O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI Fan: O‘zbekistonning eng yangi tarixi
MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT
Reja:
Ma’naviy inqirozdan chiqish
Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi
O’rganilayotgan mavzu bo’yicha bilimlarni mustahkamlash;
Muammoning hamda qabul qilingan yechimning individual va guruhiy tahlilda bilim va ko’nikmalarni qayta topshirish;
Ularni kelib chiqish sabablarini o’rganish orqali tahlil qilish ko’nikmalarni shakllantirish;
Mantiqiy fikrlarni rivojlamntirish ;
O’quv ahbarotlarini o’zlashtirish darajasini tekshirib
“Aziz yurtdoshlar!
“Aziz yurtdoshlar!
Biz bugun uzoq davom etgan g‘aflat uyqusidan uyg‘ondik, tariximizni,
madaniyatimizni, o‘zligimizni tanidik va tiklay boshladik”.
Islom Karimov
Ma’naviy inqirozdan chiqish
1991-yil oxiriga kelib, Ittifoq tarqalib ketganligi, respublikamizning mustaqil suveren davlat maqomiga ega bo‘lganligi tufayli jamiyatda yuz bergan demokratik jarayonlarga va xurfikrlilikka intilish xalqning milliy ongi muttasil oshib borishiga zamin yaratdi. SHu bilan birga mavjud xodisalarga yangicha tafakkur bilan qarashni takozo qildi. Jumladan, butunlay yangi tarixiy sharoitlarda butunlay yangicha qarashlarni, munosabatlarni qaror toptirish zarur edi. CHunki O‘zbekiston, o‘z kelajagini "yangilangan" federatsiya tarkibida emas, balki mustaqil milliy davlatchilik qaror topgandagina o‘zining to‘la siyosiy suvereniteti va iqtisodiy mustaqilligiga erishgandagina belgilashi mumkinligini ancha oldin tushungan va bu borada o‘zining qat’iy qaroriga kelgan edi.