Pickle Pythonning picklemoduli yordamida har qanday obyektni faylga saqlash va keyinchalik fayldan o’qib olish mumkin. Bunday imkoniyat ob’yektlarni uzoq muddat saqlashda qo’l keladi.
Natija: ['olma', 'mango', 'sabzi']
Bu misolda obyektni faylga yozish uchun birinchi galda faylni binar yozish (“wb”) rejimida ochilyapti, so’ng pickle modulining dump funksiyasi chaqirilyapti. Bu jarayon “konservatsiya” (“pickling”) deyiladi. Shundan so’ng obyektni fayldan o’qib olish uchun pickle modulining load funksiyasidan foydalanilyapti.
Sanoq sistemasining ishlatilishi Maktab kursidagi informatika faninidan bizga ma’lumki, sonlar nafaqat o`nlik sanoq sistemasida balki boshqa sanoq sistemalarida ham bo`lishi mumkin. Masalan: kompyuter ikkilik sanoq sistemasidan foydalanadi ya’ni 19-soni ikkilik sanoq sistemasida (kompyuterda) 10011 ko`rinishida ifodalanadi. Bundan tashqari sonlarni bir sanoq sistemasidan ikkinchi sanoq sistemasiga o`tkazish kerak. Python bu uchun bir qancha funksiyalarni taqdim etadi:
int([object],[sanoq sistemasi asosi])- butun sonni berilgan sanoq sistemasidan o`nlik sanoq sistemasiga o`tkazadi.
bin(x)- butun sonni ikkilik sanoq sistemasiga o`tkazadi
hex(x)- butun sonni o`n oltilik sanoq sistemasiga o`tkazadi
oct(x)- butun sonni sakkizlik sanoq sistemasiga o`tkazadi.
Son Sonlar Python dasturlash tilida 3 turda bo'ladi:
butun sonlar,
haqiqiy sonlar
kompleks sonlar
Butun songa misol 2,5, …
Haqiqiy sonlarga misol 3.23 va 52.3e-4.
Kompleks sonlarga misol (-5+4i) va (2.3-4.6i)
Butun sonlar Python interpretatorida yuqorida operator va ifodalar mavzusida ko`rib chiqqan barcha operatorlarni oddiy matemetika kursida ishlatilganidek bajarilishini ko`rdik. Ya’ni ko`paytirish, qo`shish, ayirish, bo’lish, darajaga ko`tarish va hokazo. Endi esa butun sonlar ustida bajarish mumkin bo`lgan qo`shimcha metodlarni ko`ramiz.