Random moduli Bu modul har xil taqsimotlar uchun tasodifiy raqamlarni generatsiya qiladi. Eng ko`p qo`llaniladigan funksiyalari:
Random()-[0.0, 1.0) yarim ochiq diapozondagi tasodifiy sonlarni generatsiya qiladi.
Choice(s)- s ketma- ketlikdan tasodifiy elementni tanlab oladi.
Shuffle(s)- s o`zgaruvchan ketma-ketlik elementlarini joyiga joylashtiradi.
Randrange([start], stop, [step])- renge(start, stop, step) diapozondagi tasodifiy butun raqamni chiqaradi. Choice(range(start, stop, step)) ga analogik holatda.
Normalvariate(mu, sigma)- normal holatda taqsimlangan ketma-ketlikdan raqamni chiqaradi. Bu yerda mu- o`rtacha, sigma-o`rta kvadratli (sigma>0) sonlar.
Boshqa funksiyalar va uning parametrlarini hujjatlashdan aniqlab olish mumkin. Modulda qandaydir holatga tasodifiy raqamlar generatorini joylashtirishga imkon beruvchi seed(n) funksiyasi ham mavjud. Masalan: agarda bitta tasodifiy raqamlar ketma-ketligidan ko`p marta foydalanishga ehtiyoj sezilsa.
Time va Sets moduli Time moduli joriy vaqtni olish uchun va vaqt formatlarini o`zgartirish uchun fuksiyalarni taqdim etadi.
Sets moduli to`plamlar uchun ko`rsaatgichlar tipini amalga oshiradi. Quyidagi misol bu moduldan qanday foydalanish mumkinligini ko`rsatadi. Su o`rinda bilishimiz kerakki, Python 2.4 va undan yuqori versiyalarda set tipi sets o`rniga kiritilgan.
import sets
A = sets.Set([1, 2, 3])
B = sets.Set([2, 3, 4])
print (A | B, A & B, A - B, A ^ B)
for i in A:
if I in B: print (i,)