vazifasini faqat kumush bajara oladi. U pulnine hamma vazifalarini ikki
xil deb tan oldi: pul, bu muomala vositasi va xazina. Sudxo‘rlikni qattiq
qoralagan. Ssuda kapitali sifatida puldan foydalanishni tavsiya etadi.
Ksenofont iqtisodiy ta ’limotini o ‘rganar ekanmiz, shu narsaga e ’tibor
berish kerakki, u natural xo‘jalik tarafdori b o ‘lsa ham tovar-pul
munosabatlarini o ‘rganishga va quldorlar sinfiga xizmat qildirishga urindi.
Platon (er. av. 427-347-yil ) ham Afina shahrida tug‘ilgan yirik
aristokratiya vakili edi. U buyuk Suqrotning shogirdi edi.
U nda biz
tugallangan iqtisodiy ta ’lim otni topa olmasak ham davlat tuzilishi
to ‘g ‘risidagi ju d a qiziqarli ta ’lim otga egamiz. U davlatning (yoki
jamiyatning) ikki sxemasini taklif qiladi va ulam i o ‘zida aks ettirgan ikki
asar yaratdi. Bular «Davlat» va «Qonunlar» deb ataladi.
Uning sxemasida, birinchisi davlat qurilishining ideal loyihasi (ideal
davlat) bo'lsa, ikkinchisi esa u yashab turgan davrdagi davlat aks ettirilgan
edi.
U ideal davlat haqida yozib, bu davlat mehnat taqsimoti asosida tuziladi,
ya’ni
insonlar qobiliyatiga qarab, biri boshqaruvchi, biri bog'lovchi, ish
yurituvchi va yana biri esa dehqon va hunarmandlarga bo‘linadi deydi. Mana
shunga asosan Platon davlatning ozod aholisini uch guruhga bo'ladi:
1. Faylasuflar.
2. Jangchilar.
3. Hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar.
Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar
esa davlatni himoya
qiladilar, uchinchi guruhdagilar xo‘jalik faoliyati bilan shug'ullanadilar.
Birinchi va ikkinchi guruh vakillari xususiy mulkka ega bo‘lmasliklari kerak.
Ulaming iste’moli davlat tomonidan to‘la ta’minlanadi. Uchinchi guruh
vakillari esa xususiy mulkka ega bo'ladilar. U qullami hech qaysi guruhga
kiritmaydi, Ularga qurol sifatida qaraydi. Bu ideal davlat to‘g‘risida ta’limotga,
asosan, yirik aristokratik quldorlikni himoya qilib yozilgan asar edi.
Platon ikkinchi davlat to ‘g‘risida quyidagicha yozadi. Bu davlatda asosiy
e’tibor dehqonchilikka berilsa ham qolgan hunarlaiga ham e’tibor beriladi.
Bu davlatda qonun yo'li bilan insonlarni mol-mulkiga qarab 4 guruhga
bo‘linadi; agar kim da-kim boyib ketsa yoki kambag‘allashsa bir toifadan
boshqasiga o ‘tadi. Lekin bu yerda Platon yana bir qadam oldinga o ‘tib,
qonunlar insonlarni o ‘ta boyib ketishiga ham, juda kambag'allashib ketishiga
yo‘l qo'ymasligi kerak deb m a’lum mezon belgilaydi. Kambag‘allikning
quyi nuqtasi aniqlanib, insonlarni himoyalashga chaqiradi.
Boyib
ketishning ham oldi olinib, eng yuqori mezon o'lchanib uni 4 ga
36
ko'paytirib shundan ortib ketmasligi kerak deyiladi. Bulami kim buzsa,
qonun yo‘li bilan davlat jazolashi kerak. Bu ikkala davlat sxemasida ham
Platon m ehnat taqsimotini asos qilib oladi. Bu- o'sha davr uchun buyuk
fikr edi. Platon savdo va pul haqida, turli hunarlar to ‘g‘risida mulohaza
yuritib, asosiy o'ringa dehqonchilikni qo'yadi.
Dostları ilə paylaş: