tashlanib, buning uchun baho m exanizm idan foydalanish kerakligi
aytilib, bunday yoziladi: «Bozor-shunday narsaki,
unga qarab jamiyatda
tartib yoki tartibsizlik hukm surishini bilib olish mumkin».
«Yerni boshqarish» uchun davlat yeming tabiiy xususiyatlarini yaxshi
bilishi kerak. Yer m aydonlari nisbatan tekis taqsim lanishi zarur.
Dehqonlam i ish qizigan davrda boshqa yumushlarga jalb etmaslik, soliq
tizimi sharoitiga qarab (yer unumiga bog'liq ravishda) bo'lishi taklif etilgan.
Bu yerda gap Yer kadastrini tuzish to ‘g‘risida boradi, ya’ni bu ishda
hisob-kitob bo'lishi qayd etiladi. Asarda yer va suvlarni davlat ixtiyoriga
o'tkazish va ulami daromad topish yo‘lida foydalanish baholarni tartibga
solish yo‘li va boshqa ko'pgina iqtisodiy g‘oyalar ilgari suriladi. Bu g‘oyalar
amalda ham qo'llaniladi va yaxshi samara beradi.
Qadimgi Xitoy ijtimoiy hayotida Daotsizm (aynan-yo‘l) g'oyalari
alohida o ‘rinni
egallaydi, uning asoschisi Lyu-Szidir. U taqiqlovchi
qonunlarga amal qilmaslikni taklif etdi; qonunlar ko‘pligi tufayli «xalq
kambag'allashmoqda» degan edi. Daotsizm g‘oyalari konfUtsiylikka qarama-
qarshi bo‘lib, insoniyat awalgi
majburiyatlardan voz kechishi, oddiy
tabiiy hayotga qaytishi kerak, degan fikmi ilgari suradi. Bu g‘oyaga ko‘ra,
inson ibtidoiy davrga qaytishi, yangj mehnat qurollaridan foydalanmasligi
kerak. Ko'rinib turibdiki, unda konservatizm unsuri bor, ammo bu g‘oyada
m a’lum ijobiylik ham bor edi. Zero o ‘sha davrlarda sivilizatsiya yutuqlari
ekspluatatsiya manfaatlariga ham xizmat qilayotgan edi.
Dostları ilə paylaş: