asari bilan mashhur. U jamiyatni uch guruhga b o ‘lgan, qullarni ishlab
chiqarish
quroli deb hisoblaydi, natural xo'jalik yuritishni afzal deb
biladi. U «ideal davlat» g‘oyasini ilgari surgan, unga ko‘ra odamlar o ‘z
qobiliyatlariga ko‘ra turli m ehnat faoliyatlarini tanlaydilar. Jamiyatni
faylasuflar boshqaradi,
jangchilar himoya qiladi, hunarm and, dehqon
va savdogarlar xo‘jalik bilan shug‘ullanishlari lozimligini uqtirgan.
Katon
— (er. av. 234-149-yil) -Qadimgi Rim olimi. U «Dehqonchilik
to ‘g‘risida» nomli asari bilan mashhur bo‘lgan. Bu asarda qishloq xo‘jaligiga
ko‘proq e’tibor berishga da’vat etadi, ko‘proq sotish va kamroq sotib
olish tarafdori edi. U qullarni oqilona ishlatish,
yaxshi ishlagan qullarni
sharoitini yaxshilash, unumsiz ishlaganlarini esa qattiq jazolashni tavsiya
etgan. U yer ijarasi haqidagi g‘oyani ilgari surgan dastlabki olimlardan
edi.
IV bob. ISLOM DINI IQTISODIY QADRIYATLARI
M amlakatimiz erishgan ulug‘ n e’mat-mustaqillik tufayli xalqimiz
o‘zining muqaddas dini bo‘lmish islom m a’naviyatiga erishdi, unga emin-
erkin e’tiqod qilish, uni o'rganish va undagi buyuk insonparvar ilohiy
g'oyalarni
qalblarga joylab, m a’naviy poklanish imkoniyatiga sazovor
bo'ldi. Bugungi kunda bu ulug‘ dinimiz milliy mafkuramizning m a’naviy-
diniy ildizi sifatida inson ongi va ruhiyatini poklash, ezgu so‘z, ezgu
amal, ezgu fikrga intilish, ilm va hunar egallash orqali halol yashash va
ishlash, o ‘z muqaddas Vatani ravnaqi uchun fidoiy bo‘lish
vositasiga
aylandi.
Vatanimiz taraqqiyotining hozirgi g‘oyat murakkab bosqichida ota-
bobolarimiz dinning mohiyatini, uning muqaddas kitoblaridagi, Payg‘am-
barimiz M uham m ad Mustafo sallallohu alayhivassalam hadislaridagi
g‘oyalami, xususan, iqtisodiy fikrlarni yoshlarimiz ongiga yetkazish juda
dolzarb vazifalardandir. Prezidentimiz I. Karimov uqtirib kelayotganidek,
dinimiz xalqimiz m a’naviyatining yuksalishiga doimo munosib hissa qo‘shib
kelgan va bundan buyon ham ana shunday m anba b o ‘lib, milliy
mafkuramizni shakllantirish va singdirib borishda muhim ahamiyat kasb
etadi.
«Biz, -deb yozadi Islom Karimov о ‘zitiing mashhur asarlaridan birida,
- musulmonchilikning ulug‘ madaniy qadriyatlari huquqini qayta tikladik.
Binobarin, qalbimiz bu bebaho xazinani chuqurroq idrok qila borgani sayin,
xalqning hayoti та ’naviy jihatdan boyroq va axloqiy jihatdan pokizaroq
bo ‘la beradi».
Iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlari va usullarini tahlil qilish shuni
ko‘rsatdiki, islom dini moddiy ne’matlam i ishlab chiqarishda va ulami
iste’mol qilishda, odamlarning iym on-e’tiqodiga katta ta ’sir etib kelgan.
«
K o‘hna tariximizning qaysi davrini eslamaylik, uni har doim odamlami
о ‘z-o ‘zini idora etishga, yaxshi xislatlami ко ‘paytirib, yomonlaridan xalos
bo'lishga chorlagan. Har bir alohida insonga, oila, jamoa, mintaqa, bir so ‘z
bilan aytganda, umumxalqqa rahnamo bo Igan. Uni og'irsinovlarga bardosh
berishga, yorug‘kunlarga intilib yashashga da ’vat qilgan, ishontirgan. Bunday
d a ’vat, o ‘z navbatida, odamlarga kuch-quw at bag'ishlagan, irodasini
mustahkam qilgan, bir-biriga mehru oqibatini oshirgan
1».
Diniy ta’limot tarkibida iqtisodiy tafakkuming o ‘m i katta.
Bu tafakkur
islomning muqaddas kitoblarida targ‘ib qilinib kelindi.
1 I. Karimov. O 'zb ek isto n iqtisodiy islohatiam i chuqurlashtirish yo'lida, Т., 1995,
151
—
42