I Z O H L I D IK T A N T
Izohli diktant boshlang'ich
sinflarning barchasi uchun
mos bo'lib, o ‘quvchilarga yozdirilgan m atn tarkibidagi
imlosi
qiyin
so'zlarning
yozilishini
tushuntirish
va
m a ’nosini izohlash m aqsadida o'tkaziladi. Belgilangan
m atn o'quvchilarga yozdiriladi. Undagi so'zlarning imlosi
eslatilmaydi. O'quvchilar m atn n i yozib bo'lganlaridan
keyin undagi so'zlarni qanday yozganliklari tekshiriladi.
Albatta,
o'quvchilar yozuvida
ayrim
xatolar bo'lishi
m u m kin . O'q uvchilar yozuvidagi xatolar quyidagi tartibda
tuzatilib, izohlanishi m umkin:
a) o'quvchilardan biri aytgan so'zdagi
xatoni boshqa bir
o ‘quvchi og'zaki izohlaydi;
b) o ‘quvchi xatosini
0
‘qituvchi og‘zaki izohlaydi;
d) o'quvchi yozgan xato so‘zni o'qituvchi doskaga yozib
ko'rsatadi.
Shu tartibda
0
‘quvchilar yo‘l qo ‘ygan
xatolarini topib,
ularni tuzatadilar. Bu bilan o'q uvchilarning imlo savodxon-
ligini aniqlash va kamchiliklarini tuzatish m um kin.
Izohli diktant uchun m atnni o'quv darsliklaridan ham
tanlash m u m k in. Bunday holatda m atnni o ‘quvchilarga
yozdirib
bo‘lgandan
keyin,
ular
kitoblarini
ochib,
yozganlarini taqqoslab ko'radilar. O'zlari sezgan xatolarini
tuzatadilar. Lekin h a m m a o'quvchilar ham o'z xatolarini
topa olmaydilar. Shuning uchun ular bilan alohida ish olib
borishga to'g'ri keladi.
Ta’limiy diktantning boshqa turlari
kabi izohli diktantni
ham yozuv darsining m a’lum bir qismida o‘tkazish mumkin.
Izohli diktant o'quvchilar bilimini oshirishda eng foydali
yozma ish turlaridan biri hisoblanadi. Bu diktant turini
3—4-sinflarda tez-tez o'tkazib turish maqsadga muvofiq.
I J O D I Y D IK T A N T
Ijodiy diktant o'rganilgan qoidalarni o'zlashtirish va
yozuvda o‘rinli
qo'llash
m alakalarini
m ustahkam lash
bilan birga, o'quvchilar og'zaki va yozma nutqining
shakllanishida m u h im o'rin tutadi.
13
Ijodiy d ik ta n td a o'quvchilarga o'rganilgan qoidaga mos
so‘z, so‘z
birikm alari, biror mavzuga oid savollar beriladi.
Ular berilgan so‘z va so‘z birikm alarini qatnashtirib, savol-
larga javob topish orqali m atn yoki hikoyacha tuzadilar.
O'qituvchi ana shu berilgan so'zlar yoki so‘z birikmalari
yordam ida tuziladigan hikoya m azm u ni va ishni bajarish
usuli haqida o'quvchilarga tu shuncha berishi kerak,
chunki
ijodiy diktant m atnini o ‘quvchilarning o'zlari ijod qiladilar
va o'qituvchi ko‘rsatmasiga ko‘ra uni yozadilar. Shuning
uchun bu diktant turi ijodiy inshoga o'xshab ketadi.
0 ‘quvchilarda ijodkorlik faoliyatini yoshlikdan tarbiya-
lash m aqsadida ijodiy d ik tantni izchillik bilan tez-tez
o ‘tkazib turish lozim. Bu bilan o'quvchilarni yuqori
sinflarda ijodiy xarakterga ega bo'lgan
yozma ishlarni
bajarishga, xususan, insho yozishga tayyorlanadi.
Ijodiy diktantdan 1—4 -sinflarda keng foydalaniladi.
Alifbe davridanoq o'quvchilarni ijodiy diktant yozishga
tayyorlab boriladi.
Buning uch un quyidagi tayyorgarlik ish lari amalga
oshiriladi:
1. Berilgan so'zlardagi tushirib qoldirilgan tovushlarni
aytish va shu tovushni ifodalovchi harfni tanlab, so‘zni
yozish:
m .na (mana), bo.o (bobo).
2. Berilgan gapdagi nuqtalar o ‘rniga gapning m azm uniga
mos so‘z tanlab aytish va yozish:
O'quv qurollarinmi...
(yaxshi) saqlayman.
3. Berilgan so‘zlardan gap tuzish va uni o'qituvchi
ko'rsatmasi bilan yozish:
erta, bu, keldi, yil, bahor (Bu yil
bahor erta keldi).
4. Berilgan savolga mustaqil javob topish va uni yozish:
0 ‘quvchi nima qiladi? (O'quvchi o'qiydi, yozadi va dam
oladi).
Bunday
ijodiy
diktantga
tayyorgarlik
mashqlarida
ko'proq o'quvchilar noto'g'ri talaffuz qilishi sababli xatoga
yo'l q o‘yadigan so'zlardan tanlanishi maqsadga muvofiq
bo'lib, foydali natija beradi.
Ijodiy diktant quyidagicha o ‘tkazilishi m um kin:
14