Buning uchun maxsus sqrt() funksiyasi mavjud. Uning ishlatilishi uchun math moduliga murojaat qilamiz:
import math