iqtisodiyotimiz bozor iqtisodiyotining yuqori darajasiga chiqayotganini isbotladi. Beshinchidan, tarkibiy o ‘zgarishlar (bevosita eksport qila olish salohiyatining vujudga keltirilganligi) endilikda yurtimizda iqtisodiy o ‘sishning hal qiluvchi omiliga aylanib borayotir. Oltinchidan, iqtisodiyotdagi chuqur ijobiy siljishlar iqtisodiy infratuzil- ma bo‘g‘inlarida ham islohotlarni chuqurlashtirish imkonini yaratayotir. Yettinchidan, xalq xo‘jaligimizning salmoqli tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligida ham bozor munosabatlariga xos bo‘lgan xo'jalik yuritish shakllari- dehqon, fermer, ijara, pudrat xo‘jaliklari vujudga keltirildi. Endilikda ularda yangi bozor iqtisodiyoti shakllarining yuksak samarador- ligini ko‘rsatishga harakat boshlandi. G) Iqtisodiyotni erkinlashtirish masalasi Umuman olganda, insoniyat, xususan har bir inson, ayniqsa, iqtisodiyot va xo‘jalik subyektlarining erkinligi masalasi, har doim dolzarb bo‘lib kelgan va uning ro'yobga chiqishi g'oyat katta qiyinchiliklar, 177
kimlamingdir manfaatlariga zid bo‘lganfigi tufayli chuqur ziddiyatlarga uchragan. Bu masala bozor iqtisodiyotiga o ‘tish davrida har qachongidan ham dolzarbroq vazifaga aylandi. Zero, iqtisodiy erkin bo‘lmay turib iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlar ro‘yobga chiqmasligi aniq. Agar Prezident I. Karimovning barcha ilmiy asarlarini, uning ma’ruzalari va chiqishlarini ushbu muammo doirasida alohida tadqiq qilinsa ma’lum bo'ladiki, mamlakat rahbari «erkinlik» kategoriyasiga alohida urg‘u beradi va uni o ‘tkazilayotgan islohotlar taqdiriga bog‘liq qilib qo‘yadi. Awalo, u «iqtisodiyotni erkinlashtirish»ning mazmun-mohiyatini