Obyektlar ham funksiyaga ega bo’lishi mumkin. Bu funksiyalar sinf ichida tuziladi va obyektlar tomonida ishlatiladi. Masalan, obyekt o’zini tanishtirish funksiyasini tuzamiz:
class Ishchi: def __init__(self, ism, yosh): self.ism = ism self.yosh = yosh def tanish(self): print("Mening ismim "+ self.ism) p1 = Ishchi ("Abbosbek", 20) p1.tanish()
self parametri sinfga tegishli o’zgaruvchilarga murojaat qila olish uchun ishlatiladi. U o’ziga xos yo’llovchi vositadir. U aynan self deb nomlanishi shart emas, boshqa nomlarni ishlatish ham mumkin. Faqat u sinfdagi istalgan funksiyaning ilk parametri sifatida yozilishi shart.
Hozir yuqoridagi misolimizdagi selfparametrlarini abc deb o’zgartiramiz va natija o’zgarmaydi.
class Ishchi: def __init__(abc, ism, yosh): abc.ism = ism abc.yosh = yosh
def tanish(abc): print("Mening ismim "+ abc.ism)
p1 = Ishchi ("Abbosbek", 20)
p1.tanish()
Mening ismim Abbosbek
Obyekt xususiyatini o’zgartirish
Biror obyektning xususiyatlarini osongina o’zgartirishimiz mumkin. Masalan, dastlab tuzgan obyektimiz 22 yosh bo’lsa, so’ng uni 25 yoshga o’zgartiramiz:
class Ishchi: def __init__(abc, ism, yosh): abc.ism = ism abc.yosh = yosh p1 = Ishchi ("Abbosbek", 20) p1.yosh = 25