tashkil etadi. Islom shaxsiy manfaat ijtimoiy manfaatga zarar keltirsa,
un| (shaxsiy manfaatni) m a’qullamaydi.
Shuning uchun ham ulaming
kelishuvini yoqlaydi. Sarmoya ijtimoiy vazifani bajarishi,
iqtisodiyot va
jamiyatga foyda keltirishi uchun doimo harakatda (oborotda) bo‘lishi kerak.
Xususiy va ijtimoiy mulk m a’lum ijtimoiy manfaatlarga xizmat qiladi.
Xususiy mulkning har qanday shakli jamiyat tom onidan nazorat qilinishi
va jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi ham kerak. Demak, islom dinida
xusilsiy mulk ijtimoiy vazifani bajaradi.
Ijtimoiy boylik—jamiyat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan tabiiy boylik-
lardir. Bu boyliklardan jamiyatning barcha a’zolari foydalanishlari mumkin,
lekin ularga tanho hukmronlik qilish va g'arazli
maqsadda foydalanish
qatliyan taqiqlanadi. «Qur’oni karim»ning bir qancha oyatlarida birovning
haqiga xiyonat qilish qoralanadi.
«Baqara»
surasining 188-oyatida «Mol-
dunyolaringizni oralaringizda nohaq — harom yo‘llar bilan yemangiz,
ya’iii bir-biringizning haqqingizni yemang. Va (gunoh qilayotganingizni)
bilib turib, odamlarning mollaridan bir qismini harom yo‘l bilan
yeyish
uchun mollaringizni pora qilib hokimlarga uzatmang», deyilgan. Bu oyati
karimada Alloh musulmonlarga bir-birining molini botil — harom yo‘l
bilan yemoqdan qaytarmoqda.
Shariat qonunlari to ‘g‘risidagi
«Muxtasar»
nomli kitobda musulmon-
chilikda mulkiy munosabatlar qanday bo‘lishi
kerakligi batafsil bayon
etilgan.
Dostları ilə paylaş: