Mustaqillik yillarida ijtimoiy hayotning barcha yo‘nalishlarida bolganidek madaniy hayotda ham tubdan o‘zgarishlar yuz berdi. SHaklan ham, mazmunan ham milliy madaniyatning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Bu avalo teatr san’ati rivojlanishida yaqqol sezila boshlandi, yangi-yangi teatr dargoxlari kurib ishga tushirildi. 1991-yilda Farg‘onada va 1993-yilda Xivada davlat qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi, 1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyati teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq guruxlari ochildi. Andijonda jamoatchilik asosida ishlab kelayotgan yoshlar teatri davlat tasarrufiga olinib, u 1994-yilda Abbos Bakirov nomidagi Andijon yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi.
1993-yil avgustida Toshkent shaxrida ish boshlagan xashamatli "Turkiston" saroyi nafaqat mahalliy teatr va tomosha guruhlarining chiqishlariga, balki, uzoq va yaqin mamlakatlardan tashrif buyuradigan sahna guruhlari va atoqli artistlarning chiqishlariga ham mo‘ljallandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Turkiston" saroyi ochilishi marosimida nutq so‘zlab "6ugun yangi o‘zbek davlatini barpo etar ekanmiz, biz tarixdan, ajdodlar mcrosidan. Ularning ruhi nomidan, Turkiston xalqlarining qadriyatlaridan, ma’naviy merosidan, san’atidan baxramand bo‘lishimiz tabiiydir.
San’atga bo’lgan e’tibor
Ushbu saroyda xalqimizning, shuningdek, jahon xalqlarining, Markaziy Osiyo xalqlarining aifanaviy anjumanlarini, san’at bayramlarini o‘tkazishni niyat qilganmiz. Bu koshona, inshoolo, millatlar, el-clatlarning do‘stlik, birdamlik koshonasiga aylanadi.
Bunday obidalar katta-yu kichikda Vatandan faxrlanish tuyg‘usini shakllanliradi, bunday saroylar YAtan sha’ni va shuxrati uchun kurashuvchi, istiqlolni hamma narsadan muqaddas biladigan sog‘lom avlodni tarbiya etuvchi maskanga aylanadi", - dedi.
O‘zbekiston 1991-yilda mustaqillikka erishgach o‘zbek teatrlari va san’atkorlarining dunyo sahnasiga chiqishi uchun yanada keng yo‘l ochildi.
Navoiy nomidagi katta opera va balet teatri, A.Xidoyatov nomidagi drama teatri, "Ilxom" teatr studiyasi, Rus yosh tomoshabinlar teatri shu jixatdan ibratli ishlar qildilar. Navoiy nomidagi teatr balet truppasining Malayziya va Tailandga, A.Xidoyatov nomidagi teatrining Angliya, SHotlandiya va Germaniyaga, Rus bolalar teatrining Koxiraga safarlari shularjumlasidandir. SHu yillarda o‘zbek teatrlari sahnasida yangi zamonaviy mavzudagi asarlar namoyish etila boshlandi. Jumladan, 1992-yilning o‘zidagina Abror Xidoyatov nomidagi o‘zbek davlat drama teatri ijodiy jamoasi mashxur italyan komediyanavisi Karlo Gashinning "Malikai Turandot" spektaklini, Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatri jamoasi esa "SHum bolaning sarguzashtlari" va komediya janrida yaratilgan "Mening oppoq kabutarlarim" spektakllarini, shuningdek, YUnus Rajabiy nomi-dagi Jizzax musiqali drama teatri A.Navoiyning "Layli va Majnun" dostoni asosida yaratilgan asarlarni sahnaga ko‘ydilar. Bu spektakllar tomoshabinlar tomonidan yuqori baholandi.