6.5. Eiektronika rivojlanishining istiqboilari
Elektronika tarmog‘i keyingi yillarda jahon bozorida juda
katta
yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, mikroelektronika va kvant elektronikasi
lez sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Hozirgi paytda jahonda suyuq kristalli televizor, kompyuter
ekranlari, kompyuterlashtirilgan maishiy elektr xo‘jalik
asboblari,
robotlar keng ishlab chiqarilmoqda. Suyuq kristalli televizor, kom-
pyuter ekranlari va shunga o'xshash asboblar o'ziarining kam quwat
sarflashi, televizor va kompyuter ekranlari tashqi yorugMikning
kuchligi darajasida ham sifatli ko‘rinishi bilan ajralib turadi.
Bundan tashqari avtomobilsozlik sohasida uning roli beqiyosdir.
Avtomobillar ishlab chiqaruvchi rivojlangan xorijiymamlakatlarda
uning qismlari (spidometr,
taxometr, tezlikni ko'rsatuvchi asbob-
lar, radiomagnitopriyomniklar, soatlar, har xil boshqa datchiklar)
elektronikaga asoslangandir. Ta’kidlash kerakki,
sogMiqni saqlash
tizimiga ko‘plab elektronika bilan jihozlangan tibbiyot asboblari
kirib kelmoqda. Bu nafaqat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlariga
engilliklar tug'dirib
qolmasdan, balki tibbiyot asboblarining ba'zi
birlarini uy sharoitida ham ishlatishga imkon beradi.
Kelajagimiz bo‘lgan kosmosni tadqiqiot qilish sohasida ham
elektronikani qo'llash katta yutuqlarga olib kelmoqda. Yuz millionlab
kilometrlarga yetib borayotgan kosmik apparatlarni Yerdan turib
boshqarilishi, boshqa makonlardagi holatlam i o'rganish
imkoni-
yatlarini ortib borishi elektronikani naqadar muhimligini bil-
dirmoqda.
7-bob.
ELEK TR E N E R G IY A S IN I T E JA S H
Dostları ilə paylaş: