Q abdullayeva, S. Rahmonbekova



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/131
tarix16.12.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#182234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
diktantlar toplami

DIKTANT TURLARI 
VA 
M ETODIK ASI
D ik tan t yozishga tayyorgarlik ko'rish o ‘quvchilarda 
m a ’lum psixologik holatni yuzaga keitiradi. Ular o'zlarida 
bu ishga kirishish ru hin i paydo qilib, daftar sahifasini 
ochadilar. D oskadan sana va m ain sarlavhasini ko‘chirib 
yozadilar. So‘ngra diq q at-e’tibor bilan m atnni tinglaydilar. 
0 ‘qituvchi o 'rta c h a balandlikdagi ovoz bilan matndagi 
so'zlarni don a -d o n a qilib o'qiydi. Bolalar bilan m atnni 
tahlil qiladi. So‘ng o ‘quvchilarga:
— 
Endi ko‘zlaringizni y u m in g va ichingizda: «Men 
diktan tni 
to ‘g ‘ri 
va chiroyli 
yozaman, 
yaxshi baho 
olaman» deb ayting, deya ruhlantiradi va diktant yozishga 
tayyorlaydi.
0 ‘qituvchi avval gapni to'liq o ‘qiydi, so'ng so'zm a- 
so‘z aytib, o ‘quvchilarning ulgurishlarini kuzatgan holda 
diktant yozdirishni davom ettiradi.
Diktant uchun tan lan gan m atnlarda ko‘p b o ‘g‘inli yoki 
talaffuzi qiyin so‘zlar bo'lsa. doskaga yozib qo'yilsa ham
bo'ladi.
Bolalar har safar diktant yozishga kirishishda ko 'tarinki 
ru h d a bo ‘lishlarini ta ’m inlash uchun ulardagi ruhiy holatni 
h a m ish a hisobga olib ish yuritish lozim.
D ik tan tn i yozib bo‘lgandan so'ng, yozilgan m atnn i 
m ustaqil o ‘qib chiqib, xatolarini tuzatishga ruxsat berish, 
ishni eng oldin topshirgan o'quvchilarni m aqtab qo‘yish, 
o ‘rn ak qilib ko‘rsatish va boshqalarni h am shunga undash 
b olalarning yozm a ish yozishga qiziqishlarini orttiradi.
Q o l l a n m a n i tayyorlashda sinov natijalari h a m d a ilg‘or 
o'q ituvchilarning fikrlari hisobga olindi.
To'plam ikki qism dan iborat bo‘lib, uning birinchi 
qismida diktant turlari va ularni o'tkazish metodikasi 
haqida qisqacha m a ’lum otlar berildi. Ikkinchi qismda esa 
boshlang'ich ta ’lim DTS va 1—IV sinf ona tili dasturi
4


bo'lim va mavzulariga muvofiq turli hajmdagi m atnlar 
kiritildi. Tavsiya etilayotgan m atnlar hajmi va murakkabligi 
jih atid an turlicha bo'lib, o'quvchilarning imkoniyatlari, 
belgilangan vaqtda yozib ulgurishlariga moslab tanlandi. 
Ay rim m atn la r oxirida g ram m atik topshiriqlar ham berildi. 
U lardan o'quvchilarda imlo h a m d a tinish belgilariga oid 
m alakalar hosil qilish bilan bir qatorda, gram m atik tushun- 
chalarni sinash uchun amaliy m ashg'ulotlar o'tkazishda 
foydalaniladi. Barcha m atn lar bolalarni mustaqil ishlash 
va fikrlashga o'rgatish uchun mo'ljallab tanlandi. M anbalar 
quyidagi tartibda berildi:
1. 
Lug'at. 2. G r a m m a tik tahlil uchun gaplar. 3. Lug'at 
diktanti uchun so'zlar. 4. Saylanma diktant uchun gap 
va matnlar. 5. Ko'rsatish diktanti uchun gap va matnlar.
6. Yoddan yozuv uchun turli manbalar. 7. Ta’kidiy diktant 
uchun matnlar. 8. Izohli diktant uchun matnlar. 9. Ijodiy 
diktant uchun gap va matnlar. 10. Erkin diktant uchun 
matnlar. 11. Tekshirish uchun matnlar.
Dars soati kam roq ajratiladigan mavzular uchun esa 
diktan tlarn in g ayrim turlarigina tavsiya etilgan. Savod 
o'rgatish davri uchun «Alifbe» tartibidagi harflarga oid 
so'z va gaplar berilgan.
Shuni alohida ta ’kidlash lozimki, o'quvchi diktant 
yozishda 
so'zning 
harfiy 
ifodasini 
ko'rmay, 
eshitish 
orqali tovushlar majmuasini tasavvur etadi, tovushlarni 
harflar bilan alm ashlab yozadi. Bunda ruhiy va jismoniy 
jarayonning birgalikda kechishi so'zlar shaklining bola 
xotirasida 
m u stah kam lanib
borishiga 
imkon 
beradi. 
Shuning uchun h am diktant imlo o'rgatishda, o'z tabiatiga 
ko'ra, to'la t a ’limiy yozma ish hisoblanadi.
D iktantiar maqsadiga ko'ra ikki turli bo'ladi:
T a ’limiy diktant.
D ik tantn in g bu turi o'rgatilgan mavzu- 
larni m u stahk am lash m aqsadida yozuv darsining m a ’lum 
bir qismida m ashq sifatida o'tkazilib, unga alohida soat 
ajratilmaydi.
Boshlang'ich sinflarda ta ’limiy dik tantn ing quyidagi 
turlaridan foydalanish m um kin:
5


1. Lug‘at diktanti.
2. Saylanma diktant.
3. Ko'rsatuv diktanti.
4. Y O D D A N YO ZU V D IK T A N T I.
5. Ta’kidiy diktant.
6. Izohli diktant.
7. Ijodiy diktant.
8. Erkin diktant.
Tekshiruv diktanti.
D iktan tn in g bu turida o'quvchilar 
so‘zlarni qanchalik o‘zlashtirganlarini sinash, tekshirish 
m aqsadida o ‘tkaziladi.
Quyida har qaysi turdagi diktantni o ‘tkazish metodikasi 
berildi.
LUG'AT D IK T A N T
Lug‘at diktanti o'rganilgan imlo qoidalarini m u stahkam - 
lash, o ‘quvchilar so‘z boyligini oshirish maqsadida o'tka- 
ziladi. Bundan tashqari, o ‘rganilgan imlo qoidalarining 
o'quvchilar to m o n id an qanchalik o ‘zlashtirilganini sinash, 
hisobga olish m aqsadida h am o ‘tkazilishi m u m k in . Lug'at 
d ik tant uchun o ‘rganilgan imlo qoidasi asosida yoziladigan 
so'zlar, so'z birikm alari yoki turli narsalar va ularning 
rasm laridan ham foydalanish m um kin.
Agar tayyor so'z va so'z birikmalari yozdiriladigan 
bo'lsa, dastlab ularning m a ’nosi, talaffuzi va yozilishi 
suhbat orqali izohlab tushuntiriladi. So'ng, har bir so'z 
alohida-alohida aytib yozdiriladi.
D ik tan td a turli narsalar yoki ularning rasm laridan ham
foydalaniladi. Bunda ish quyidagicha tashkil etiladi:
— 
tanlangan narsalarning rasmlari yoki o'zi tartib bilan 
o'quvchilarga ko'rsatiladi. O'quvchilar rasm da ko‘rsatilgan 
n arsalarning nom ini yozib, orasiga vergul qo'yadilar. Ish 
shu tarzda davom etadi.
O 'quvchilar yozganlarini o'qib, xatolarini imlo lug'atiga 
qarab yoki o'zlari mustaqil to'g'rilaydilar, keyin esa 
o'qituvchi tom on idan tekshirib, baholanadi.
Lug'at diktanti 2-sinfda 8 so'zdan, 3-sinfda 10—12 
so'zdan, 4-sinfda 12—15 so'zdan iborat bo'lishi m um kin.
6


S A Y LA N M A D IK T A N T
Saylanma diktant o ‘rganilgan g ram m atik va imlo 
qoidaiarini m ustahkam lashga, ularni amalda qo'llashda 
yordam berish bilan birga, o'quvchilar rnavzuni qav 
darajada o'zlashtirganliklarini aniqlashga h am imkon 
beradi.
D ik tan tn in g bu turida o'quvchi m atn ning yoki gaplar- 
ning ham m asin i yozmay, o ‘rganilgan qoidalar asosida 
yoziladigan so'zlar yoki so‘z birikm alarinigina saylab 
yozadi, shuning uchun ham u saylanma diktant deyiiadi.
Saylanma diktant quyidagicha o'tkaziladi: o'qituvchi 
«D iktantlar to ‘plami»dan o ‘rganilgan qoidaga mos so'zlar, 
gaplar ko'proq ishtirok etgan m atnni tanlaydi. M atn 
d arsdan oldin doskaga yozib qo'yiladi (ko'chm a yozuv 
doskasidan foydalanish ham m umkin). 0 ‘qituvchi m atnni 
bir m arta o'qib bergach, m atn tahlil qilinib, o'rganilgan 
qoida asosida yoziladigan so'zlar yoki so'z birikmalari 
aniqlanadi va qoida takrorlanib, m ustahkam lanadi. Keyin 
m atn bir o'quvchiga o'qitilib, bolalar diqqati doskadagi 
yozuvga jalb qilinadi. Shundan so'ng doska parda bilan 
berkitib qo'yiladi va o'qituvchi bolalarga ta ’kidlaydi:
— 
Men doskaga yozilgan gaplarni tartib bilan o'qiyman. 
Sizlar men o'qigan gaplarni to'Iiq yozmay, takrorlangan 
qoidaga muvofiq bo'lgan so'z va so'z birikm alarinigina 
saylab yozasizlar. Agar gapda shu qoida asosida yoziladigan 
so'z yoki so'z birikmasi bo'imasa, bu gapni butunlay 
yozmay sizlar.
O 'quvchilar saylanma d iktantni yozib bo'lgach, doska­
dagi m atn o'qituvchi rahbarligida o'qitiladi va tekshi- 
riladi: o'qituvchi saylab yozish lozim bo'lgan so'z yoki 
so'z birikm asining tagiga chizadi, o'quvchilar yozganlarini 
doskadagiga solishtirib tekshirib, xatolarini tuzatadilar.
M asalan, 3-sinfda «Talaffuzda tushib qoladigan undosh- 
lar» mavzusini m ustahkam lash bilan shu mavzu yuzasidan 
o'quvchilar 
bilimini 
sinash, 
qanday 
o'zlashtirganlik- 
larini aniqlash maqsadida quyida berilgan «Samarqand» 
m atn idan foydalanib, saylanma diktant o'tkazish m um kin.
7



Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin