Pythonda chiziqli jarayonlarni dasturlash uchun masalalar
Pythonni o'rganish uchun chiziqli dasturlash masalalari. Kirish. Algaritmlar uch turga bo'linadi:chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algaritmlarga. Masalani ishlash algaritmi ketma-ket bajarilsa, shart, takrorlanish qatnashmasa chiziqli algaritmlar deyiladi. Chiziqli algaritmlar asosida tuziladigan dasturlar chiziqli dasturlar deb ham ataladi. Dasturlash tillarini o'rganayotganimizda har xil masalalarni komyuterda dasturini tuzib, ishlatib ko'ramiz. Bu masalalar dasturlash tilining boshlang'ich qismini o'zlashtirishimizga yordam beradi. Har doim o'rganishni chiziqli masalalarni dasturlashdan boshlaymiz. Eng yaxshi Senior dasturchilar ham dasturlashni chiziqli masalalarni dasturini tuzishdan boshlagan.
Ushbu maqolada python dasturlash tilida ayrim chiziqli masalalarni bajarilishi ko'rsatib o'tilgan.
1-masala. Ikkita a va b sonlarning yig'indisini hisoblovchi dastur tuzing. C=a+b.
a=float(input("a ni kiriting: "))
b=float(input("b ni kiriting: "))
C=a+b
print("Javob: "+str(C))
2-masala. Kvadratning berilgan a tamoni bo'yicha perimetrini aniqlovchi dastur tuzing. P=4*a.
a=float(input("a tamonni kiriting: "))
P=4*a
print("Perimetri: "+str(P))
3-masala. Kvadratning berilgan a tamoni bo'yicha yuzini topuvchi dastur tuzing. S=a^2.
a=float(input("a ni kiriting: "))
S=a**2
print("Kvadrat yuzi: "+str(S))
4-masala. Kubning berilgan a qirrasi bo'yicha hajmini topuvchi dastur tuzing. V=a^3.
a=float(input("a qirrani kiriting: "))
V=a**3
print("Kub hajmi: "+str(V))
5-masala. Kubning berilgan a qirrasi bo'yicha tomonlari yuzini topuvchi dastur tuzing. S=6*a^2.
a=float(input("a qirrani kiriting: "))
S=6*(a**2)
print("Kub tomonlari yuzi: "+str(S))
6-masala. To'g'ri burchakli uchburchakning a, b katetlari bo'yicha yuzasini topuvchi dastur tuzing.
S=(a+b)/2.
a=float(input("a kateti: "))
b=float(input("b kateti: "))
S=(a+b)/2
print("Uchburchak yuzi: "+str(S))
7-masala. Teng tomonli uchburchakning berilgan a tomoni bo'yicha yuzini hisoblovchi dastur tuzing.
import math
a=float(input("a tamonini kiriting: "))
S=(math.sqrt(3)/4)*(a*a)
print("Teng tomonli uchburchak yuzi: "+str(S))
8-masala. To'g'ri to'rtburchakning berilgan a va b tomonlari bo'yicha perimetrini topuvchi dastur tuzing.
P=2*(a+b).
a=float(input("a tamonini kiriting: "))
b=float(input("b tamonini kiriting: "))
P=2*(a+b)
print("To`rtburchak perimetri: "+str(P))
9-masala. Aylananing d diametri berilgan bo'lib, uzunligini topuvchi dastur tuzing. L=π*d.
import math
d=float(input("Aylana diametrini kiriting: "))
L= math.pi*d
print("Aylana uzunligi: "+str(L))
10-masala. Doiraning R radiusi bo'yicha uzunligini hisoblovchi dastur tuzing. L=2*π*R.
import math
r=float(input("radiusni kiriting: "))
L= 2*math.pi*r
print("Doira uzunligi: "+str(L))
11-masala. Berilgan a, b, c, d sonlarining o'rta arifmetigini topuvchi dastur tuzing. K=(a+b+c+d)/4.
a=float(input("a ni kiriting: "))
b=float(input("b ni kiriting: "))
c=float(input("c ni kiriting: "))
d=float(input("d ni kiriting: "))
K=(a+b+c+d)/4
print("O`rtachasi: "+str(K))
12-masala. Ikki xonali son berilgan bo'lib, uning raqamlari yig'indisini topuvchi dastur tuzing.
a=int(input("Ikki xonali son kiriting: "))
i=a//10
j=a%10
S=i+j
print("Natija: "+str(S))
13-masala. To'rt xonali son berilgan bo'lib, uning birinchi va oxirgi raqamlari yig'indisini topuvchi dastur tuzing.
a=int(input("To'rt xonali son kiriting: "))
i=a//1000
j=a%10
S=i+j
print("Natija: "+str(S))
14-masala. To'g'ri uchburchakning katetlari a va b berilgan bo'lib, uning perimetrini topuvchi dastur tuzing.
import math
a=float(input("a ni kiriting: "))
b=float(input("b ni kiriting: "))
c=math.sqrt(a*a+b*b)
P=a+b+c
print("Uchburchak perimetri: "+str(P))
15-masala. Quyidagi ifodani hisoblovchi dastur tuzing:
a=float(input("a ni kiriting: "))
b=float(input("b ni kiriting: "))
c=float(input("c ni kiriting: "))
d=(a*b)/c+c/(a*b)
print("Javob: "+str(d))
16-masala. Quyidagi ifodani hisoblovchi dastur tuzing:
import math
x=float(input("x ni kiriting: "))
s=math.sqrt(x-x**2+x**5)
print("Javob: "+str(s))
17-masala. Quyidagi ifodani hisoblovchi dastur tuzing:
import math
x=float(input("x ni kiriting: "))
s=math.sin(x*x)+math.cos(x*x)
print("Javob: "+str(s))
18-masala. Quyidagi ifodani hisoblovchi dastur tuzing:
import math
a=float(input("a ni kiriting: "))
b=float(input("b ni kiriting: "))
d=float(input("d ni kiriting: "))
s=math.sqrt(a+b)-math.sqrt(d-a)**(1/3)
print("Javob: "+str(s))
19-masala. Quyidagi ifodani hisoblovchi dastur tuzing:
x=float(input("x ni kiriting: "))
s=(x-21)/(7-x**3)
print("Javob: "+str(s))
20-masala. Quyidagi ifodani hisoblovchi dastur tuzing:
import math
x=float(input("x ni kiriting: "))
s=math.sqrt(math.cos(x))**(1/4)+math.tg(x)
print("Javob: "+str(s))
Xulosa. Hozirda umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinf o'quvchilariga Informatika va axborot texnologiyalari fanidan Python dasturlash tili o'tilmoqda. O'quvchilar o'tilgan mavzularni o'zlashtirishi va mustahkamlab olishlari uchun ularga darslikdan tashqari har xil qiziqarli masalalarni berib borish dars samaradorligini oshiradi. Darslarda foydalanish uchun chiziqli masalalarni dasturini yozib chiqdim.
Maqolada 20 ta chiziqli masala va pythonda yozilgan dasturi berilgan. Ushbu maqoladagi masalalardan python dasturlash tilini o'rganishda yoki o'rgatishda foydalanishingiz mumkin.
Qolgan qismlari:
shartli masalalar;
takrorlanuvchi masalalar.